2 октября 2026 г. 12:40
🖼Фото
🇺🇿⚽️Superliga 2028-yildan kuz-bahor tizimiga o‘tishi mumkin
O‘zbekiston professional futbolida mavsum taqvimini o‘zgartirish bo‘yicha yangi loyiha muhokamaga qo‘yildi.
O‘zPFL yig‘ilishida taqdim etilgan rejaga ko‘ra, mamlakat chempionatini 2028-yildan boshlab kuz-bahor tizimiga o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.
O‘tish davri sabab 2027-yilgi Superliga mavsumi amaldagi bahor-kuz formatida o‘tkaziladi. 2028-yilning mart-may oylarida esa asosiy e’tibor O‘zbekiston kubogi bahslariga qaratilishi rejalashtirilgan.
Yangi tizim kuchga kirsa, Superliganing 2028/29-yilgi mavsumi 18-avgust kuni start oladi. Birinchi davra 24-dekabrgacha davom etib, shundan keyin qishki tanaffus boshlanadi.
Ikki oylik tanaffusdan so‘ng chempionat 2029-yil 24-fevralda qayta davom ettiriladi. Mavsumning yakuniy uchrashuvlari 31-mayga qadar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shu tariqa, taklif qilinayotgan yangi format asosida O‘zbekiston chempionati yozda boshlanib, keyingi yil bahorida yakunlanadigan tizimga o‘tishi mumkin.
Ayni paytda mazkur tartib loyiha maqomida bo‘lib, u tegishli tasdiqlash jarayonlaridan o‘tgachgina amaliyotga joriy etiladi.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
2 октября 2026 г. 11:32
🖼Фото
Osiyo o'yinlari: O‘zbekiston delegatsiyasi 20-oltin medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida 20-oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Mazkur natijaga taekvondo WT bo‘yicha -80 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Jasurbek Jaysunov erishdi.
Hamyurtimiz musobaqa davomida muvaffaqiyatli bahs olib borib, finalga qadar yetib keldi. Hal qiluvchi bellashuvda u Xitoy Taipeyi vakiliga qarshi dayanga chiqib, raqibini mag‘lub etdi.
Shu tariqa, Jasurbek Jaysunov Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi va O‘zbekiston delegatsiyasining mazkur musobaqadagi oltin medallari sonini 20 taga yetkazdi.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
2 октября 2026 г. 11:22
🖼Фото
Osiyo o‘yinlari: Sobirjonova shohsupaning ikkinchi pog‘onasida
O‘zbekiston taekvondo WT terma jamoasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi.
-67 kilogramm vazn toifasida bahslarga kirishgan Ozoda Sobirjonova turnir davomida muvaffaqiyatli qatnashib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Hal qiluvchi bellashuvda hamyurtimiz Eron vakiliga qarshi tatamiga chiqdi. Yakunda raqib ustun kelgan bo‘lsa-da, Sobirjonova Osiyo o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga taekvondo WT bahslaridan yana bir medal qo‘shildi.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
2 октября 2026 г. 10:05
🖼Фото
Osiyo oʻyinlari umumjamoa medallar jadvali (2-oktabr 15:00 holatiga koʻra) bilan tanishing
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
2 октября 2026 г. 9:59
🖼Фото
🥈🇺🇿 JAHONGIR ZOKIROV — OSIYO O‘YINLARI KUMUSH MEDALI SOHIBI
O‘zbekiston boks terma jamoasi vakili Jahongir Zokirov Aichi–Nagoya-2026 XX Osiyo o‘yinlarida +90 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Zokirov chorak finalda Tojikiston vakili Muhammad Abroriddinovga qarshi ringga chiqdi. O‘zbekistonlik bokschi ushbu jangda hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Yarim finalda Jahongirga Eron vakili Amir Esmaeili Vandaei raqiblik qildi. Ikkinchi raundda eronlik bokschining jarohati sabab bahs muddatidan avval yakunlandi va Zokirov finalga yo‘l oldi.
Oltin medal uchun kechgan final jangida Jahongir Zokirov Qozog‘iston vakili Aybek Oralbay bilan to‘qnash keldi. Hal qiluvchi bahsda qozog‘istonlik bokschi g‘alaba qozondi, Zokirov esa musobaqani kumush medal bilan yakunladi.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport