5 октября 2026 г. 14:57
🖼Фото
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#jarayon
YOSHLAR SAMARQANDGA YO‘L OLDI! 🚌✨
Bugun Toshkent viloyatidan 25 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida yoshlar Samarqandning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor maskanlarini tomosha qilib, mazmunli hordiq chiqarishlari ko‘zda tutilgan.
🎯 Mazkur sayohat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda tarixiy-madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan.
🕊Telegram 🌐Facebook 📱Instagram 📺YouTube
5 октября 2026 г. 13:13
🖼Фото
⚡️“Besh tashabbus” olimpiadasida “Zakovat” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
“Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual musobaqasi yakunlandi.
Murosasiz va qiziqarli kechgan hal qiluvchi bosqichda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin — “Tong yulduzi” MFY, Chinoz tumani, Toshkent viloyati
2-o‘rin — “Qo‘rg‘ontepa” MFY, Sardoba tumani, Sirdaryo viloyati
3-o‘rin — “Qaqir” MFY, Buloqboshi tumani, Andijon viloyati
G‘olib jamoalar diplom va medallar bilan bir qatorda quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin — 100 mln so‘m
2-o‘rin — 60 mln so‘m
3-o‘rin — 40 mln so‘m
“Besh tashabbus” olimpiadasi yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etish, yangi iqtidorlarni kashf etish uchun imkoniyat yaratishda davom etmoqda.
🕊Telegram 🌐Facebook 📱Instagram 📺YouTube
5 октября 2026 г. 12:05
🖼Фото
‼️ Yoshlarning xalqaro imtihon xarajatlari uchun 151 mlrd so‘m qoplab berildi
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bugungi kunga qadar xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan 74 102 nafar yoshga 151 mlrd so‘m imtihon xarajatlari qoplab berildi.
O‘sish sur’ati ancha yuqori. 2025-yili 17 261 nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplangan bo‘lsa, 2026-yil yakunigacha 25 850 nafarlik marrani ko‘zlab turibmiz. Bir yilning o‘zida yana 8 589 nafar yosh. Bu, albatta, sezilarli sakrash.
❓Xo‘sh, imkoniyatdan kimlar ko‘proq foydalanyapti
Eng katta ulush 18–23 yoshli yigit-qizlarga (33 317 nafar) tegishli. 14–17 yoshli 25 112 nafar yosh ham xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan. Demak, jami kompensatsiya olganlarning 79 foizi 14–23 yoshdagilar. Bu esa bolalar maktab davridayoq xalqaro sertifikatlar va xorijiy ta’lim imkoniyatlariga jiddiy tayyorlanayotganini bildiradi. Umumiy hisobda imkoniyatdan 38 503 nafar qiz va 35 599 nafar yigit foydalangan.
❓Qaysi yo‘nalishlarga talab yuqori
IELTS bo‘yicha hozirgacha 54 048 nafar yoshga 125 mlrd so‘m kompensatsiya to‘langan. SAT bo‘yicha ham raqamlar chakki emas: 9 082 nafar. Demak, yoshlarimiz mo‘ljalni tobora baland olyapti.
Yana bir yaxshi tendensiya, tanlov kengaymoqda: koreys tilidan TOPIK, xitoy tilidan HSK, nemis tilidan TestDAF, Goethe-Zertifikat kabi xalqaro imtihonlar ham kompensatsiya tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib boryapti.
Qoraqalpog‘istonning shimolida bu imkoniyatga yetish uchun IELTS’dan 6 ball kifoya. Davlatimiz rahbari qaroriga ko‘ra, 12 ta hududda doimiy yashovchi yoshlar IELTS’dan 6 va undan yuqori yoki TOEFL’dan 60 va undan yuqori ball olsa, imtihon xarajatlari qoplab beriladi.
Bu raqamlarni ko‘rish, albatta, quvonarli. Bir necha yil oldin minglab yoshlar foydalangan imkoniyat bugun o‘n minglab yoshlarni qamrab olyapti.
74 mingdan oshdik. Sur’atni yanada oshirishimiz kerak, birgalikda oshiramiz!
@alisher_sadullaev
4 октября 2026 г. 12:04
🖼Фото
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🏆 TOSHKENT VILOYATI — RESPUBLIKA G‘OLIBI!
🎉 Mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual musobaqasining Respublika bosqichi yakunlandi.
✨ Quvonarlisi, yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent viloyati, Chinoz tumani “Tong yulduzi” MFY jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, Respublika bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritdi! 🏆🥇
👏 G‘olib jamoamizni ushbu ☺️munosib va ulkan g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz!
💫 “Tong yulduzi” jamoasiga kelgusidagi musobaqalarda ham yangi zafarlar, yuksak natijalar va omad tilaymiz!
🕊Telegram 🌐Facebook 📱Instagram 📺YouTube