Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

WikiStipendiya

⏳ На проверке
@wikistipendiya
Вступить в канал
3247подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
"WikiStipendiya" loyihasining rasmiy Telegram kanali Rasmiy bot: @WikiMarafon_aloqa_bot
🏛 Политика🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
😊 5 kun o‘zingiz xohlagan kitobni eng kamida 5 daqiqadan o‘qing — iPhone 17 Pro Max yutib oling! • “Mutolaa” loyihasi doirasida “Omadli mutolaa” tanlovga start beramiz. Unga ko‘ra, siz o‘zingiz xohlagan kitobni ilovamiz orqali 5 kun ketma-ket kamida 5 daqiqa o‘qing va siz tanlov ishtirokchisiga aylanasiz. 🔥 Mana shu shartni bajargan kitobxonlar orasidan 1 kishiga 25-sentyabr kuni iPhone 17 Pro Max sovg‘a qilamiz! ✅ Sharti: 25-sentyabrgacha 5 kun davomida kamida 5 daqiqadan xohlagan kitobingizni o‘qishingiz kerak, bo’ldi. 25-sentyabr kuni jonli efir qilib, random orqali iPhone 17 Pro Max egasini aniqlaymiz. Mutolaa ilovasini yuklab oling
🖼Фото
WikiMarafonda mehmon 👨‍💻 Bugun tatarcha Vikipediya faoli, 2017-yilning "Yil vikimediyachisi" unvoni sohibi Farhad Fatkullin Yoshlar ishlari agentligiga tashrif buyurib, bir qator loyihalar faoliyati bilan tanishdi. 😇 Tashrif davomida WikiMarafon loyihasiga alohida e’tibor qaratildi. Farhad Fatkullin bilan loyihaning rivoji, erishilgan natijalar va o‘zbekcha Vikipediyadagi o‘zgarishlar yuzasidan fikr almashildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
🖼Фото
O‘zbekcha Vikipediyada bayram! 😇 Tilimizning nufuzini ko‘tarayotgan “WikiMarafon” loyihasi sabab o‘zbekcha Vikipediyada maqolalar soni 350 mingdan oshdi. Tahrirlar soni 6.2 milliondan ortgan, Vikipediyamizda bir yillik ko‘rishlar soni esa 300 millionni tashkil qilyapti. 🌎 O‘zbekcha Vikipediya turkiy tillar oilasida 3-o‘rinni, Markaziy Osiyo Vikipediyalari orasida esa birinchilikda turibdi. Loyiha davom etar ekan, o‘zbek tilining jahon ijtimoiy tarmog‘idagi o‘rni mustahkamlanib boraveradi! #tilimiz_uchun 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
🖼Фото
Eshitdingizmi? "WikiKitob II" tanlovi boshlanibdi! 📚 Eh, qanday ajoyib: sizning shaxsiy kutubxonangizda hech kimda yo‘q kitoblar bo‘lsa. Bir emas, roppa-rosa 10 ta kitob. Yaqinroq keling, bu imkoniyat endi sizda ham bor! 📚"WikiKitob II" tanlovida ishtirok etib, 20 nafar g‘olibdan biriga aylaning hamda "1000KITOB" loyihasi doirasida chop etilgan kamyob kitoblarni qo‘lga kiriting. 📚 Barchasi oddiy: hoziroq @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting va bu haqida do‘stlaringizga xabar bering. Qabul 26-aprelgacha davom etadi. Shundan so‘ng sizga 40 ta test yuboriladi. 📚Test savollari "1000KITOB" loyihasida chop etilgan kitoblar haqidagi maqolalardan tuzilgan. Mazkur maqolalarni ham tez orada e’lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting! Batafsil — WikiKitob II Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
🖼Фото
Oromgohda bizga hamroh bo‘ling 🔈 Diqqat, bu xabar siz uchun! Martning so‘nggi haftasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida "WikiMarafon" loyihasi doirasida "WikiSfera" oromgohi bo‘lib o‘tadi. ➡️ Unda siz ham ishtirok eta olasiz! Buning uchun 16-19-mart kunlari oralig‘ida @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tib, u yerda beriladigan savollarga javob yo‘llashingiz kerak. ➡️ Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar: — Shaxsiy noutbukka ega bo‘lish; — O‘zbekcha Vikipediyaga maqola kiritish va tahrirlash ishtiyoqida bo‘lish; — Va albatta, yaxshi kayfiyat ;) ➡️ Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda? — Tog‘ bag‘rida olti kunlik dam; — Yangi bilim va ko‘nikmalar; — Sertifikat hamda esdalik sovg‘alari; — Qimmatbaho tuhfalar va turli mukofotlar... ⛰ Eh do‘stim, yur tog‘larga chiqaylik, mayli yur! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Профиль

Продвижение