Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

UzCombinator

⏳ На проверке
@uzcombinator
Вступить в канал
8413подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
07.10.2026добавлен
UzCombinator — O’zbekistondagi startaplarni tez o’stiruvchi akselerator 🚀 Asoschilarimiz nimalarga ega bo'lishadi? - 45 kunlik intensiv dastur - $1000 stipendiya - $1.000.000 gacha investitsiya 3-mavsum uchun ochiq: https://uzcombinator.uz/apply
📚 Образование🌐 Итальянский📍 Международный🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
⚖️ Tadbirkorlar va yuristlar duch keladigan eng katta muammo bu qog‘ozbozlik va mayda ishlar. UzCombinator 2-mavsum ishtirokchisi Zilola aynan shu muammolarga yechim topish maqsadida Yurideks platformasiga asos soldi 🚀 📌 Asosiy muammo nimada edi? • Malakali yurist xizmati qimmat turardi. • Internetdagi andozalar esa amaldagi qonunchilikka har doim ham mos kelavermasdi. • Kichik xatolar esa jiddiy moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin edi. 🔍Yurideks o‘zi nima? Yurideks - tadbirkorlar va fuqarolarga huquqiy hujjatlarni onlayn tayyorlash, shartnomalarni tekshirish hamda yuridik jarayonlarni soddalashtirib beruvchi zamonaviy LegalTech platforma⚡️ - Tezkor hujjatlar: Shartnoma, ishonchnoma va arizalarni qisqa fursatda tayyorlash. - Byudjetni tejash: Qimmat yurist xizmatlariga ketadigan xarajatlarni sezilarli qisqartirish. - Ishonchli yechim: O‘zbekiston qonunchiligi talablariga to‘liq javob beradigan avtomatlashgan baza. 👉 Siz ham yurist sifatida qog‘ozbozlik va yuridik muammolarga ko‘p vaqt sarflayapsizmi? Yurideks bilan hujjatlarni raqamlashtiring va o'zingizga AI shogird oling :) #LegalTech #Yurideks #Lawyer #Documents ⚡️ @uzcombinator
🖼Фото
🚀Yandex Uzbekistan UzCombinator’ga tashrif buyurdi! 🌟Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov UzCombinator’ga tashrif buyurib, startaplar va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida O'zbekistonda raqamli ekotizimlarni yanada rivojlantirish, startaplarimiz bilan ham kelgusida yaqindan hamkorliklar yo'lga qo'yish va yosh founder'lar uchun keng imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Ma'lumot uchun, bugungi kunda Yandex Uzbekistan mamlakatimizda 15 dan ortiq raqamli xizmatlarni taqdim etib, 1.500 dan ortiq xodimni birlashtirgan🔥 Shuningdek, 2018-yildan beri O'zbekiston iqtisodiyotiga $300 milliondan ortiq investitsiya kiritgan bo'lib, shundan $150 millioni 2025-yilning o'ziga to'g'ri keladi. Yangi g'oyalar, kuchli hamkorlik va O'zbekiston IT-hamjamiyatini yangi bosqichga olib chiqish yo'lidagi muhim qadamlar boshlandi! 🚀 #UzCombinator #YandexUzbekistan #Tech #Innovation ⚡️ @uzcombinator
🖼Фото
🚀 Qishloq xo'jaligida o'simlik kasalliklari kech aniqlangani sababli fermerlar har yili millionlab dollar hosildan ayrilishadi... 🔍 Fermerlar barglardagi o'zgarishni ko'rib ulgurganida, hosilning allaqachon bir qismi boy berilgan bo'lardi. Agrotexnik maslahat olish yoki laboratoriyaga murojaat qilish esa vaqt va qimmat turardi. Kechiktirilgan tashxis, kimyoviy dorilardan noto'g'ri foydalanish va keskin tushib ketgan hosildorlik shularning oqibati edi. Aynan shu muammoga yechim topish maqsadida Umarbek Apollo'ga asos soldi! 📌 Apollo o'zi nima va u qanday ishlaydi? - Tezkor tashxis: Kasallik yoki stressni ilk soniyalardayoq aniqlash imkoniyati. - Mahalliy til: Barcha yo'riqnomalar o'zbek tilida va tushunarli tarzda taqdim etiladi. - Nol qo'shimcha xarajat: Qimmatbaho uskunalar shart emas, mavjud smartfonning o'zi yetarli. Qo'shimcha datchiklar talab etilmaydi, shunchaki telefon kamerasi orqali barg rasmini olib, Telegram yoki veb-sayt orqali darhol lokal tilda aniq tashxis va yo'riqnoma olish mumkin! 👉 Ekingizdagi kasallikni o'z vaqtida aniqlay olmayapsizmi? Unda hoziroq Apollo'ni sinab ko'ring va hosilingizni ishonchli asrang! #AgroTech #Apollo #AI #UzCombinator #Agriculture ⚡️ @uzcombinator
🖼Фото
🚀 Xorijiy universitetlarga kirishda research paper yozish endi muammo emas! 🔍 Xorijiy TOP universitetlarga kirishda ilmiy maqola (Research Paper) juda muhim, biroq uni noldan yozishni o'rgatadigan hamda osonlashtira oladigan arzon va sifatli manba yo'q edi. Mentor va professorlar xizmati juda qimmatligi sababli minglab iqtidorli yoshlar bu imkoniyatdan mahrum bo'lishardi. Aynan ushbu muammoga chek qo'yish uchun Gulasal Rizakulova StemX platformasiga asos soldi💡 📌 StemX o'zi nima va u qanday ishlaydi? - AI Research Engine: Mavzu bo'yicha sub-savollar beradi, tegishli ilmiy maqolalarni tavsiya qiladi va noldan tayyor holatgacha bo'lgan reja (outline) hamda darsliklarni taqdim etadi. - Instant Rating: Tayyor bo'lgan maqolani tekshirib, xalqaro standartlar bo'yicha baholaydi va kamchiliklarni ko'rsatadi. Barcha jarayonni bitta website ichiga qamrab oladi. - Mentor Connect: Kelajakda talabalarni xalqaro professor va mentorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lash imkoniyati. 👉 Siz ham chet elda universtetlariga topshirish uchun ilmiy maqola yozmoqchimisiz? Maqolangizni "Zero-to-Hero" darajasida yozish uchun hoziroq StemX ni sinab ko'ring! #EdTech #StemX #AI #Research #AcademicWriting ⚡️ @uzcombinator
🖼Фото
🤔 Uy hayvonini sotib olish, sotish yoki unga kerakli mahsulotni topish uchun yana qancha vaqt Telegram guruhlarni va bozorlarni aylanib yurasiz? Hayvonlar va pet-mahsulotlar bozori hali ham an'anaviy va tarqoq ekanini ko'rgan Feruzbek bu muammoga chek qo'yish uchun Zooelon loyihasiga asos soldi. 📌 Zooelon o'zi nima va u qanday ishlaydi? - Hayvonlar marketpleysi: It, mushuk, qush, chorva va boshqa hayvonlarni topish hamda sotish uchun qulay raqamli maydon. - Ishonchli savdo: Tekshirilgan sotuvchilar, hayvon va mahsulot haqidagi ma'lumotlar, reytinglar, sharhlar hamda xaridor uchun kafolat mexanizmlari. - Pet market: Yem, dori-darmon, aksessuarlar, o'yinchoqlar, jihozlar va boshqa barcha pet-mahsulotlarni bir joydan topish imkoniyati. 👉 Chorva va uy hayvonlari bozori endi sizning smartfoningizda. #PetTech #Zooelon #Marketplace #Animals #Pets ⚡️ @uzcombinator

Профиль

Продвижение