Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

©️𝐏𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐂𝐞𝐧𝐭𝐞𝐫 𝐨𝐟 𝐓𝐅

⏳ На проверке
@turizm_fakulteti_tdiu
Вступить в канал
2316подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
07.10.2026добавлен
Turizm fakultetining rasmiy sahifasi🏛 Motivatsiya | Мотивация💯 Faktlar | Факты✅ Talabalik hayoti | Студенческая жизнь📌 🌐Instagram:https://www.instagram.com/tdiu_turizm_fakulteti?igsh=bms5czFzemd3NzJr
📚 Образование🌐 Эстонский📍 Международный🔓 Публичный

Последние публикации

🎬Видео
“Suvni asrash bizning qo‘limizda!” Har kuni jo‘mrakdan oqayotgan suvni ko‘rib, uni cheksiz deb o‘ylaymiz. Lekin aslida har bir tomchi — bu hayot, toza havo, yashillik va kelajak avlodning taqdiri. Bugun biz e'tiborsizlik bilan isrof qilayotgan har bir litr suv — ertaga kimgadir bir qultum obihayot bo‘lib yetishmasligi mumkin. Tabiatni asrash, zaminimizni saqlab qolish va kelajakka befarq bo‘lmaslik aynan kichik odatlardan boshlanadi: — Tish yuvganda jo‘mrakni ochiq qoldirmaslik; — Maishiy hayotda suvdan unumli va tejamkor foydalanish; — Atrofdagilarga ham bu mas'uliyatni eslatib turish. Kelajak uzoqda emas, u aynan bugun va bizning qarorlarimizda shakllanadi. Suvni asraylik, chunki hayotni asrash o‘z qo‘limizda!
🖼Фото
🏆 Turizm fakultetida shiddatli "Arm Wrestling" musobaqasi bo‘lib o‘tdi! Bugun fakultetimiz talabalari o‘rtasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida qo‘l kuchini sinash bo‘yicha bellashuv tashkil etildi. Yuqori kayfiyat va do‘stona raqobat ruhida kechgan bahslarda talabalarimiz o‘zlarining irodasi hamda kuch-g‘ayratlarini namoyish etishdi. Murosasiz kechgan bahslar yakunida eng kuchli va shijoatli ishtirokchilarimiz munosib ravishda sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Musobaqada faol qatnashgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan barcha talabalarimizni tabriklaymiz hamda kelgusi bellashuvlarda ulkan zafarlar tilaymiz!
🖼Фото
🟦🟦🟦 🟦🟦 Diniy savollaringizga javob, xavfsizlikka oid ma’lumotlar — bir botda! ☑️ “Mezon” loyihasining “Xavfsiz bot” Telegram boti orqali diniy masalalar bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar olish, taqiqlangan profil va kanallar, shaxs hamda tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. 📌 Botda quyidagi bo‘limlar mavjud: - Diniy savollarga javob; - Taqiqlangan profillar, shaxs va tashkilotlar; - Umra va Haj safarlari bo‘yicha ma’lumotlar; - Huquqiy va diniy manbalarga havolalar; - Savol, taklif va murojaat yuborish; - Admin bilan aloqa. 📲 Kerakli bo‘limni tanlang va savolingizga javob izlang: @dinuzbbot Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram
🖼Фото
🚀 STARTAPINGIZNI TAQDIM ETING! TDIU Akseleratsiya va inkubatsiya markazi hamda Turizm fakulteti hamkorligida “Yoshlar kuni” doirasida Turizm fakulteti talabalari uchun STARTAPLAR TANLOVI o‘tkaziladi. 💡 Innovatsion g‘oya, biznes loyiha yoki foydali tashabbusingiz bormi? Uni taqdim eting va rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ling! 📅 7-oktabr, chorshanba ⏰ 14:00 📍 TDIU Moliya kampusi, 8-bino, 220-xona 🎯 Barcha Turizm fakulteti talabalari ishtirok etishi mumkin! 📩 Murojaat uchun: 📞 +998 99 699-52-42 ✈️ Telegram: @miko_smm Mas’ul: Raximjonov Rasuljon Turizm fakulteti startap kordinatori 🔥 Katta loyihalar katta g‘oyalardan boshlanadi. G‘oyangizni taqdim eting — balki keyingi muvaffaqiyatli startap sizniki bo‘lar! #TDIU #Startup #YoshlarKuni #TurizmFakulteti #Innovatsiya
🖼Фото
#Tayinlov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor tayinlandi Professor Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi Kongratbay Avezimbetovichni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan samimiy tabriklab, universitetning ilmiy va ta’lim salohiyatini yuksaltirish, xalqaro hamkorligini kengaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi. 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

Профиль

Продвижение