9 октября 2026 г. 12:10
📎 2026_U14_o'rtasida_O'zbekiston_Chempionati_6_8_OKT_ochiq_inshoot.pdf
🔍Musobaqa: U-14 Kichik o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston Chempionati
🔍Yosh toifasi: 14 yoshgacha
🔍Ochiq/yopiq: Ochiq
🔍Sanasi: 5—8 OKTYABR
🔍Joy: Buxoro
🔍Stadion: "Sitora" sport majmuasi
🔍Turi: yugurish turlari, texnik turlar, ko‘pkurash, sportcha yurish
🔍Ishtirokchilar soni: 456 nafar (213 nafar qiz bolalar va 243 nafar o‘g‘il bolalar)
❗2026-yilgi U-14 O‘zbekiston Chempionatidagi barcha natijalar yagona fayl holatida!
⬇️ YUKLAB OLISH ⬇️
#uzchampU14 #musobaqa_bayonnomasi
@uzathleticschannel
9 октября 2026 г. 11:24
🖼Фото
🇺🇿 U-16 O‘zbekiston chempionati: Xorazm viloyati umumjamoa hisobida birinchi!
♥️ 6–8-oktyabr kunlari Buxoro viloyatida yengil atletika bo‘yicha U-16 O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada o‘smirlar va o‘smir qizlar turli yengil atletika yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdilar.
🟥 Chempionat yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati atletlari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Namangan viloyati vakillaridan bir dona ko‘proq oltin medal qo‘lga kiritgan xorazmlik sportchilar jami 6 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
🟥 Namangan viloyati sportchilari 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza — jami 10 ta medal bilan ikkinchi pog‘onadan joy oldi.
🟥 Sirdaryo viloyati atletlari ham musobaqada munosib natija qayd etib, 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Oltin medallar soni Namangan viloyati bilan teng bo‘lishiga qaramay, kumush medallar hisobidagi farq Sirdaryo vakillarining uchinchi o‘rinni egallashini belgiladi.
#uzchampU16 #medallar_jadvali
🔔Yengil atletika yangiliklarini biz bilan kuzatib boring!
💬TG 🌐IG 🌐YT 😇FB 🤖X
👉 @uzathleticschannel
9 октября 2026 г. 10:23
🖼Фото
🇺🇿 14 yoshgacha atletlar o‘rtasida Farg‘ona viloyati medallar bo‘yicha birinchi bo‘ldi
♥️ 6—8-oktyabr kunlari Buxoro viloyati U-14 O‘zbekiston Chempionatiga mezbonlik qildi. Yurtimizning yosh iqtidor egalari mamlakat chempionligi yo‘lida tengdoshlari bilan bahslarga kirishib, o‘z imkoniyatlarini namoyish qildi hamda qimmatli tajribaga ega bo‘ldi.
🟥 Musobaqalar yakuniga ko‘ra, Farg‘ona viloyati o‘g‘il va qizlari jami 10 ta: 7 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarni qo‘lga kiritgan holda chempionatni umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda tugatdi.
🟥 Ikkinchi o‘rindagi Toshkent viloyati yoshlari esa 3 ta oltin kamroq jamg‘argan holda 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan qaytdilar.
🟥 Uchinchi o‘rin mezbon Buxoro viloyati sportchilariga tegishli bo‘ldi. 3 ta yo‘nalishda chempionlik nishonlangan bo‘lsa, yana finallarda 7 kumush va 4 bronza medallari nasib etdi. Shuningdek, umumjamoa hisobida medallar soni bo‘yicha ham eng yuqori ko‘rsatkich 14 ta medal buxoroliklarga tegishli bo‘ldi.
#uzchampU14 #medallar_jadvali
🔔Yengil atletika yangiliklarini biz bilan kuzatib boring!
💬TG 🌐IG 🌐YT 😇FB 🤖X
👉 @uzathleticschannel
8 октября 2026 г. 12:48
🖼Фото
🔹14 va 16 yoshgacha atletlar o‘rtasida 2026-yilgi O‘zbekiston Chempionati 3-kungi musobaqalari keskin kurashlarga boy bo‘ldi
📸Musobaqa jarayonlari muhrlangan fotosuratlar
#uzathlePICS #uzchampU14
#uzchampU16
🔔Yengil atletika yangiliklarini biz bilan kuzatib boring!
💬TG 🌐IG 🌐YT 😇FB 🤖X
👉 @uzathleticschannel
8 октября 2026 г. 12:34
🖼Фото
🇺🇿 O‘smirlar o‘rtasida 300 metr g‘ovlar osha yugurishda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi
♥️ 16 yoshgacha o‘smirlar 300 metr masofaga g‘ovlar osha yugurishda mamlakat chempioni nomi uchun kurash olib bordi. Qashqadaryo viloyati vakili Nurbek Hakimjonov 42,09 soniyada o‘z chiqishini oltin medal bilan tugatdi.
⚡️Buxorolik Shahriyor Xikmatov 43,29 soniya bilan ikkinchi bo‘ldi, Ashrafxon Xudoyberdiyev esa 44,54 soniyada finishga uchinchi o‘rinda yugurib keldi.
🥇 Musobaqa g‘olib va sovrindorlari:
🥇Nurbek HAKIMJONOV — 42,09 soniya
(Qashqadaryo viloyati)
🥈Shahriyor XIKMATOV — 43,29 soniya
(Buxoro viloyati)
🥉Ashrafxon XUDOYBERDIYEV — 44,54 soniya
(Toshkent shahri)
#uzchampU16
🔔Yengil atletika yangiliklarini biz bilan kuzatib boring!
💬TG 🌐IG 🌐YT 😇FB 🤖X
👉 @uzathleticschannel