25 марта 2026 г. 12:13
🖼Фото
🏃♂️ Sog‘lom hayot – yorqin kelajak garovi!
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz, biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida Guliston shahar Istirohat bog‘ida ommaviy yugurish marafoni yuqori saviyada tashkil etildi.
Erta tongdan boshlangan ushbu sport tadbirida 500 nafarga yaqin umumta’lim maktabi o‘quvchilari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. Marafon davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli illatlarga qarshi kurashish va jismoniy faollikni oshirish g‘oyalarini keng yoydilar.
🏆 G‘oliblari bilan tanishing:
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida (yigitlar):
🥇Odil Sanginov
🥈Og‘abek Olimjonov
🥉Behruz Husanov
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida (qizlar):
🥇Ruxshona Rayimqulova
🥈Shaxruza Abdujalilova
🥉Zebuzar Tog‘ayeva
Talabalar o‘rtasida (yigitlar):
🥇Mirjalol Mirzaqulov
🥈Yunus Bekmurodov
🥉Jamshid Mamayev
Talabalar o‘rtasida (qizlar):
🥇Xilola Ortiqboyeva
🥈Saida Tog‘ayeva
🥉Mashxura G‘aniyeva
🎁 G‘olib tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
3 октября 2025 г. 17:22
🎬Видео
#Brifing
⚡️ Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Anvar Tuychiyev ishtirokida brifing.
Mavzu: Sirdaryo viloyatida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan.
🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🔹 Telegram 🔹 Facebook 🔹 Instagram 🔹 Youtube 🔹 Telegram
29 августа 2025 г. 12:04
🖼Фото
😀 Sirdaryoda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining stirbol turi bo‘yicha hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Guliston shahar olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 4-TIP sport majmuasida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining stritbol turi bo‘yicha hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘tkazilgan saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘z mahoratlarini namoyish etishib, g'oliblik uchun kurash olib bormoqdalar.
Bizdan uzoqlashmang, bizni kuzatishda davom eting...
🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
24 марта 2025 г. 17:20
7-17 yoshdagi o‘quvchilardan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, hamda Mudofaa vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasini sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori (2025-yil 14-martdagi) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko‘ra, O‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
✔️ 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab har yili aprel-may oylarida 1–10-sinflar bo‘yicha o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida yosh guruhlari kesimida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari tashkil etiladi.
✔️ sport sinovlarini tashkil etish uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi 33 722 nafar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, 10 056 nafar CHQBT fani o‘qituvchilari hamda sport maktablaridagi 1 888 nafar trener-seleksionerlar mas’ul etib belgilandi.
✔️ sport sinovlari ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlar (elektron ro‘yxatdan o‘tish, ishtirokchilarning natijalari va tahlili hamda elektron sertifikat berish tizimi) “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali yuritiladi.
✔️ 7-17 yoshdagi o‘quvchilardan tezlik va kuchlanish imkoniyatlari, harakatlarni muvofiqlash va egallangan amaliy ko‘nikmalarga qaratilgan ixtiyoriy talablar bo‘yicha sport sinovlari qabul qilinadi.
✔️254 ta sport maktablarida 13-17 yoshdagi o‘quvchilarning chidamlilik, kuch, egiluvchanlik, tezlik va chaqqonlik imkoniyatlari maxsus talablar bo‘yicha sport sinovlarida aniqlanadi.
✔️sport sinovlari g‘olib va sovrindorlari 20-24 may kunlari barcha tuman (shahar)larda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni va Sport vazirligining esdalik sovg‘alari bilan tantanali tarzda taqdirlanadi.
@sportsinovlari_uz
24 марта 2025 г. 10:23
🖼Фото
Avval xabar berganimizdek Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirgan sport maktabida Sportning #gandbol turi bo‘yicha U18 yigitlar o‘rtasida Sirdaryo viloyati kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi
🟡 Keskin va murosasiz kechgan bahsda natijalar quyidagicha
🥇 Guliston tumani jamoasi
🥈 Mirzaobod tumani jamoasi
🥉 Sirdaryo tumani jamoasiga nasib etdi.
🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.
🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🔹 Telegram 🔹 Telegram 🔹 Facebook 🔹 Instagram 🔹 Youtube