5 октября 2026 г. 17:47
🖼Фото
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra:
Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi.
U bunga qadar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri edi.
***
Karimova Eʻzozxon Gapirjanovna Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
U bunga qadar maktabgacha va maktab ta’limi vaziri edi.
👉 @xushnudbek 👈
5 октября 2026 г. 15:21
🖼Фото
Pulatov Abrorjon Masutovich Prezident Administratsiyasi Rahbari kotibiyati mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
5 октября 2026 г. 11:00
❗️Xorazmda Xitoyning Lyaoning pedagogika universiteti filiali ochiladi: o’qish to’liq davlat granti asosida
Bu bo’yicha Prezident qarori qabul qilindi.
🗓️ Unga ko‘ra, filialda ta’lim jarayoni 2026/2027-o‘quv yilidan boshlanadi.
Ta’lim 🇺🇿o‘zbek, 🇨🇳xitoy yoki 🇬🇧ingliz tillarida olib boriladi.
👨🎓 O‘qish kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tashkil etiladi.
🎓 2030/2031-o‘quv yiliga qadar o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishning butun davri davomida to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.
💰 2030/2031-o‘quv yilidan boshlab qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi.
📚 Filial talabalarining amaliyotlari o‘quv rejalariga muvofiq hududdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, jumladan, dual ta’lim asosida yo‘lga qo‘yiladi.
👉 @xushnudbek 👈
5 октября 2026 г. 10:32
🖼Фото
2026-yilgi fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti 🇺🇸 Karl Deisseroth, 🇩🇪 Peter Hegemann va 🇩🇪 Georg Nagelga topshiriladi.
Ular yorug‘lik bilan boshqariladigan ion kanallari hamda tirik miyada xotira, hissiyot va xatti-harakatlarni boshqaruvchi nerv hujayralarini o‘rganish imkonini beruvchi optogenetika usuli bo‘yicha kashfiyotlari uchun mukofotga loyiq deb topildi.
👉@xushnudbek👈
5 октября 2026 г. 8:48
🖼Фото
🇺🇿🇹🇯 Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
👉 @xushnudbek 👈