Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

SSV matbuot kotibi

⏳ На проверке
@ssvmatbuotkotibi
Вступить в канал
118199подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
15.10.2026добавлен
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanali Twitter: twitter.com/furqatsanayev Facebook: facebook.com/furkatsanaev Instagram: instagram.com/furkat_sanayev Vazirlik telegram kanali - @ssvuz
📰 Новости и медиа🌐 Шведский📍 Международный🔓 Публичный

Последние публикации

🎬Видео
#Muloqot 🔴 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ❗️ SSV: O‘zbekistonlik neyroxirurglar Yaponiyaning yetakchi klinikalarida malaka oshiradi   Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Yaponiya – O‘zbekiston “Ipak yo‘li” jamg‘armasining (JUSRF) sog‘liqni saqlash bo‘yicha qo‘mitasi raisi Kenichi Matsumoto bilan uchrashdi. Muloqotda ikki davlat o‘rtasida tibbiyot, tibbiy ta’lim va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokida amalga oshirilayotgan “Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish” loyihasiga alohida e’tibor qaratildi.   Maʼlumot uchun, umumiy qiymati 150 million AQSH dollariga teng ushbu loyiha 2025–2032-yillarga mo‘ljallangan. Uning doirasida Nevrologiya va neyroreabilitatsiya milliy tibbiyot markazini qurish va jihozlash, Samarqand va Buxoro tibbiyot oliygohlari klinikalarini uskunalar bilan ta’minlash, shuningdek, mutaxassislarni o‘qitish ko‘zda tutilgan. — Shifokorlarimizni neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya bo‘yicha Yaponiyaning yetakchi klinikalarida o‘qitish, o‘rta tibbiyot xodimlari uchun qo‘shma ta’lim va stajirovka dasturlarini tashkil etishdan manfaatdormiz. Bunda ilg‘or texnologiyalar, amaliy ko‘nikmalar va bemorlarni parvarishlash usullarini o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratamiz. Tegishli muassasalar bilan bevosita aloqalar o‘rnatishda Jamg‘armaning ko‘magiga ishonamiz, — dedi Eldor Adilov. Shuningdek, farmatsevtika sohasidagi hamkorlik masalasiga ham diqqat qaratildi. Bu borada Yaponiya vakolatli organlari ro‘yxatga olgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni belgilangan talablar asosida tan olish tartibi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyiha va tashabbuslarni izchil davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
🎬Видео
#Elektron_retsept 🔴❤️❤️🩵💜🩵❤️🩷 🖥 Bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, dori vositalari muomalasida shaffoflikni ta’minlash va aholiga qulay xizmat ko‘rsatish muhim vazifalardan biridir. Shu yo‘nalishdagi muhim yangiliklardan biri — “Elektron retsept” tizimining joriy etilishidir. ❓Xo‘sh, bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan brifingda "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi mutaxassisi Dilnoza Kamolova shu xususda batafsil ma’lumot berdi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🎬Видео
#No_comment 🟡 ❤️❤️❤️ 🔵 Poytaxtimizdagi "IT Park"da aholiga narkologiya va psixiatriya xizmatini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha dastur loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 📌 Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbariyati, JSST, UNODC, UNICEF va CADAP 8 kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
🖼Фото
#Subsidiya 🟡 🟦🟦🟦 ❗️SSV: Tibbiyot xodimlari farzandlari toʻlov-kontrakti uchun qariyb 28 milliard soʻm toʻlab berildi 📌 Prezidentimizning 2025-yil 9-noyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida joriy yil 12-iyunda Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlangan edi. 🗂 Nizomga muvofiq, davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. 💳 Bunda qoplanadigan mablag‘ bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmasligi lozim. 📊 2026-yil 14-oktabr holatiga koʻra, ushbu hujjat asosida 20 ming 846 ta ariza qabul qilingan. 6311 nafar talabaning kontrakti uchun 27 milliard 200 million so‘m to‘lab berildi, yana 4848 nafar talabaning to‘lovi uchun 19 milliard 200 million so‘m ajratish jarayoni davom etmoqda. Qolgan 9687 ta ariza ko‘rib chiqilyapti. ‼️ Eslatib oʻtamiz, amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha xabarnoma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizachining shaxsiy kabinetiga yuboriladi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
🎬Видео
#Tavsiya 🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ❓ Bolalarga isitma tushiruvchi dorilarni qachon berish kerak? ❓ Bu borada ota-onalar qanday xatolarga yo‘l qo‘yadi? ❓ Shamollashda ko‘p suyuqlik ichish nima uchun muhim? 👩‍⚕️ Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlari — Umida Norxo‘jayeva va Zulayho Fayziyeva batafsil javob berdi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Профиль

Продвижение