5 октября 2026 г. 17:25
❗️Endi qaysi ta’lim bosqichlari yangi vazirlikka bo‘ysunadi?
Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilmoqda.
Yangi vazirlik tarkibiga:
🏫 Maktabgacha ta’lim va tarbiya
📚 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
🎓 Professional ta’lim
🏛 Oliy ta’lim
🔬 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
👨🏫 Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
📖 Qo‘shimcha va norasmiy ta’lim kiradi.
Ya’ni bog‘chadan boshlab oliy ta’lim va undan keyingi ta’limgacha bo‘lgan jarayonlar yagona vazirlik doirasida boshqariladi.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
5 октября 2026 г. 17:24
🖼Фото
⚡️ Kongratbay Avezimbetovich Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi.
Bunga qadar u Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlagan.
Do'stlaringizga ulashing @Oliygohlar_minbari
5 октября 2026 г. 15:54
🎬Видео
Magʻlubiyat balki Gʻalabani qadirliroq qilishga yordam beradi nima deb uylesiz 🔥
5 октября 2026 г. 13:41
🖼Фото
bugun kelgan va kelmagan talabalar
😄 👎
5 октября 2026 г. 6:51
🖼Фото
🎓 DIQQAT, IJODKOR VA TASHABBUSKOR TALABALAR!
🚀 “ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” RESPUBLIKA TANLOVI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil sentabrdagi majlisi bayoni va tasdiqlangan nizomga asosan, respublika miqyosida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanloviga start berilmoqda.
Agar Sizda ilm-fan rivoji, innovatsion texnologiyalarni joriy etish yoki mavjud muammolarga noan’anaviy yechim topishga qaratilgan kreativ g‘oya va startap loyiha mavjud bo‘lsa, ushbu tanlov Siz uchun katta imkoniyat!
🏆 TANLOVDA KIMLAR ISHTIROK ETADI?
Qarshi davlat universitetining bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin.
📌 TANLOV 2 BOSQICHDA O‘TKAZILADI:
🔹 1-bosqich — universitet ichki saralash bosqichi
Universitet miqyosida o‘tkaziladi. Eng yaxshi 3 ta kreativ g‘oya respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oladi.
🔹 2-bosqich — respublika bosqichi
Vazirlik darajasida shaffof va ochiq tarzda tashkil etiladi.
📃 O‘TKAZILISH MUDDATI:
Har yili oktabr–yanvar oylarida.
💰 300 MILLION SO‘MLIK MUKOFOT JAMG‘ARMASI!
🥇 1-o‘rin — 1 ta g‘oya: 100 million so‘m
🥈 2-o‘rin — 2 ta g‘oya: 50 million so‘mdan
🥉 3-o‘rin — 4 ta g‘oya: 25 million so‘mdan
Pul mukofotlari g‘oliblarning shaxsiy bank kartalariga bir martalik mukofot sifatida o‘tkazib beriladi. Shuningdek, respublika bosqichi g‘oliblari xalqaro startap bozorlariga chiqishga tayyorlash maqsadida venchur fondlar, investorlar va akseleratorlarga biriktiriladi.
💡 G‘oyangizni bugundan boshlab loyihaga aylantiring!
Murojaat uchun:
+99890 866 77 68
Bizni kuzating
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt