3 октября 2026 г. 5:59
🖼Фото
🔥 Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi
❗️ Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax va Namangan viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari hamda Bojxona organlari hamkorligida Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki 20 ming, 50 ming, 100 ming va 200 ming so‘m nominaldagi banknotlarni tayyorlab, sotish holati fosh etildi.
Tadbir davomida Pop tumanida yashovchi, 1989 y.t. va Izboskan tumanida istiqomat qiluvchi, 1999 y.t. 2 nafar shaxs jami 37,4 mln so‘m qalbaki pullarni shartli xaridorga 7,5 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, ularni shaxsiy tintuv qilish jarayonida hamda boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashina salonida ham qalbaki 6,4 mln so‘m borligi ma’lum bo‘ldi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, izboskanlik fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, ushbu manzildan qalbaki 7,7 mln so‘m, 145 dona oq qog‘ozga chop etilgan turli xil kupyuralar, kompyuter, rangli printer va boshqa ashyolar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
2 октября 2026 г. 8:59
🖼Фото
🕋 “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish holati aniqlandi
🚫 Samarqand shahrida yashovchi, 1956 y.t., muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs “Umra” ziyoratini tashkil etishga vakolati bo‘lmasada, Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga muborak safarga yuborishni va’da qilib, evaziga 4800 AQSH dollari talab qilgan.
🇺🇿😈 Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 3000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
⚖️ Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
⏰ Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. 🛡 Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇
✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
1 октября 2026 г. 7:27
🎬Видео
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qonunga hurmat, mehnatga munosabat va Vatanga sadoqat hamisha yuksak bo‘ladi. Chunki ustozni e’zozlash butun bir millat kelajagini e’zozlash demakdir".
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«В стране, где высоко чтут учителя, всегда сильны стремление к знаниям, уважение к закону, отношение к труду и преданность Родине. Ибо ценить учителя – значит ценить будущее целого народа».
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇
✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube