Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

IQTISODIYOT FAKULTETI MATBUOT XIZMATI

⏳ На проверке
@tdiu_iqtisodiyot_fakulteti
Вступить в канал
3599подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
07.10.2026добавлен
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti matbuot xizmati✅ Instagram: https://instagram.com/iqtisodiyot_fakulteti_tdiu ☎️ Taklif va Murojaat uchun: @Zokir_Bozorov @shaxriyorov_m
📚 Образование🌐 Словенский📍 Международный🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
🟦🟦🟦 🟦🟦 Diniy savollaringizga javob, xavfsizlikka oid ma’lumotlar — bir botda! ☑️ “Mezon” loyihasining “Xavfsiz bot” Telegram boti orqali diniy masalalar bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar olish, taqiqlangan profil va kanallar, shaxs hamda tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. 📌 Botda quyidagi bo‘limlar mavjud: - Diniy savollarga javob; - Taqiqlangan profillar, shaxs va tashkilotlar; - Umra va Haj safarlari bo‘yicha ma’lumotlar; - Huquqiy va diniy manbalarga havolalar; - Savol, taklif va murojaat yuborish; - Admin bilan aloqa. 📲 Kerakli bo‘limni tanlang va savolingizga javob izlang: @dinuzbbot Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram
🖼Фото
Hurmatli Professor Teshabayev To‘lqin Zakirovich!  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi hamda ko‘p ming sonli talaba-yoshlari nomidan Sizning oliygohimiz ravnaqi va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi ko‘p yillik fidoyi, samarali va sermahsul rektorlik faoliyatingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.  Siz nafaqat tajribali rahbar va bilimli olim, balki o‘zining samimiyligi, ochiqko‘ngilligi hamda har bir talaba-yoshga o‘z farzandidek g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘ladigan mehribon ustoz sifatida barchamizning qalbimizdan chuqur joy oldingiz.  Sizning rahbarligingiz davrida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tub islohotlar va transformatsiya jarayonlari jadal amalga oshirilib, ta’lim tizimi mutlaqo yangi bosqichga olib chiqildi. Xususan, ta’lim sifati, ilmiy-innovatsion faoliyat, xalqaro hamkorlik, infratuzilma hamda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlarida erishilgan salmoqli natijalar universitetimizning nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyo va xalqaro miqyosdagi nufuzini keskin oshirdi.  Ayniqsa, Sizning rahbarligingiz ostida universitet o‘z tarixida ilk bor dunyoning eng nufuzli THE (Times Higher Education) reytingida dunyo bo‘yicha TOP-700 talik oliy ta’lim tashkilotlari qatoridan joy oldi. Shuningdek, Markaziy Osiyoning kuchli 3 talik va mamlakatimizning yetakchi 2 talik oliygohi sifatida e’tirof etildi. QS World University Rankings by Subject 2026 natijalariga ko‘ra, universitetimiz fan sohalari bo‘yicha ham dunyoning eng sara TOP-300 talik oliygohlari safiga kirdi. Universitetning ilmiy salohiyati 70 foizga yaqinlashdi hamda 7 ta ta’lim yo‘nalishi AQSH va Yevropaning nufuzli xalqaro tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishi va munosib yashashi uchun 3 ta zamonaviy talabalar turar joyi, yangi o‘quv binosi va qator zamonaviy imkoniyatlar foydalanishga topshirildi. Sizning rahbarligingiz va fidoyiligingiz ostida erishilgan ushbu yutuqlar universitetimiz tarixiga oltin harflar bilan muhrlanadi. Fursatdan foydalanib Sizga doimiy sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi ilmiy-pedagogik hamda rahbarlik faoliyatingizda yanada ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.  Universitetimiz talaba-yoshlari nomidan Sizga chuqur ehtirom va samimiy minnatdorchilik bildiramiz! 🇺🇿TDIU Yoshlar ittifoqi ✅Rasmiy sahifalarimiz 💬Telegram | 📹Instagram |📹YouTube | 📒Facebook
🖼Фото
#Tayinlov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor tayinlandi Professor Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi Kongratbay Avezimbetovichni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan samimiy tabriklab, universitetning ilmiy va ta’lim salohiyatini yuksaltirish, xalqaro hamkorligini kengaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi. 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
🖼Фото
✍️ USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN SAMARQANDGA TASHRIF 📅 Joriy yilning 3–4 oktyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kasaba uyushmasi va “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi tomonidan “1 oktyabr — Ustoz va Murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Samarqand shahriga ekskursiya tashkil etildi. 🏛️Ushbu tashrif doirasida Universitet professor-o‘qituvchilari Samarqand shahrining ulug‘vor tarixiy obidalari — Imom al-Buxoriy majmuasi, Registon, Go‘ri Amir, Shohi Zinda, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va Bibixonim majmuasi bilan yaqindan tanishdilar. 🕌✨ 🔥 Amir Temur maqbarasi ziyorati chog‘ida buyuk bobomizning davlatchilik siyosati, harbiy mahorati hamda turli mamlakatlar bilan olib borgan diplomatik aloqalari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. 🌍 Sohibqironning hayoti va faoliyati, uning davlati o‘z davrining eng qudratli va ulkan davlatlaridan biri bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. 📚 Ustozlar Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridan iborat betakror Registon majmuasini ham ziyorat qildilar. 🔬 Asrlar davomida ushbu obidalar ilm-fan markazi bo‘lib, yuzlab olim va tadqiqotchilarni yetishtirishga xizmat qilgan. Registonning mukammal me’moriy uyg‘unligi va betakror ko‘rinishi tufayli u haqli ravishda Samarqandning “tashrif qog‘ozi” hisoblanadi. 🤝 Universitet professor-o‘qituvchilarining Samarqandga tashrifi mazmunli, sermahsul va unutilmas taassurotlarga boy tarzda o‘tdi! 🤩TDIU Iqtisodiyot fakulteti Bizning rasmiy sahifalarimiz 🕊Telegram📱Instagram
🖼Фото
🟦🟦🟦🟦🟦 📖“MA’RIFAT ULASHIB” loyihasi doirasida TDIU Zakovat klubidan Zakovat Oʻyini‼️ O‘yin 3 nafar adibning hayoti va ijodiga bag‘ishlanadi: 💜Kenesboy Karimov 💜Xalila Davletnazarov 💜Nasrullo Ergashev 🧠 O‘yin 2 turdan iborat bo‘lib, har bir turda 10 tadan savol o‘ynaladi. Savollar orqali adiblarning hayoti, ijodiy faoliyati, asarlari va adabiyotdagi o‘rni haqidagi bilimlaringiz sinovdan o‘tkaziladi. 📆Sana: 10-oktabr ⏰Vaqt: 15:00 📍Manzil: TDIU Zakovat zali 📢RO‘YXATDAN O‘TISH UCHUN: Fakultetingizning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki fakultetingiz bosh koordinatori bilan bog‘laning. ✨Adolatda kuch – Zakovatda kuch! 🤩TDIU Zakovat klubi 💬Telegram | 📹Instagram

Профиль

Продвижение