Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

TSUE-TF_official

⏳ На проверке
@tdiutfofficial
Вступить в канал
737подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
07.10.2026добавлен
Toshkent davlat iqtisodiyot universitet To'rtko'l fakultetining rasmiy axborot kanali \ Официальный новостной канал ТГЭУТФ 🏛 | | | 📧tf@tsue.uz 🌐www.tsue.uz 📲instagram.com/tdiutfofficial
📚 Образование🌐 Эстонский📍 Международный🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
🏠 TALABALAR TURAR JOYIDA TARG‘IBOT-TUSHUNTIRISH ISHLARI 🎓 Talabalar turar joyida yoshlar o‘rtasida odob-axloq qoidalariga rioya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari haqida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi. ⚖️ Suhbat davomida talabalarga ichki tartib-qoidalarga amal qilish, o‘zaro hurmat va muomala madaniyatiga rioya etish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda qonun talablariga hurmat bilan yondashish zarurligi tushuntirildi. 🚫 Shuningdek, giyohvandlikning inson salomatligi, ta’limi va kelajagiga salbiy ta’siri haqida ma’lumot berilib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga amal qilishga chaqirildi. 🌱 Sog‘lom muhit — munosib kelajak garovidir! #TTJ #OdobAxloq #HuquqiyMadaniyat #SoglomTurmushTarzi
🖼Фото
🟦🟦🟦 🟦🟦 Diniy savollaringizga javob, xavfsizlikka oid ma’lumotlar — bir botda! ☑️ “Mezon” loyihasining “Xavfsiz bot” Telegram boti orqali diniy masalalar bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar olish, taqiqlangan profil va kanallar, shaxs hamda tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. 📌 Botda quyidagi bo‘limlar mavjud: - Diniy savollarga javob; - Taqiqlangan profillar, shaxs va tashkilotlar; - Umra va Haj safarlari bo‘yicha ma’lumotlar; - Huquqiy va diniy manbalarga havolalar; - Savol, taklif va murojaat yuborish; - Admin bilan aloqa. 📲 Kerakli bo‘limni tanlang va savolingizga javob izlang: @dinuzbbot Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram
🖼Фото
Hurmatli Professor Teshabayev To‘lqin Zakirovich!  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi hamda ko‘p ming sonli talaba-yoshlari nomidan Sizning oliygohimiz ravnaqi va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi ko‘p yillik fidoyi, samarali va sermahsul rektorlik faoliyatingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.  Siz nafaqat tajribali rahbar va bilimli olim, balki o‘zining samimiyligi, ochiqko‘ngilligi hamda har bir talaba-yoshga o‘z farzandidek g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘ladigan mehribon ustoz sifatida barchamizning qalbimizdan chuqur joy oldingiz.  Sizning rahbarligingiz davrida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tub islohotlar va transformatsiya jarayonlari jadal amalga oshirilib, ta’lim tizimi mutlaqo yangi bosqichga olib chiqildi. Xususan, ta’lim sifati, ilmiy-innovatsion faoliyat, xalqaro hamkorlik, infratuzilma hamda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlarida erishilgan salmoqli natijalar universitetimizning nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyo va xalqaro miqyosdagi nufuzini keskin oshirdi.  Ayniqsa, Sizning rahbarligingiz ostida universitet o‘z tarixida ilk bor dunyoning eng nufuzli THE (Times Higher Education) reytingida dunyo bo‘yicha TOP-700 talik oliy ta’lim tashkilotlari qatoridan joy oldi. Shuningdek, Markaziy Osiyoning kuchli 3 talik va mamlakatimizning yetakchi 2 talik oliygohi sifatida e’tirof etildi. QS World University Rankings by Subject 2026 natijalariga ko‘ra, universitetimiz fan sohalari bo‘yicha ham dunyoning eng sara TOP-300 talik oliygohlari safiga kirdi. Universitetning ilmiy salohiyati 70 foizga yaqinlashdi hamda 7 ta ta’lim yo‘nalishi AQSH va Yevropaning nufuzli xalqaro tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishi va munosib yashashi uchun 3 ta zamonaviy talabalar turar joyi, yangi o‘quv binosi va qator zamonaviy imkoniyatlar foydalanishga topshirildi. Sizning rahbarligingiz va fidoyiligingiz ostida erishilgan ushbu yutuqlar universitetimiz tarixiga oltin harflar bilan muhrlanadi. Fursatdan foydalanib Sizga doimiy sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi ilmiy-pedagogik hamda rahbarlik faoliyatingizda yanada ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.  Universitetimiz talaba-yoshlari nomidan Sizga chuqur ehtirom va samimiy minnatdorchilik bildiramiz! 🇺🇿TDIU Yoshlar ittifoqi ✅Rasmiy sahifalarimiz 💬Telegram | 📹Instagram |📹YouTube | 📒Facebook
🖼Фото
#Tayinlov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor tayinlandi Professor Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi Kongratbay Avezimbetovichni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan samimiy tabriklab, universitetning ilmiy va ta’lim salohiyatini yuksaltirish, xalqaro hamkorligini kengaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi. 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
🖼Фото
​🎉 Bugungi shiddatli o‘yinlar o‘z nihoyasiga yetdi! ​Besh tashabbus olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan futbol musobaqasining ilk bosqich o‘yinlari yakunlanib, keyingi bosqichga yo‘llanma olgan barcha jamoalarni tabriklaymiz! 👏👏 ​🔥 1/4 finalda kim-kim bilan o‘ynaydi? (O‘yinlar ketma-ketligi): ​1️⃣ 1-juftlik: 1-kurs Bank ishi 🆚 4-kurs Bank ishi 2️⃣ 2-juftlik: 2-kurs Moliya 🆚 3-kurs Bank ishi 3️⃣ 3-juftlik: 2-kurs Soliq 🆚 1-kurs Buxgalteriya 4️⃣ 4-juftlik: 2-kurs Buxgalteriya 🆚 2-kurs Iqtisodiyot ​⏰ Ertangi o‘yinlar soat 16:00 da boshlanadi. ⚠️ Barcha jamoalardan o‘yin boshlanishidan biroz oldinroq kelishlarini so‘raymiz! ​Barcha jamoalarga keyingi o‘yinlarda omad va zafarlar tilaymiz! ⚽️🏆

Профиль

Продвижение