Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Sarhad.uz

⏳ На проверке
@sarhad_uz
Вступить в канал
26216подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
15.10.2026добавлен
🇺🇿ДХХ Чегара қўшинлари расмий канали 👉youtube.com/@sarhad_24 👉instagram.com/sarhad24_uz/
📰 Новости и медиа🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
📝 O‘zbek tilim, jonu dilim. 📌 Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida Shahrisabz tumani xokimligi bilan xamkorlikda muddatli harbiy xizmatchi shuningdek ishchi va xizmatchilar o‘rtasida 21 oktabr “O‘zbek tili” bayrami munosabati bilan, “O‘zbek tilim, jonu dilim” shiori ostida umummilliy diktantlar tanlovi o‘tkazildi. ✨ Takidlash joizki, ushbu tanlovning sinov diktanti tilimizdagi eng murakkab so‘zlari asosida yozilgan bo‘lib, g‘olib va sovrindorlar 21 oktabr “O‘zbek tili” bayrami munosabti bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirida munosib taqdirlanadilar. Bizni barcha tarmoqlarda kuzating 👇 ✈️ Telegram | 📸 Instagram | 📹 YouTube
🖼Фото
🧭 “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseyi faoliyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 📌Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi 29-sonli maktabda o‘quvchilari ishtirokida “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseyi faoliyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 🔵 Muloqot davomida o‘quvchilarga ushbu Surxondaryo viloyatida joylashgan “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseyidagi ta’lim jarayoni, yaratilgan imkoniyatlar, o‘quvchilarning erishayotgan yutuqlari hamda kelgusida harbiy ta’limni davom ettirish istiqbollari haqida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi. ✅Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Bizni barcha tarmoqlarda kuzating 👇 ✈️ Telegram | 📸 Instagram | 📹 YouTube
🎬Видео
🥇 Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi Sarmich qishlog‘i yoshlari “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasida ikki karra g‘olib bo‘lgan. 🔵 Ammo bu muvaffaqiyat ortida faqat ishtirokchilarning mehnati emas, balki ustozlar fidoyiligi va Sarmich mahallasining ahilligi mujassam. Sarmichda yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga yaratilgan muhit — e’tirofga loyiq tajriba. 🎞 Sarmich: g‘alaba ortidagi muhit haqida maxsus reportaj. Bizni barcha tarmoqlarda kuzating 👇 ✈️ Telegram | 📸 Instagram | 📹 YouTube
🎬Видео
🔥 Afg‘onistondan olib kelingan 48,5 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi  ❗️ Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, ularni mamlakat hududiga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilishining oldini olish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Bojxona qo‘mitasi harbiy xizmatchilari say’-harakati bilan katta miqdordagi narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi. Xususan, Afg‘oniston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan, Termiz tumanida yashovchi, 1985 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtomashinasi “Ayritom” chegara bojxona postida chuqurlashtirilgan tarzda tekshiruvdan o‘tkazildi. ⚠️ Tekshiruv jarayonida avtomashina tirkamasining pol qismi ostiga jami 98 dona o‘ramda 39 kg 86 gr “gashish” va 9 kg 498 gr “opiy” moddalari yashirib qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. 🔥 Ta’kidlash lozim, narkosavdogarlar giyohvandlik vositalari fosh bo‘lmasligi uchun ularni dastlab polietilen paketga solib, so‘ngra folga qog‘ozi bilan, keyin esa skotch bilan o‘rashgan. Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu narkotik moddalarning buyurtmachilarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
🖼Фото
🧭 Bir askar bir hunar. 📌 Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida xizmat burchini o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilar bilan kasbiy ta’lim yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar izchil davom ettirilmoqda. 🤔 Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilar avtomobillarning texnik holatini tekshirish, ularga profilaktik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini belgilangan texnologik talablar asosida bajarish, maxsus asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanish hamda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallamoqdalar. 📙 Ta’lim jarayonida nazariy bilimlarning amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirilayotgani harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Bu esa ularning xizmat vazifalarini sifatli va mas’uliyat bilan bajarishi, kelgusida esa o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bizni barcha tarmoqlarda kuzating 👇 ✈️ Telegram | 📸 Instagram | 📹 YouTube

Профиль

Продвижение