Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi

⏳ На проверке
@sirdaryommtb
Вступить в канал
10069подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
15.10.2026добавлен
🇺🇿 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi • Murojaat yo'llash uchun: @Sirdaryo_MMTB_bot
📰 Новости и медиа🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
SIRDARYODA ASOSIY FAN OLIMPIADASINING TUMAN-SHAHAR BOSQICHI BOSHLANADI ✅Bugun, 15-oktyabr kuni Sirdaryo viloyatida asosiy fan olimpiadasining ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi geografiya fanidan boshlanadi. 📊 Mazkur bosqichda viloyat bo‘yicha 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilaridan jami 1 119 nafar yosh bilimdon ishtirok etishi rejalashtirilgan. Olimpiada o‘quvchilarning bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni keyingi bosqichlarga saralashda muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha ishtirokchilarga omad va yuqori natijalar tilaymiz!
🖼Фото
⏳ASOSIY OLIMPIADAGA 12 SOAT QOLDI! ⏰Mamlakatimizning eng iqtidorli yoshlari intiqlik bilan kutayotgan Asosiy olimpiadaning II (ikkinchi) — tuman (shahar) bosqichi boshlanishiga 12 soat qoldi. ✅ Ertaga ishtirokchilar belgilangan fanlar bo‘yicha o‘z bilim va tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazadilar. ➡️ OLIMPIADA YO‘RIQNOMASI 🗓 Olimpiada fanlar kesimida ushbu jadval asosida belgilangan sanalarda o‘tkaziladi. 📢 Olimpiada haqida batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. Olimpiada manzillari ⬅️ 📍Ishtirokchilar olimpiada o‘tkaziladigan manzilga 1 soat avval borishlari so‘raladi. Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz! #AsosiyOlimpiada BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN! ⚡️ 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzatib boring: ✅Veb-sayt ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook 🔹 YouTube 🔹 Linkedin
🖼Фото
O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🖼Фото
O‘QUVCHILAR VA TARBIYALANUVCHILAR XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA 🔹 Shirin shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom hamda xavfsiz ta’lim-tarbiya muhitini yaratish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Shirin shahar prokurori Sh. Suyunov, shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A. Boyqulov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat sho‘basi bosh mutaxassisi R. Kulmatov ishtirok etdi. Xavfsizlik — faqat nazorat emas, balki umumiy mas’uliyat! Muhokamalar davomida ta’lim tashkilotlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda muassasalarda belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ⚖️ Huquqiy nigilizmga qarshi huquqiy madaniyat Uchrashuvda huquqiy nigilizm — qonun va huquqiy normalarga mensimay munosabatda bo‘lish, qonun talablarini tan olmaslik yoki ularga rioya etishni ikkinchi darajali deb bilish kabi holatlarning oldini olish muhimligi ham ta’kidlandi. Ayniqsa, yoshlar ongida qonunga hurmat, o‘z huquq va majburiyatlarini anglash, belgilangan qoidalarga ongli ravishda rioya qilish hamda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish zarurligi qayd etildi. ⚠️ Shuningdek, ta’lim tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish, ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, bolalar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish va ehtimoliy xavf-xatarlarning oldini olish yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi. Zero, qonunga hurmat oiladan boshlanib, ta’lim muassasasida mustahkamlanadi. Bolalar xavfsizligini ta’minlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish — barcha mas’ul tashkilotlar va ota-onalarning muhim vazifasidir. #XavfsizTa’lim #HuquqiyMadaniyat #HuquqiyNigilizm #ShirinShahar Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Facebook 🔹YouTube 🔹Instagram
🖼Фото
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi. Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi. Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart. — Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах. Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений. Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет. Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.

Профиль

Продвижение