14 октября 2026 г. 10:16
🎬Видео
#15_oktabr
Soliq tölovlarini Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshiring❗️
✔️OXIRGI MUDDAT 15-OKTABR
Тelegram | Facebook|Instagram
14 октября 2026 г. 8:31
🎬Видео
#matbuot_anjumani
Yoshlar uchun soliq imtiyozlari
Yoshlarning tadbirkorlikka kirib kelishi va mehnat faoliyatini boshlashini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amaldagi soliq qonunchiligida qator imtiyozlar belgilangan.
✔️Jumladan, chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona xizmatlari, yo‘lovchi va yuk tashish, transport vositalari, kompyuter va maishiy texnikani ta’mirlash, agrar, veterinariya hamda ko‘ngilochar xizmatlar sohalarida sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga nisbatan ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lash imkoniyati mavjud. Buning uchun xodimning oylik ish haqi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining kamida 2,5 baravari miqdorida hisoblanishi, shuningdek, imtiyoz nazarda tutilgan faoliyat turlaridan olingan daromadlar ulushi kamida 60 foizni tashkil etishi lozim.
Mazkur imtiyoz 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
✔️Shuningdek, 2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-sentabrga qadar maktablar, kollejlar va texnikumlarda tahsil olayotgan, 30 yoshdan oshmagan o‘quvchilarning tadbirkorlik subyektlarida kasb o‘rganish jarayonidagi mehnat daromadlariga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda ijtimoiy soliqning 1 foizlik stavkasi qo‘llaniladi.
✔️Magistral avtomobil yo‘llari bo‘yida ko‘chma savdo faoliyatini tashkil etgan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar esa faoliyat boshlanganidan dastlabki olti oy davomida tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.
Ushbu imtiyoz 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
✔️Bundan tashqari, professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari hamda talabalarining ta’lim tashkilotlari hududida pullik o‘quv kurslari, sport to‘garaklari va boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olgan daromadlari jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
14 октября 2026 г. 4:39
🎬Видео
#imtiyoz
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohasi uchun soliq imtiyozlari
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
14 октября 2026 г. 4:25
🖼Фото
Jondor tumanida yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi
Jondor tumanida tuman hokimligi, tegishli tashkilotlar hamda soliq inspeksiyasi rahbarlari hamkorligida bitiruvchilar va ishsiz yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish va mavjud muammolarga yechim topish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning kasbiy qiziqishlari, ishga joylashish istaklari hamda hududdagi mavjud mehnat imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Ayniqsa, «Bir nafar yosh — bir nafar ish beruvchi» tamoyili asosida har bir yoshni munosib ish o‘rni bilan ta’minlash, ularning ish beruvchi korxonalar bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish va bandlik masalalariga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishga qaratildi.
Тelegram | Facebook|Instagram
14 октября 2026 г. 4:05
🎬Видео
#mulk_soligi #yer_soligi
Buxorolik taniqli xonanda Jambul Muhammedov yurtdoshlarimizni mol-mulk va yer soliqlarini belgilangan muddatlardan kechiktirmasdan to‘lashga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, egaligida mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘lab qo‘yishi shart.
Mol mulk va yer soliqlarini 📲 Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash juda oson.
15-oktabr mol-mulk va yer soliqlarini to'lashning oxirgi kuni.
Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube