Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Yoshlar.edu.uz

⏳ На проверке
@yoshlareduuz
Вступить в канал
136298подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Instagram: instagram.com/yoshlar.edu.uz 🔸YouTube: youtube.com/@yoshlareduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
⚽ Спорт🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
#kun_hikmati 🎤 Ta’lim – dunyoni o‘zgartirish uchun ishlatishingiz mumkin bo‘lgan eng kuchli quroldir. 🪶 Nelson Mandela Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
⏳⏳⏳⏳ Bugun 6-oktabr, haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Butunjahon tabassum kuni. 🇰🇿Qozog‘iston – Buxgalterlar kuni. 🇸🇬Singapur – Bolalar kuni. 🇰🇮Kiribati – Taʼlim kuni. 🇱🇺Lyuksemburg – Otalar kuni #muhim_voqealar 🔹1769 – ingliz sayyohi Jeyms Kuk Yangi Zelandiyaga kelib tushdi. 🔹1889 – Tomas Edison o‘zining birinchi filmini namoyish etdi. 🔹1990 – “Turonbank” aksiyadorlik tijorat birlashtiruv banki tarzida tashkil etildi. 🔹1994 – Nukusda buyuk olim, mashhur astronom Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi. 🔹1995 – O‘zbekiston Respublikasi bilan Ruminiya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. 🔹2010 – “Instagram”da fotosuratlar almashish funksiyasi ishga tushirildi. #tavalludlar 🔹1732 – Nevil Maskelayn – ingliz astronomi, Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofani o‘lchagan. 🔹1906 – Janet Gaynor – amerikalik kinoaktrisa. 🔹1927 – Asad Azimov – opera xonandasi, O‘zbekiston xalq artisti. 🔹1936 – Robert Lenglends – kanadalik matematik. 🔹1983 – Leonid Andreyev – yengil atletikachi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, “Oʻzbekiston iftixori”. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🎬Видео
#xulosa_sizdan 🔺Oilangizni asrang! Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🖼Фото
🔹🔹🔹🔹 🔺Oliy ta’lim tashkilotlarda turli mavzularda davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi. ➡️Talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni dolzarb masalalar yuzasidan fikrlashga undash hamda ochiq muloqot muhitini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom etmoqda. Xususan, mamlakatimizdagi qator oliy ta’lim tashkilotlarida turli mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar va ma’rifiy muloqotlar tashkil etilib, ularda yoshlarning qiziqishlari, taklif va tashabbuslariga alohida e’tibor qaratildi. • Navoiy davlat universiteti⁠ • Andijon davlat tibbiyot instituti⁠ • Urganch innovatsion universiteti⁠ • Urganch davlat tibbiyot instituti⁠ • Namangan davlat texnika universiteti⁠ • Guliston davlat pedagogika instituti⁠ • Buxoro davlat texnika universiteti⁠ • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti⁠ • Andijon davlat chet tillari instituti⁠ • Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti⁠ • Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti⁠ • Qarshi davlat texnika universiteti⁠ • Buxoro xalqaro universiteti⁠ • Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti⁠ • Samarqand davlat tibbiyot universiteti⁠ • Andijon davlat pedagogika instituti⁠ • Samarqand davlat tibbiyot universiteti⁠ • O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti⁠ • Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti⁠ • Milliy estrada san’ati instituti⁠ • Toshkent davlat tibbiyot universiteti⁠ • Samarqand davlat tibbiyot universiteti⁠ • O‘zbekiston davlat sport akademiyasi⁠ • Toshkent davlat tibbiyot universitetining Chirchiq filiali⁠ • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali⁠ ➡️Bunday davra suhbatlari va uchrashuvlar shunchaki muloqot maydoni emas, balki yoshlarning fikri tinglanadigan, savollariga javob topiladigan va yangi tashabbuslar uchun zamin yaratiladigan ochiq minbardir. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🖼Фото
#KuzQishMavsumi Talabalar xavfsizligi: profilaktikadan doimiy nazoratgacha   2026/2027-oʻquv yilining kuz-qish mavsumida taʼlim muassasalarida xavfsizlikni taʼminlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va talabalarning yashash sharoitlarini nazorat qilishga qaratilgan profilaktik ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu maqsadda 5-oktyabr kuni oʻtkazilgan profilaktik uchrashuvda oliy taʼlim tizimi masʼullari, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, oliy taʼlim tashkilotlarining 1 600 nafardan ortiq yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlari, masʼul dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar, profilaktika inspektorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.    Joriy yilning 29 sentyabr — 4 oktyabr kunlari 48 ta oliy taʼlim tashkiloti tomonidan 1 983 ta ijara xonadon oʻrganilib, 3 250 nafar talaba bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Yigʻilishda oʻrganishlar natijasi, berilgan tavsiyalarning bajarilishi va talabalar xavfsizligining keyingi holati doimiy nazoratda boʻlishiga eʼtibor qaratildi.    Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/228272 👉 На руском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Профиль

Продвижение