5 октября 2026 г. 3:47
🖼Фото
#dolzarb
⁉️Bola parvarishi faqat onaning ishimi? Oʻzbekistonda otalik taʼtili nega yoʻq?
Ota-onalik mas’uliyatini teng taqsimlash bo‘yicha dunyoda so‘nggi yillarda aniq yo‘nalish paydo bo‘ldi: bolaga g‘amxo‘rlik faqat onaning emas, otaning ham bevosita ishtiroki bilan boshlanishi kerak. Shu sabab ko‘plab mamlakatlarda otalarga qisqa muddatli bo‘lsa-da, haq to‘lanadigan ta’til joriy etilgan. Bunday mexanizm chaqaloq bilan erta emotsional bog‘lanishni kuchaytiradi, onaning tug‘uruqdan keyingi davrini yengillashtiradi va ish bozorida gender tenglikka xizmat qiladi.
O‘zbekistonda esa amaldagi tartiblar otaning alohida, haq to‘lanadigan ta’tilini nazarda tutmaydi, parvarish bo‘yicha asosiy yelka hanuz onaga yuklanadi. Bu nafaqat oilaviy muvozanatga, balki mehnat unumdorligi va ayollarning ishga qaytish imkoniyatlariga ham ta’sir qiladi.
Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/otalik
Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
2 октября 2026 г. 9:17
🖼Фото
⚡️Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ma’qulladi
Oliy Majlis Senatida 2-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan yalpi majlisda “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni koʻrib chiqildi.
Qonun bilan nimalar o‘zgarmoqda?
🔴Jazolarning keskinlashishi: 14 yoshga to‘lmagan bolaning nomusiga tekkan yoki unga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgan jinoyatchilarga 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda. O‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha muddat o‘tib ketishi qo‘llanilmaydi, bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va jazodan muddatdan ilgari shartli ozod qilish butunlay taqiqlanadi.
🔴Protsessual himoya va bepul yuridik yordam: Jabrlangan yoki guvoh bo‘lgan bolalarga ilk daqiqalardan boshlab davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatiladi. So‘roq jarayonlari videoyozuvda qayd etiladi, yuzlashtirishlar esa faqat tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida maxsus tartibda o‘tkaziladi.
🔴Mehnat munosabatlaridagi cheklovlar: Ta’lim va tarbiya muassasalarida bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan xodimlar bilan mehnat shartnomasi darhol bekor qilinadi va ularning kelgusida bolalar bilan ishlashi qat’iyan taqiqlanadi.
🔴Maxfiylik va xavfsizlik: Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan shaxslarning so‘roviga ko‘ra yashash manziliga elektron javob xati yubormaslik tartibi joriy etilib, qayta zo‘ravonlikning oldi olinadi.
🔴Harakatsizlik uchun javobgarlik: Bolani parvarish qilish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki komissiya qarorlariga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
🔴Insonparvarlik va muqobil choralar: Voyaga yetmaganlarni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish tarzidagi majburlov chorasi tugatilib, uning o‘rniga ta’lim-tarbiya va ijtimoiy xizmat tashkilotiga berish kabi muqobil choralar kiritiladi.
🔴Boshqa qo‘shimchalar: 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-hayosiz harakatlarni sodir etganlik uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullanib, imzolash uchun prezidentga yuborildi.
Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
30 сентября 2026 г. 9:00
🎬Видео
⚡️⚡️O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi.
🔴milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarning oyligiga qo‘shimcha 50 foiz ustama to‘lanadi;
🔴har yili 208 ta tuman va shahardagi lider o‘qituvchilarga 30 mln so‘mdan mukofot beriladi;
🔴har yili 1 000 nafar o‘qituvchi Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi;
🔴kamida 15 yillik ish stajiga ega pedagoglarning farzandlariga OTM kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi.
Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
30 сентября 2026 г. 7:40
🎬Видео
⚡️Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti taʼsis etiladi
Shavkat Mirziyoyev taʼlim tizimining barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun alohida davlat mukofotini taʼsis etishni taklif qildi.
“Ushbu mukofotni o‘zbek milliy pedagogikasining tamal toshini qo‘ygan jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomi bilan atasak”, — dedi prezident.
Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
30 сентября 2026 г. 5:03
Yoshlar ovozi pinned a photo