Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Yoshlar Ventures

⏳ На проверке
@yoshlarventures
Вступить в канал
7485подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
“Fikr bor, lekin kimga aytaman?”, deb o‘ylayapsizmi? Bizga ayting! Yoshlar Ventures - yoshlarga startap qilishga yordam beradigan fond. - Pul kerakmi? $200.000 gacha sarmoya beramiz. - Pitch bilmayapsizmi? O‘rgatamiz. - PR, mentor, tarmoq - hammasi bor.
🏛 Политика🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
💻 "Yoshlar Ventures" SF ofisidagi yagona qiz rezident Malika Vahobova! 📌 "Yoshlar Ventures"ning San-Fransisko ofisidagi iqtidorli vakillarimizdan biri, Digitus Labs loyihasi asoschisi Malika Vahobova robototexnika sohasida ajoyib yechimlarni taklif etmoqda. Uning loyihasi robotlar uchun maxsus ma'lumot yig'ish qo'lqoplarini ishlab chiqishga qaratilgan bo'lib, barmoqlarning o'ta aniq harakatlarini kuzatishni taktil sezgi texnologiyasi bilan birlashtiradi. 🚀 E'tiborlisi, ushbu innovatsion ishlanma va yuqori salohiyati evaziga Malika dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri bo'lmish Brown Universityga qabul qilindi! ⚡️ AQShda tahsil olayotgan va izlanayotgan yosh muhandislarimizning ushbu muvaffaqiyati "Yoshlar Ventures"ning San-Fransisko ofisi yosh o'zbekistonlik startap asoschilarini global tech va AI ekotizimiga integratsiya qilish hamda ularni dunyo darajasiga olib chiqish missiyasining yorqin isbotidir. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
🎬Видео
🩵Dunyodagi startaplarning 90% nima uchun dastlabki 3 yilda yo‘qolib ketadi? Ular birdek "O‘lim vodiysi" deb ataluvchi tuzoqqa tushishadi. Tasavvur qiling, sizda ajoyib g‘oya bor, jamoa yig‘dingiz, hatto demo (MVP) mahsulot ham tayyor. Lekin hali sotuv yo‘q, server va ofis xarajatlari esa har kuni pulingizni "yeb" bormoqda. 🧐 Shu vaziyatda qanday yo'l tutasiz? Keling bu borada mutaxassislarimizdan bilib olamiz! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
🎬Видео
🤔 Gamedev sohasida g’oyangiz bor, lekin uni qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi? 👾 Biz sizga Ustoz AI platformasidagi maxsus gamedev kurslarini taklif qilamiz. Hozirda ushbu yo‘nalishda 200 nafardan ortiq yoshlar ta’lim olmoqda. Darslarni o‘rganish orqali siz hayolingizdagi g‘oyani real va sifatli o‘yinga aylantirishni puxta egallaysiz. 🎮 Eng muhimi kurslarni ko‘rib, o‘z o‘yiningizni yaratgach, loyihangiz bilan Yoshlar Ventures’dan investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz! ✅ Shartlar juda oddiy: • Ustoz AI platformasidagi gamedev kurslarini o‘zlashtirish; • O‘zingizning tayyor o‘yin konseptingiz yoki prototipingizni yaratish; • Loyihangizni taqdim etib, investitsiya uchun ariza topshirish. ⚡️ Startap yoki o‘yin sohasi uchun faqat g‘oya yetarli emas. Shuning uchun biz yosh dasturchi va gamedevchilar uchun kerakli bilim, amaliy tajriba hamda loyihani moliyalashtirish imkoniyatini bir joyda jamlamoqdamiz. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

Профиль

Продвижение