Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

TDIU | Yoshlar kanali

@tdiu_official
Вступить в канал
23791подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
11.09.2026добавлен
Universitet talabalari hayotidagi muhim yangiliklar, voqealar, tadbirlar, talabalar tashabbuslari va so‘nggi trendlar. https://t.me/tdiuyoshlar_bot ©️YBIMMB
📚 Образование🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото · 4 шт.
TDIUda huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi ✍️Joriy yilning 30-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro ta’lim fakultetida Buxgalteriya hisobi fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida “Sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan profilaktik muhokama va takroriy holatlarning oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. 📌Tadbirda universitet rektori maslahatchisi S. Hamidov, Yunusobod tumani IIO FMB 5-IIB boshlig‘i, podpolkovnik B. Radjapov, profilaktika katta inspektori, kapitan O. Adxamjonov hamda HQMB inspektori, katta leytenant N. Islamova, shuningdek, fakultet rahbariyati va tyutorlar ishtirok etdilar. 🎤Tadbir davomida universitetda sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan profilaktik muhokama o‘tkazilib, bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qonunlarga hurmat hamda shaxsiy mas’uliyat hissini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni ogohlikka chorlash va universitetda xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlash borasidagi hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qildi. Biz bilan bitta tölqinda böling: 💬Telegram 📹Instagram
🖼Фото · 6 шт.
Yangi Özbekiston – yoşlar nigohida 🎥Bugun Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya kampusining 1-ma’ruzalar zalida “Yangi Özbekiston – yoşlar nigohida” mavzusida mazmunli davra suhbati taşkil etildi. ✅Tadbirda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zolari, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimlari, “Döstlik” va “Mehnat şuhrati” ordenlari sohibasi, taniqli şoira Zulfiya Möminova hamda “Döstlik” ordeni sohibi Bobur Bobomurod mehmon sifatida iştirok etdilar. ⭕Samimiy muloqot davomida ijodkorlar mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, Yangi Özbekistonning bugungi taraqqiyoti, yoş avlod oldida turgan imkoniyat va mas’uliyat haqida öz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Şuningdek, adabiyot va ma’rifatning inson ma’naviy kamolotidagi örni, ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat hamda yurt ravnaqi yölida faol bölişning ahamiyati alohida ta’kidlandi. 📌Ijodkorlar bilan bunday uçraşuvlar yoşlarning dunyoqaraşini kengaytiriş, ularning kitobxonlik va ijodga bölgan qiziqişini oşiriş, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyğusini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Zero, Yangi Özbekistonning buguni va ertangi kuni, uning taraqqiyoti hamda xalqaro maydondagi nufuzi bilimli, taşabbuskor, vatanparvar va ma’naviy barkamol yoşlar qölidadir! Biz bilan bitta tölqinda böling: 💬Telegram 📹Instagram
🎬Видео
#MilliyQadriyatlar 🇺🇿MILLIY QADRIYATLARIMIZ — MILLAT KO‘ZGUSI! ✨Milliy qadriyatlar — xalqimizning asrlar davomida shakllangan ma’naviy boyligi, urf-odatlari va bebaho merosidir. 👨‍👩‍👧‍👦Oilada kattalarga hurmat ko‘rsatish, ularning duosini olish, oila davrasida mehr-oqibatni mustahkamlash, milliy liboslarimizni qadrlash hamda ta’lim olish jarayonida milliy an’analarimizga sodiq qolish — ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ezgu fazilatlardir. 📚Yosh avlodning milliy qadriyatlar ruhida kamol topishi, o‘zligini anglashi va ajdodlar merosiga hurmat bilan qarashi kelajagimizning mustahkam poydevoridir. Milliy qadriyatlarimizni asrash, avaylash va kelajak avlodga yetkazish — barchamizning muqaddas burchimiz! 🏛 TDIU To‘rtko‘l fakulteti Biz bilan bitta tölqinda böling: 💬Telegram 📹Instagram
🖼Фото · 10 шт.
#Özbekiston2030 #XalqaroForum #TDIU95 #Faxriybitiruvchilar “Global va milliy iqtisodiyot trendlari: Özbekiston – 2030 strategiyasi” V xalqaro forumi doirasida faxriy bitiruvçilar bilan uçraşuv taşkil etildi Universitetning faxriy bitiruvçilari bilan taşkil etilgan uçraşuv forumga alohida ruh va samimiy kayfiyat bağişladi. Uçraşuvda turli yillarda universitetni tamomlagan bitiruvçilar qatnaşdi. Universitetimizda tahsil olib, iqtisodiyotning turli sohalarida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilgan faxriylarimiz ham boy tajribasi va yuksak salohiyati bilan kadrlar tayyorlaş tizimini rivojlantirişga, yoş avlodni ma’naviy barkamol va kasbiy yetuk mutaxassislar etib tarbiyalaşga bebaho hissa qöşib kelmoqda. Şuningdek, bugungi kunda davlat boşqaruvi, moliya-bank tizimi, tadbirkorlik, ilm-fan va ta’lim sohalarida samarali faoliyat yuritib, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşib kelmoqda. Faxriy bitiruvçilar öz kasbiy yöli va hayotiy tajribasi bilan örtoqlaşdi. Ular universitetda olgan bilim va könikmalari faoliyatida mustahkam poydevor bölganini alohida ta’kidladilar. Batafsil saytda 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀 Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
🖼Фото · 4 шт.
🟦🟦🟦 Talabalar uchun yaratilgan şaroitlar örganildi ☑️ Özbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi mas’ul xodimlari Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining 4- va 9-sonli talabalar turar joylariga taşrif buyurdi. ▶️Taşrif davomida talabalarning yaşaş şaroitlari, ular uçun yaratilgan qulayliklar, xonalarning sanitariya-gigiyena holati, umumiy foydalanış hududlari hamda maişiy infratuzilma bilan yaqindan tanişildi. 🔥Şuningdek, talabalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, xavfsiz va qulay muhitni ta’minlaş, mavjud şaroitlarni yanada yaxşilaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Biz bilan bitta tölqinda böling: 💬Telegram 📹Instagram

Профиль

Продвижение