Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

TDIU | Soliq va budjet hisobi fakulteti

⏳ На проверке
@tdiu_sbh
Вступить в канал
1986подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
07.10.2026добавлен
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Soliq va budjet hisobi fakultetining rasmiy telegram sahifasi TDIU asosiy sahifasi: www.tsue.uz
📚 Образование🌐 Эстонский📍 Международный🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
📚”XRISTIANLIK DINI TARIXI VA ASOSIY G’OYALARI” MAVZUSIDA OCHIQ DARS 🇺🇿2026-yil 6-oktabr kuni “Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo’nalishi ST-906/26, ST-907/26 va ST-908/26 guruhlari talabalari uchun “Falsafa” kafedrasi professori, G.X.Ibragimova tomonidan ochiq dars tashkil etildi. 💻 Dars davomida talabalarga Xristian dini ta’limoti va oqimlari,asosiy g’oyalari haqida ma’lumot berildi. Bugungi kunda O’zbekistonda Xristian diniga e’tiqod qiluvchilarning amallari, bayramlari, qadriyatlari va tarixiy ma’lumotlari haqida fikr yuritildi. 🎓 Ochiq dars talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda, raqobatbardosh kadrlar bo'lib yetishishlarida bugungi darsning ahamiyatli ekanligi aytib o'tildi. Dars yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Soliq va budjet hisobi fakulteti 📱Telegram 📱Instagram
🖼Фото
📚 “SHAXSIY HISOB-VARAQLARNI ELEKTRON TIZIMI” MAVZUSIDA OCHIQ DARS 🇺🇿2026-yil 6-oktabr kuni “Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo‘nalishi ST-50/24 va ST-51/24 guruhlari talabalari uchun “Soliq va soliqqa tortish” kafedrasi katta o‘qituvchisi, DSc M. Qurbonov tomonidan ochiq dars tashkil etildi. 💻 Dars davomida talabalarga SIAIJ-5 dasturida ishlash, soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini yuritish, soliq va penya hisob-kitoblari, mavjud qarzdorliklar hamda ortiqcha to‘langan soliq summalari bilan ishlash tartibi tushuntirildi. 🎓 Ochiq dars talabalarining amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy raqamli tizimlardan foydalanish bo‘yicha tajribasini mustahkamlashga xizmat qildi. Dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Soliq va budjet hisobi fakulteti 📱Telegram 📱Instagram
🖼Фото
#Tayinlov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor tayinlandi Professor Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi Kongratbay Avezimbetovichni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan samimiy tabriklab, universitetning ilmiy va ta’lim salohiyatini yuksaltirish, xalqaro hamkorligini kengaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi. 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
🖼Фото
Hurmatli Professor Teshabayev To‘lqin Zakirovich!  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi hamda ko‘p ming sonli talaba-yoshlari nomidan Sizning oliygohimiz ravnaqi va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi ko‘p yillik fidoyi, samarali va sermahsul rektorlik faoliyatingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.  Siz nafaqat tajribali rahbar va bilimli olim, balki o‘zining samimiyligi, ochiqko‘ngilligi hamda har bir talaba-yoshga o‘z farzandidek g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘ladigan mehribon ustoz sifatida barchamizning qalbimizdan chuqur joy oldingiz.  Sizning rahbarligingiz davrida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tub islohotlar va transformatsiya jarayonlari jadal amalga oshirilib, ta’lim tizimi mutlaqo yangi bosqichga olib chiqildi. Xususan, ta’lim sifati, ilmiy-innovatsion faoliyat, xalqaro hamkorlik, infratuzilma hamda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlarida erishilgan salmoqli natijalar universitetimizning nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyo va xalqaro miqyosdagi nufuzini keskin oshirdi.  Ayniqsa, Sizning rahbarligingiz ostida universitet o‘z tarixida ilk bor dunyoning eng nufuzli THE (Times Higher Education) reytingida dunyo bo‘yicha TOP-700 talik oliy ta’lim tashkilotlari qatoridan joy oldi. Shuningdek, Markaziy Osiyoning kuchli 3 talik va mamlakatimizning yetakchi 2 talik oliygohi sifatida e’tirof etildi. QS World University Rankings by Subject 2026 natijalariga ko‘ra, universitetimiz fan sohalari bo‘yicha ham dunyoning eng sara TOP-300 talik oliygohlari safiga kirdi. Universitetning ilmiy salohiyati 70 foizga yaqinlashdi hamda 7 ta ta’lim yo‘nalishi AQSH va Yevropaning nufuzli xalqaro tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishi va munosib yashashi uchun 3 ta zamonaviy talabalar turar joyi, yangi o‘quv binosi va qator zamonaviy imkoniyatlar foydalanishga topshirildi. Sizning rahbarligingiz va fidoyiligingiz ostida erishilgan ushbu yutuqlar universitetimiz tarixiga oltin harflar bilan muhrlanadi. Fursatdan foydalanib Sizga doimiy sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi ilmiy-pedagogik hamda rahbarlik faoliyatingizda yanada ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.  Universitetimiz talaba-yoshlari nomidan Sizga chuqur ehtirom va samimiy minnatdorchilik bildiramiz! 🇺🇿TDIU Yoshlar ittifoqi ✅Rasmiy sahifalarimiz 💬Telegram | 📹Instagram |📹YouTube | 📒Facebook
🎬Видео
✅TALABA-QIZLAR O‘RTASIDA SPORT ESTAFETASI! 🇺🇿Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Soliq va budjet hisobi fakulteti hamda Menejment fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida Sport Club bilan hamkorlikda sport estafetasi tashkil etilmoqda. 🏆 ❤️‍🔥Mazkur musobaqa talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jamoaviylik va faol hayot tarzini targ‘ib etishga qaratilgan. 🏅Estafeta davomida ikki fakultetning talaba-qizlari tezkorlik, chaqqonlik, epchillik va jamoaviy hamjihatlik bo‘yicha o‘zaro bellashadilar. Musobaqa nafaqat sport mahoratini namoyon etish, balki yangi do‘stlik va unutilmas taassurotlar uchun ham ajoyib imkoniyat bo‘ladi. 📅 Sana: 7-oktabr, 2026-yil ⏰ Vaqt: 15:00 📍 Manzil: TDIU asosiy kampusi ✏️ Murojaat uchun: @Odilova_N Soliq va budjet hisobi fakulteti 📱Telegram 📱Instagram

Профиль

Продвижение