11 сентября 2026 г. 12:34
🖼Фото
🇸🇳Yana 50 kundan so'ng Senegalning Dakar shahrida yoshlar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlari start oladi
Obuna bo'ling👉uzbtaekwondowt
10 сентября 2026 г. 6:53
🖼Фото
🇺🇿🥋Namangan an'anaviy "Uzbekistan Open" xalqaro musobaqasiga mezbonlik qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-337-son qarorida belgilangan "Har yili an’anaviy ravishda taekvondo WT bo‘yicha nufuzli “Uzbekistan Open” xalqaro turnirini o‘tkazish" vazifasi ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 26–30-oktyabr kunlari Namangan shahridagi “Paxlavon” sport majmuasi taekvondo WT bo‘yicha an’anaviy “Uzbekistan Open” xalqaro musobaqasi ishtirokchilarini o‘z bag‘riga chorlaydi. Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyuradigan mohir taekvondochilar dayangda o'z mahorati va texnikasini namoyish etishadi.
📅 26–30-oktyabr
📍 Namangan shahri, “Paxlavon” sport majmuasi.
Obuna bo'ling👉uzbtaekwondowt
9 сентября 2026 г. 10:04
🎬Видео
Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlari startiga roppa-rosa 10 kun qoldi!
Musobaqa doirasida taekvondo WT bellashuvlari 1-3-oktyabr kunlari "Toyohashi City General Gymnasium" majmuasida tashkil etiladi.
Obuna bo'ling👉uzbtaekwondowt
9 сентября 2026 г. 5:37
🖼Фото
Jasurbek Jaysunov nomzodi OOK Atletlar komissiyasi uchun ilgari surildi
Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) tashkilotning Atletlar komissiyasi tarkibiga saylanish uchun nomzodlarni eʼlon qildi. Unda taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari sovrindori Jasurbek Jaysunov Markaziy Osiyo mintaqasidan nomzodlar qatorida qayd etilgan.
Uning raqiblari qoyani zabt etish boʻyicha Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, qozogʻistonlik Amir Maymuratov hamda eronlik taekvondochi, Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Arian Salimi boʻladi.
Ovoz berish jarayoni Aichi-Nagoya-2026 Osiyo oʻyinlari davomida, 20-sentyabrdan 2-oktyabrga qadar Yaponiyada boʻlib oʻtadi. Ovoz berishda faqat Osiyo oʻyinlarida ishtirok etayotgan sportchilar qatnashishi mumkin.
—
Жасурбек Жайсунов выдвинут кандидатом в Комиссию спортсменов ОСА
Олимпийский совет Азии (ОСА) объявил список кандидатов на выборы в Комиссию спортсменов организации. В их числе — представитель сборной Узбекистана по таэквондо WT, призёр Азиатских игр Ханчжоу-2022 Жасурбек Жайсунов, который выдвинут от Центрально Азиатского региона.
Помимо Жайсунова в кандидаты представлены участник Олимпиады Париж-2024 по скалолазанию из Казахстана Амир Маймуратов и чемпион Олимпийских игр Париж-2024 по таэквондо Ариан Салими (Иран).
В голосовании, которое пройдёт с 20 сентября по 2 октября в рамках Азиатских игр Аичи-Нагоя-2026 в Японии, смогут принять участие только спортсмены, выступающие на Азиаде.
Obuna bo'ling👉uzbtaekwondowt
8 сентября 2026 г. 6:12
🖼Фото
🇺🇿🥋Sentyabr oyi uchun mo'ljallangan Jahon reytingi e'lon qilindi
Butunjahon taekvondo federatsiyasi o'z reytingini to'liq yangilaganidan xabaringiz bor. Tashkilotning avgust oyi yakunlariga mo'ljallangan reytingining kuchli 50 taligidan terma jamoamizning bir qancha a'zolari o‘rin olgan.
Erkaklar:
54 kg:
7. Jahongir Xudoyberdiyev (29.68)
24. Yosinbek Odilov (12.96).
63 kg:
9. Nazarali Nazarov (22.08)
68 kg:
13. Omadbek Otabekov (27.56)
23. Diyorbek To'xliboyev (20.73)
29. Shohjahon Ahmedov (18.00).
74 kg:
10. Mironshohmirzo Muzaffarov (23.51)
14. Najmiddin Qosimxojiyev (19.51)
46. Axadjon Muxtorov (6.48).
80 kg:
2. Jasurbek Jaysunov (72.27).
87 kg:
9. Yodgorbek Jo'raboyev (24.00)
25. Shohjahon Karimboyev (8.64).
+87 kg:
3. Marat Mavlonov (44.40).
Ayollar:
53 kg:
13. Laylo Xasanova (21.81)
57 kg:
8. Shabbona Abduvaliyeva (36.96)
13. Madina Mirabzalova (29.86).
62 kg:
13. Mohidil O'ktamjonova (25.56)
67 kg:
7. Ozoda Sobirjonova (57.33)
43. Jasmina Turlibekova (11.60).
+73 kg:
12. Svetlana Osipova (32.99)
17. Iroda Mirtojiyeva (24.48).
Obuna bo'ling👉uzbtaekwondowt