5 октября 2026 г. 6:07
🎬Видео
#SuvKodeksi
🫴 SUV KODEKSIGA SHARH | SUVDAN FOYDALANISHDA SANITARIYA TALABLARI
📖 Suv kodeksining 36-moddasiga ko‘ra, suvdan va suv obyektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari belgilanadi.
Ushbu talablarga rioya etmaslik aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun asos bo‘ladi.
▶️ Batafsil – videoda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
4 октября 2026 г. 6:47
🖼Фото
#HaftaDayjesti
🗓 O‘tgan hafta suv sohasi, tabiatni asrash, suv resurslaridan oqilona foydalanish va xalqaro hamkorlikka oid qator muhim materiallar e’lon qilindi.
🐠 Olimjon va baliqning suhbati – tabiatni asrash va suvni tejash har birimizning oddiy kundalik harakatimizdan boshlanishini eslatadi.
🧊 Geotekstil qoplama: muz erishi 40 foizga kamaydi. Piskom daryosi havzasidagi O‘rta Barqiroq muzligida muz erishini kamaytirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari olib borildi.
😠 Rimda Yevropa – O‘rta yer dengizi suv forumi – 29-sentabrdan 2-oktabrgacha suv resurslari va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
🚀 16 mingdan ortiq inshoot sho‘r suvni chuchuk suvga aylantirmoqda. Dunyoda 300 milliondan ortiq kishi chuchuk suv ehtiyojining bir qismini sho‘rsizlantirish orqali qondirmoqda.
📹 Suv kodeksiga sharh: 32, 33, 34, 35-moddalarda suv olish tartibi, suv olish kvotasi va limiti, suvdan oqilona foydalanish hamda suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha muhim talablar yoritildi.
🔤 Suv Alifbosi: K – Kanal. Suvni bir joydan boshqa joyga yetkazib berish uchun qurilgan sun’iy o‘zan.
🔔 Qariyb 1200 yillik suv o‘lchash texnologiyasi. Ahmad al-Farg‘oniy tomonidan yaratilgan “Miqyosi Nil” nilometri Nil daryosi suv sathini o‘lchashda muhim ahamiyat kasb etgan.
📚 Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bilim va tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni e’tirof etildi.
♟ O‘zbekiston shaxmatchilari – Olimpiada chempioni! Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ikkinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritdi.
📲 Batafsil materiallar – kanalimizda!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
2 октября 2026 г. 13:29
🎬Видео
#SuvKodeksi
🫴 SUV KODEKSIGA SHARH | SUV VA SUV OBYEKTLARIGA ZARARLI TA’SIRNING CHEKLANGAN NORMATIVLARI
📖 Suv kodeksining 35-moddasiga ko‘ra, suv va suv obyektlariga zararli ta’sirning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan normativlari suvlarni ekologik, sanitariya va texnik talablarga muvofiq holatda saqlashga qaratilgan.
Bunda:
☑️ suv ekotizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik;
☑️ zararli moddalarning belgilangan me’yordan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik;
☑️ zararli oqizilishlarning cheklangan normativlariga rioya qilish;
☑️ favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini ko‘rish talab etiladi.
▶️ Batafsil – videoda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
2 октября 2026 г. 12:20
🎬Видео
#Bilasizmi
QARIYB 1200 YILLIK SUV O‘LCHASH TEXNOLOGIYASI
😀IX asrda buyuk alloma Ahmad al-Farg‘oniy birinchi gidrolog sifatida Misrda Nil daryosi suv sathini o‘lchash uchun “Miqyosi Nil” – nilometrni yaratgan.
🫴 Bobomiz Ahmad al-Farg‘oniy ko‘rsatmalari asosida 861-yilda qurilgan inshoot Nil suv sathini aniq kuzatish imkonini bergan. Bu esa qadimgi Misrda qishloq xo‘jaligi va suv bilan bog‘liq qarorlar uchun muhim bo‘lgan.
▶️ Batafsil – videoda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
2 октября 2026 г. 5:43
🎬Видео
#SuvKodeksi
💧 SUV KODEKSIGA SHARH | SUVNI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN FOYDALANISHNI NORMALASHTIRISH
📖 Suv kodeksining 34-moddasiga ko‘ra, suvdan oqilona va barqaror foydalanish, suv resurslarini saqlash hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash – asosiy maqsaddir.
Buning uchun:
🎲suvning zarur miqdori va normativ tozaligi saqlanadi;
🎲suv florasi va faunasi muhofaza qilinadi;
🎲suv havzalarining ifloslanishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
🎲 suv olish va oqova suvlarni chiqarish me’yorlari belgilanadi;
🎲 yer usti va yer osti suvlarini me’yordan ortiq qaytarmasdan olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
▶️ Batafsil – videoda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X