30 сентября 2026 г. 13:05
📎 Smart_kitob.pdf (16.9 МБ)
24 сентября 2026 г. 10:38
📎 chet el olimpiada.pdf (337.0 КБ)
8 сентября 2026 г. 11:18
Davlat stipendiyalari, Prezident granti, shuningdek Universitet tomonidan ta’sis etilgan yoki Universitet faoliyati doirasida joriy etilgan stipendiya va grant sohiblari ushbu stipendiya uchun o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Bunda talabalar uchun “Adliya vazirligi” stipendiyasi va granti, “Toshkent davlat yuridik universiteti” stipendiyasi va granti, “G‘afur G‘ulom” stipendiyasi, “Xadicha Sulaymonova” stipendiyasi hamda “Yuridik klinika” stipendiyasi, akademik litsey o‘quvchilari uchun esa “Toshkent davlat yuridik universiteti” stipendiyasi va granti, hamda “Xadicha Sulaymonova” stipendiyalari nazarda tutiladi.
Stipendiya uchun tanlovda ishtirok etuvchi nomzod quyidagi minimal talablarga javob berishi lozim:
oldingi o‘quv yili (o‘rganilayotgan davr)dagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi o‘rtacha 85 foizdan kam bo‘lmasligi;
fanlardan akademik qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari va odob-axloq talablariga rioya qilishi (o‘qish davrida ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilmagan bo‘lishi);
huquqshunoslik, huquqiy davlat, qonun ustuvorligi, inson huquqlari hamda Xalima Muhitdinovaning hayoti va faoliyatiga oid ilmiy, ilmiy-ommabop maqola yoki tezis chop ettirganligi (bunda universitet talabalari huquqshunoslik yo‘nalishida 3 ta va Xalima Muhitdinovaning hayoti va faoliyatiga oid 2 ta, akademik litsey o‘quvchilari esa huquqiy yo‘nalishda 1 ta va Xalima Muhitdinovaning hayoti va faoliyatiga oid 1 ta maqola yoki tezis chop ettirgan bo‘lishi);
Xalima Muhitdinovaning hayot yo‘li va faoliyatini yoshlar orasida (kamida 3 marotaba) keng targ‘ib qilganligi (joylarda davra suhbatlari, uchrashuvlar, konferensiyalar tashkil etganligi, OAV orqali ommalashtirganligi).
Mazkur minimal talablarga javob bermaydigan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok eta olmaydi.
3 сентября 2026 г. 10:30
📎 Ҳуқуқий+тарғибот+илова.docx (23.4 КБ)
2 сентября 2026 г. 6:01
📎 H_muxitdinova_Nizom.pdf (456.6 КБ)