6 октября 2026 г. 8:03
🎬Видео
🟦🟦🟦 #ikkinchi_milliy_dastur
🏥Yetti milliy dastur — Aholi salomatligi ustuvor yo'nalish!
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yangi tashabbuslar doirasida aholi salomatligini yaxshilash va umr ko‘rish davomiyligini oshirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilandi.
✅Kelgusi besh yilda sog‘liqni saqlash sohasiga yo‘naltiriladigan davlat xarajatlarini YAIMning 5 foizigacha yetkazish;
✅ Kasalliklarni davolashdan ko‘ra, ularning oldini olish va profilaktikaga ustuvor ahamiyat berish;
✅ Davlat tibbiy sug‘urtasi bilan mamlakatimiz aholisini to‘liq qamrab olish;
✅ Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali aholida sog‘lom turmush tarzi va sog‘liqni saqlash madaniyatini shakllantirish;
✅ Xususiy tibbiyotni rivojlantirish va dunyoning yetakchi klinikalarini O‘zbekistonga jalb etish kabi vazifalar belgilandi.
➕Mazkur tashabbuslar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, kasalliklarning oldini olish hamda inson salomatligini yanada ishonchli himoya qilishga qaratilgan.
✅Inson qadri, uning salomatligi va farovonligi — davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishidir.
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram
6 октября 2026 г. 6:07
🖼Фото
Hurmatli Professor Teshabayev To‘lqin Zakirovich!
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi hamda ko‘p ming sonli talaba-yoshlari nomidan Sizning oliygohimiz ravnaqi va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi ko‘p yillik fidoyi, samarali va sermahsul rektorlik faoliyatingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Siz nafaqat tajribali rahbar va bilimli olim, balki o‘zining samimiyligi, ochiqko‘ngilligi hamda har bir talaba-yoshga o‘z farzandidek g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘ladigan mehribon ustoz sifatida barchamizning qalbimizdan chuqur joy oldingiz.
Sizning rahbarligingiz davrida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tub islohotlar va transformatsiya jarayonlari jadal amalga oshirilib, ta’lim tizimi mutlaqo yangi bosqichga olib chiqildi. Xususan, ta’lim sifati, ilmiy-innovatsion faoliyat, xalqaro hamkorlik, infratuzilma hamda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlarida erishilgan salmoqli natijalar universitetimizning nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyo va xalqaro miqyosdagi nufuzini keskin oshirdi.
Ayniqsa, Sizning rahbarligingiz ostida universitet o‘z tarixida ilk bor dunyoning eng nufuzli THE (Times Higher Education) reytingida dunyo bo‘yicha TOP-700 talik oliy ta’lim tashkilotlari qatoridan joy oldi. Shuningdek, Markaziy Osiyoning kuchli 3 talik va mamlakatimizning yetakchi 2 talik oliygohi sifatida e’tirof etildi. QS World University Rankings by Subject 2026 natijalariga ko‘ra, universitetimiz fan sohalari bo‘yicha ham dunyoning eng sara TOP-300 talik oliygohlari safiga kirdi. Universitetning ilmiy salohiyati 70 foizga yaqinlashdi hamda 7 ta ta’lim yo‘nalishi AQSH va Yevropaning nufuzli xalqaro tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishi va munosib yashashi uchun 3 ta zamonaviy talabalar turar joyi, yangi o‘quv binosi va qator zamonaviy imkoniyatlar foydalanishga topshirildi. Sizning rahbarligingiz va fidoyiligingiz ostida erishilgan ushbu yutuqlar universitetimiz tarixiga oltin harflar bilan muhrlanadi.
Fursatdan foydalanib Sizga doimiy sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi ilmiy-pedagogik hamda rahbarlik faoliyatingizda yanada ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Universitetimiz talaba-yoshlari nomidan Sizga chuqur ehtirom va samimiy minnatdorchilik bildiramiz!
🇺🇿TDIU Yoshlar ittifoqi
✅Rasmiy sahifalarimiz
💬Telegram | 📹Instagram |📹YouTube | 📒Facebook
6 октября 2026 г. 6:00
🖼Фото
#Tayinlov
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor tayinlandi
Professor Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi.
U mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi Kongratbay Avezimbetovichni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan samimiy tabriklab, universitetning ilmiy va ta’lim salohiyatini yuksaltirish, xalqaro hamkorligini kengaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
5 октября 2026 г. 16:53
Fakultetning yana bir yuqori natijasi👏👏👏
5 октября 2026 г. 16:51
🖼Фото
🇺🇿TDIU talabalari mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida amaliyot o‘tashdi
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bevosita qo‘llab-quvvatlashi bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «Menejment» fakulteti «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» ta’lim yo‘nalishining iqtidorli talabalari uchun xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda amaliyot tashkil etildi.
⏺Joriy yilning 10-avgustidan 6-sentyabriga qadar davom etgan ushbu istiqbolli loyiha doirasida talabalarimiz O‘zbekiston Respublikasining Latviya, Misr Arab Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Pokiston Islom Respublikasi va Tojikiston Respublikasidagi elchixonalarida amaliyot o‘tab qaytdilar.
#TIV #Diplomacy #InternationalRelations #Amaliyot #Elchixona #Latviya #Misr #Rossiya #Pokiston #Tojikiston
Batafsil saytda
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial