Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

Sirdaryo sporti | Rasmiy kanal

@sirdaryosport
Вступить в канал
4574подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
11.09.2026добавлен
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz
⚽ Спорт🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
Prezident Olimpiadasi dasturidagi sport turlari soni 35 taga yetkaziladi. Yosh toifasi ham kengaytirilib, musobaqa 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladi. Har yili olimpiada g‘oliblaridan 50 nafari xorijdagi xalqaro yig‘inlarga yuboriladi. Kelasi yildan g‘oliblarga bir yillik stipendiya berish boshlanadi. O‘z yo‘nalishida eng yaxshi natijaga erishgan sport maktabi zarur jihozlar bilan ta’minlanadi. Poytaxtdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olimpiya shaharchasiga ko‘chiriladi. Shu orqali yosh sportchilar chempionlarimiz tarixi va yutuqlari bilan yaqindan tanishib, yangi g‘alabalarga intiladi. Prezidentimiz yoshlarni ochilayotgan imkoniyatlarni tinimsiz izlanish, qat’iy intizom va bilim bilan natijaga aylantirishga chaqirdi: “Musobaqa maydonida munosib raqib, hayotda esa yaxshi do‘st bo‘ling”. Shundan so‘ng 2026-yilgi Prezident Olimpiadasini ochiq deb e’lon qildi. – Olg‘a, Yangi O‘zbekiston! Olg‘a, O‘zbekiston yoshlari! Olg‘a, o‘zbek xalqi! – dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida. Facebook|Instagram|X
🖼Фото
Prezidentimiz yosh sportchilarga murojaat qilib, chempionlikka kuchli iroda va temir intizom orqali erishilishini ta’kidladi. Ilgari surilayotgan “O‘z” g‘oyasining mazmun-mohiyati ham shunda ekanini qayd etdi. – O‘zingga ishon! O‘z ustingda ishla! O‘z yurtingga munosib bo‘l! – dedi Prezidentimiz. Xalqaro maydonda mamlakatimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangraganda butun xalqimiz sportchilarimiz bilan faxrlanishini ta’kidladi. Yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida kelasi yildan Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi. Birinchi o‘rin sohiblariga 25 million, ikkinchi o‘rin uchun 12 million, uchinchi o‘rin uchun 6 million so‘m beriladi. Shuningdek, olimpiadada g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvchilari oliygohlarning sport yo‘nalishlariga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi. Facebook|Instagram|X
🖼Фото
Prezidentimiz musobaqa mezboni – Nagoya meri Ichiro Xirosava sportchilarimizning halol kurashi, raqiblarga hurmati, maydon tashqarisidagi odobi va namunaviy xulqini alohida e’tirof qilganini qayd etdi. Bu baho xalqimizga xos fazilatlarning xalqaro maydonda ham namoyon bo‘layotganini ko‘rsatadi. Davlatimiz rahbari farzandlarining orzusiga ishonib, doimo yonida turgan ota-onalarga minnatdorlik bildirdi. – Yangi O‘zbekiston dunyoning nufuzli musobaqalari o‘tkaziladigan xalqaro sport markaziga aylanib bormoqda, – dedi mamlakatimiz yetakchisi. So‘nggi to‘rt yilda yurtimizda jahon va Osiyo miqyosidagi 20 ga yaqin yirik musobaqa tashkil etildi. Kelgusi yil sentabr-oktabr oylarida mamlakatimiz Ozarbayjon bilan birga ilk bor 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Prezidentimiz bunday musobaqalarni o‘tkazish katta sharaf va mas’uliyat ekanini ta’kidladi. Ular yosh sportchilarimizga dunyoning eng kuchli raqiblari bilan bellashish va o‘z oldiga yanada yuksak maqsadlar qo‘yish imkonini beradi. Facebook|Instagram|X
🖼Фото
– Bugun parasportchi o‘g‘il-qizlarimizning matonati va jasoratini ham alohida e’tirof etmoqchiman, – dedi Prezidentimiz. Yaqinda yakunlangan Paraosiyo o‘yinlarida ular 45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza – jami 145 ta medal bilan umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Pauerliftingchi Ro‘za Qo‘ziyeva oltin medal bilan birga jahon rekordini ham o‘rnatdi. Lolaxon Qodirova suzishda, Madina Muxtorova va Karomat Omonova yadro uloqtirishda, Shahina Yigitaliyeva nayza uloqtirishda, Navro‘za Ahmadova esa disk uloqtirishda Osiyo rekordlarini yangiladi. Yegor Bolotov to‘rtta, Xurshid Qodirov uchta oltin medal qo‘lga kiritdi. Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bo‘yicha Paraosiyo o‘yinlari rekordini yangilab, ikkinchi marta Osiyoda tengsiz ekanini namoyon etdi. Asila Mirzayorova Osiyo paralimpiya qo‘mitasining 2026-2030-yillar uchun sportchilar qo‘mitasi a’zosi etib saylandi. Prezidentimiz buni o‘zbek sportiga xalqaro e’tirof namunasi sifatida baholadi. Facebook|Instagram|X
🖼Фото
Yaponiyada o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza – jami 70 ta medal bilan umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi. Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda 197 kilogramm natija qayd etib, jahon rekordini yangiladi. Bokschi Abdumalik Halokov, yengil atletikachi Sharifa Davronova ikki karra, badiiy gimnastikachi Taxmina Ikromova esa uch karra chempion bo‘ldi. Dzyudochi Muzaffar To‘raboyev finalda musobaqa mezboni vakilini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘tkir Jo‘rayev sport gimnastikasining dastakli ot mashqida yurtimizning Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalini olib keldi. Prezidentimiz bunday natijalar har qanday marraga erishish mumkinligiga ishonch uyg‘otishini qayd etdi. Facebook|Instagram|X

Профиль

Продвижение