5 октября 2026 г. 12:41
🖼Фото
#e'tirof
Toshkent viloyati sportchilari Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etdi
Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida Toshkent viloyati sportchilari O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida munosib ishtirok etdi.
Musobaqalar yakuniga ko‘ra, viloyat vakillari 4 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza – jami 17 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Ta'kidlash lozimki, viloyat sportchilari medallar soni bo'yicha tarixdagi eng yaxshi natijalarini qayd etishdi. Bundan oldingi eng yaxshi natija XIX Osiyo o'yinlarida qayd etilgan. O'shanda atletlarimiz jami 14 ta medalga (4 ta oltin 5 tadan kumush va bronza) ega chiqishgan edi.
Mazkur natija bilan viloyatimiz sportchilarini tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilab qolamiz!
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
5 октября 2026 г. 10:18
🖼Фото
#imkoniyat
Zangiotada 50 o‘rinli yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
Zangiota tumanining O‘rtaovul mahallasida 50 o‘rinli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Yangi bog‘cha tadbirkor GulnozaNabiyeva tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan barpo etilib, bolalarning ta’lim-tarbiyasi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Bu yerda tarbiyalanuvchilarga “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida o‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya beriladi. Shuningdek, bolalarni erta yoshdan kasbga qiziqtirish va xorijiy tillarni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratiladi.
Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotida mahalladagi Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalar farzandlarini imtiyozli to‘lov asosida qabul qilish ham ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, bog‘chaning faoliyat boshlashi natijasida 10 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlanadi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Zangiota tumanida 3-7 yoshdagi 16 ming 96 nafar boladan 11 ming 326 nafari davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Tumandagi 95 ta nodavlat bog‘chaning 74 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hisoblanadi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
5 октября 2026 г. 9:18
🖼Фото
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik
—
Поздравление членам спортивной делегации Узбекистана – участникам ХХ летних Азиатских игр в Японии
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
4 октября 2026 г. 14:22
🖼Фото
#intellekt
Toshkent viloyati yoshlari "Zakovat"da g‘olib bo‘ldi
Mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual musobaqasining Respublika bosqichi yakunlandi.
Quvonarlisi, yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent viloyati, Chinoz tumani “Tong yulduzi” MFY jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, Respublika bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritdi!
G‘olib jamoani ushbu munosib ishtirok va g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz!
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
4 октября 2026 г. 7:50
🖼Фото
#targ‘ibot
Jismoniy faollik — salomatlik garovi
Bo‘ka tumanida aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash, jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Bo‘ka tumani sport maktabi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Mahallalar uyushmasi hamkorligida 30 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida sport sinovlari o‘tkazilmoqda.
Sinovlar davomida ishtirokchilarning kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda.
Sport sinovlarini muntazam tashkil etish orqali aholining jismoniy faolligini oshirish, fuqarolarni ommaviy sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram