19 ноября 2026 г. 5:41
🖼Фото
•🎓• TALABALAR FIKRI — BIZ UCHUN MUHIM!
🎓Universitet hayotini yanada qulay, samarali va talabalarga mos qilish uchun sizning fikringiz muhim.
Sizni qiziqtirayotgan masalalar, duch kelayotgan muammolar, taklif va istaklaringizni yaxshiroq o‘rganish maqsadida talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
✏️So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring!
🖥So‘rovnomada ishtirok etish…
➡️Sizning fikringiz — o‘zgarishlar uchun muhim qadam.
📌На русском…
📌In English…
📱Telegram| 📱Instagram
📱Facebook| 📱YouTube
19 ноября 2026 г. 5:34
🖼Фото
•📢• MUHIM E’LON!
⚠️Guruhdagi texnik nosozlik sabab ayrim a’zolar guruhdan chiqib ketgan.
🔗Agar siz ham guruhdan chiqib ketgan bo‘lsangiz, qaytadan guruhga qo‘shiling!
➡️Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. Tushunganingiz uchun rahmat!
📌На русском…
📌In English…
📱Telegram| 📱Instagram
📱Facebook| 📱YouTube
18 ноября 2026 г. 15:10
🎬Видео
•🎬• MEDIA SCHOOL 2.0 — NAVBAT SIZNING IJODINGIZGA!
📸G‘oyalar, kamera, kreativlik va cheksiz imkoniyatlar!
➡️Kontent yaratishni shunchaki tomosha qilishdan charchadingizmi? Unda kamera ortiga o‘tish, o‘z uslubingizni topish va g‘oyalaringizni reallikka aylantirish vaqti keldi!
🧑💻Chunki keyingi kreativ loyiha muallifi aynan SIZ bo‘lishingiz mumkin!
⏳RO‘YXATDAN O‘TISH UCHUN ATIGI 4 KUN QOLDI!
🔗Shoshiling va ishtirokchilar uchun maxsus Telegram guruhiga qo‘shilishni unutmang!
📌На русском…
📌In English…
📱Telegram| 📱Instagram
📱Facebook| 📱YouTube
17 ноября 2026 г. 14:59
🖼Фото
•🎓• MASTER-KLASS: YEVROPAGA ALMASHINUV DASTURIGA QANDAY BORISH MUMKIN?
🌐Chet elda o‘qishni orzu qilasizmi, lekin qaerdan boshlashni bilmaysizmi?
Yevropada almashinuv dasturlarida ishtirok etgan TDYU talabalari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi va bu jarayon aslida qanday kechishini ochiq-oydin aytib berishadi.
🧾Master-klassda siz bilib olasiz:
✅ almashinuv dasturi va universitetni qanday tanlash kerak;
✅ qanday hujjatlar talab qilinadi va ularni to‘g‘ri tayyorlash;
✅ viza uchun qanday topshirish va qanday xatolardan saqlanish;
✅ spikerlar qanday qiyinchiliklarga duch kelgani va ularni qanday hal qilgani;
✅chet elda o‘qish va yashash jarayoni qanday kechishi.
🎙Spikerlar sizning savollaringizga javob berishadi va almashinuv dasturidagi shaxsiy tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.
📆Sana: 20-noyabr
⏰Vaqt: 16:00
🖥Ro‘yxatdan o‘tish…
➡️O‘zingiz keling va do‘stlaringizni ham taklif qiling. Balki aynan shu master-klass Yevropadagi ta’lim sari qo‘yadigan birinchi qadamingiz bo‘lar!
📌На русском…
📌In English…
📱Telegram| 📱Instagram
📱Facebook| 📱YouTube
17 ноября 2026 г. 9:05
🎬Видео
•❄️• WINTER BALL — KECHALAR ICHRA ENG UNUTILMASI!
Ba’zi lahzalar shunchaki yashab o‘tiladi, ba’zilari esa uzoq vaqt xotiralarda saqlanib qoladi.
☃️Qishning o‘zgacha muhiti, nafis liboslar, sehrli musiqa, raqs va samimiy uchrashuvlar — bularning barchasi bir oqshomda jamlanadi.
Winter Ball — bu universitet hayotiga yangicha rang beradigan, talabalarni birlashtiradigan va unutilmas taassurotlarga boy lahzalarni taqdim etadigan o‘ziga xos tadbir.
🖥Yaqin kunlarda rejalaringiz orasida bitta oqshom uchun alohida joy qoldiring…
🔗Maxsus telegram guruhga qo’shilishni ham unutmang!
📌На русском…
📌In English…
📱Telegram| 📱Instagram
📱Facebook| 📱YouTube