5 октября 2026 г. 19:34
🖼Фото
#30_ishtirokchi
#sirdaryoda_kitobxonlik
📚 “MEN TAVSIYA QILAMAN, CHUNKI…”
📖 “Qalblardan so‘rang”
✍️ Abdulqodir Samarqandiy
Men tavsiya qilaman, chunki kitob insonni hayotning kundalik shovqin-suronlaridan biroz uzoqlashishga, ichki dunyosiga va qalbining ovoziga quloq solishga chorlaydi. Muallif ko‘ngilni “Yaratganning nazargohi” sifatida tasvirlaydi. Asarda turli mo‘tabar manbalardan eng go‘zal hikmatlar va ibratli rivoyatlar saralanib, ularga go‘zal xulosalar berilgan. Asar islomiy qadriyatlar va ma’naviy ozuqa asosida yozilgan bo‘lib, o‘quvchiga o‘z-o‘zini isloh qilish, ruhiy holatini mustahkamlash va hayotiy muammolarga to‘g‘ri nuqtayi nazardan qarashda yo‘l-yo‘riq beradi. Kitobdagi hikoyalar va jumlalar juda sodda, ammo yurakka chuqur kirib boradigan darajada samimiy yozilgan.
👤 Hasanova Mohinur
🎓 Guliston davlat universiteti, Ishlab chiqarish fakulteti, Biotexnologiya yo‘nalishi, 1-kurs
5 октября 2026 г. 17:00
🖼Фото
#29_ishtirokchi
#sirdaryoda_kitobxonlik
📚 “MEN TAVSIYA QILAMAN, CHUNKI…”
📖 “Mehrobdan chayon”
✍️ Abdulla Qodiriy
Men tavsiya qilaman, chunki bu asar insonni adolat, vijdon, muhabbat va hayotiy haqiqatlar haqida chuqur o‘ylashga undaydi. Unda insoniy fazilatlar, jamiyatdagi nohaqliklar va samimiy tuyg‘ular mahorat bilan tasvirlangan. Har bir kitob insonning fikrlash doirasini kengaytiradi. “Mehrobdan chayon” esa tariximizni yaxshiroq anglashga, yaxshilik va yomonlikni farqlashga yordam beradigan asarlardan biridir. Men ushbu asarni barcha kitobsevarlarga tavsiya qilaman.
👤 Karimov Lazizbek
🎓 Guliston davlat universiteti, Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti
5 октября 2026 г. 16:54
🖼Фото
#28_ishtirokchi
#sirdaryoda_kitobxonlik
📚 “MEN TAVSIYA QILAMAN, CHUNKI…”
📖 “Yusufning qizi”
✍️ Josim al-Umron
Men tavsiya qilaman, chunki bu asar oddiygina o‘qib chiqiladigan kitob emas, balki insonni o‘ylantiradigan, qalbiga ta’sir qiladigan va hayotga boshqacha nazar bilan qarashga undaydigan asarlardan biridir. Kitobning eng yaxshi jihatlaridan biri — undagi insoniy tuyg‘ularning samimiy ifodalanganidir. Asarni o‘qish davomida qahramonlarning his-tuyg‘ulari, hayotdagi qarorlari, quvonchlari va qiyinchiliklari o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Ba’zi joylarida qahramonlarning holatini o‘zingizga yaqin his qilishingiz, ularning kechinmalari haqida uzoq o‘ylab qolishingiz mumkin. Bu kitobni ayniqsa sabr, mehr, sadoqat, oilaviy qadriyatlar va insoniylik haqida chuqurroq o‘ylashni istagan insonlarga tavsiya qilaman.
👤 Baxromova Marjona Burxonjon qizi
🎓 Guliston davlat universiteti, San’atshunoslik fakulteti, 1-bosqich
5 октября 2026 г. 16:54
🖼Фото
#27_ishtirokchi
#sirdaryoda_kitobxonlik
📚 “MEN TAVSIYA QILAMAN, CHUNKI…”
📖 “Dunyoning ishlari”
✍️ O‘tkir Hoshimov
Men tavsiya qilaman, chunki bu asar inson uchun eng aziz tuyg‘ular — mehr, ona muhabbati, sog‘inch va qadriyatlarni yurakka yetib boradigan tarzda tasvirlaydi. Asarni o‘qir ekanman, onaning farzandi uchun qilgan har bir yaxshiligi, aytgan har bir nasihati va bergan mehrining asl qadrini yanada chuqurroq his qildim. Kitob menga ba’zan biz oddiy deb o‘ylaydigan mehr va e’tibor aslida hayotimizdagi eng katta boylik ekanini anglatdi. “Dunyoning ishlari” menga yaqin insonlarimizning qadriga ular yonimizdaligida yetish, mehrni kechiktirmaslik kerakligini o‘rgatdi. Shu sababli bu kitobni shunchaki o‘qish uchun emas, qalb bilan his qilish, hayot haqida o‘ylash va yaqinlarimizning qadriga yetishni o‘rganish uchun tavsiya qilaman.
👤 Yõldoshev Lazizbek Yusufbek o‘g‘li
🎓 Guliston davlat universiteti, Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti, 1-bosqich
5 октября 2026 г. 16:52
🖼Фото
#26_ishtirokchi
#sirdaryoda_kitobxonlik
📚 “MEN TAVSIYA QILAMAN, CHUNKI…”
📖 “Odam bo‘lish qiyin”
✍️ O‘lmas Umarbekov
Men tavsiya qilaman, chunki bu kitob yoshlar hayoti, muhabbat va insoniy tanlovlar haqida. Asardagi bosh qahramonlar munosabatlari orqali hayotdagi murakkab vaziyatlar tasvirlanadi. Abdulla o‘z xatolari va qarorlari sabab qiyin sinovlarga duch keladi. Asarda muhabbat, vijdon, mas’uliyat va xiyonat kabi mavzular yoritilgan. Muallif inson bo‘lish faqat yaxshi niyat emas, balki to‘g‘ri qaror va mas’uliyatli harakat talab qilishini ko‘rsatadi.
👤 Alimbekova Madinabonu
🎓 Guliston davlat universiteti, Filologiya fakulteti, 1-kurs