6 октября 2026 г. 9:45
🖼Фото
🟦🟦🟦 🟦🟦
Diniy savollaringizga javob, xavfsizlikka oid ma’lumotlar — bir botda!
☑️ “Mezon” loyihasining “Xavfsiz bot” Telegram boti orqali diniy masalalar bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar olish, taqiqlangan profil va kanallar, shaxs hamda tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.
📌 Botda quyidagi bo‘limlar mavjud:
- Diniy savollarga javob;
- Taqiqlangan profillar, shaxs va tashkilotlar;
- Umra va Haj safarlari bo‘yicha ma’lumotlar;
- Huquqiy va diniy manbalarga havolalar;
- Savol, taklif va murojaat yuborish;
- Admin bilan aloqa.
📲 Kerakli bo‘limni tanlang va savolingizga javob izlang: @dinuzbbot
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram
6 октября 2026 г. 6:06
🖼Фото
#Tayinlov
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor tayinlandi
Professor Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi.
U mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi Kongratbay Avezimbetovichni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan samimiy tabriklab, universitetning ilmiy va ta’lim salohiyatini yuksaltirish, xalqaro hamkorligini kengaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
6 октября 2026 г. 6:06
🖼Фото
Hurmatli Professor Teshabayev To‘lqin Zakirovich!
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi hamda ko‘p ming sonli talaba-yoshlari nomidan Sizning oliygohimiz ravnaqi va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi ko‘p yillik fidoyi, samarali va sermahsul rektorlik faoliyatingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Siz nafaqat tajribali rahbar va bilimli olim, balki o‘zining samimiyligi, ochiqko‘ngilligi hamda har bir talaba-yoshga o‘z farzandidek g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘ladigan mehribon ustoz sifatida barchamizning qalbimizdan chuqur joy oldingiz.
Sizning rahbarligingiz davrida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tub islohotlar va transformatsiya jarayonlari jadal amalga oshirilib, ta’lim tizimi mutlaqo yangi bosqichga olib chiqildi. Xususan, ta’lim sifati, ilmiy-innovatsion faoliyat, xalqaro hamkorlik, infratuzilma hamda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlarida erishilgan salmoqli natijalar universitetimizning nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyo va xalqaro miqyosdagi nufuzini keskin oshirdi.
Ayniqsa, Sizning rahbarligingiz ostida universitet o‘z tarixida ilk bor dunyoning eng nufuzli THE (Times Higher Education) reytingida dunyo bo‘yicha TOP-700 talik oliy ta’lim tashkilotlari qatoridan joy oldi. Shuningdek, Markaziy Osiyoning kuchli 3 talik va mamlakatimizning yetakchi 2 talik oliygohi sifatida e’tirof etildi. QS World University Rankings by Subject 2026 natijalariga ko‘ra, universitetimiz fan sohalari bo‘yicha ham dunyoning eng sara TOP-300 talik oliygohlari safiga kirdi. Universitetning ilmiy salohiyati 70 foizga yaqinlashdi hamda 7 ta ta’lim yo‘nalishi AQSH va Yevropaning nufuzli xalqaro tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishi va munosib yashashi uchun 3 ta zamonaviy talabalar turar joyi, yangi o‘quv binosi va qator zamonaviy imkoniyatlar foydalanishga topshirildi. Sizning rahbarligingiz va fidoyiligingiz ostida erishilgan ushbu yutuqlar universitetimiz tarixiga oltin harflar bilan muhrlanadi.
Fursatdan foydalanib Sizga doimiy sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi ilmiy-pedagogik hamda rahbarlik faoliyatingizda yanada ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Universitetimiz talaba-yoshlari nomidan Sizga chuqur ehtirom va samimiy minnatdorchilik bildiramiz!
🇺🇿TDIU Yoshlar ittifoqi
✅Rasmiy sahifalarimiz
💬Telegram | 📹Instagram |📹YouTube | 📒Facebook
6 октября 2026 г. 5:48
🖼Фото
🏆 “Besh tashabbus olimpiadasi” — fakultet bosqichiga start berildi!
🇺🇿 TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 1-bosqich — fakultet bosqichi start oladi!
Musobaqalar sportning quyidagi turlari bo‘yicha o‘tkaziladi:
🏐 Voleybol
🏓 Stol tennisi
🏀 Stritbol
🏃♂️ Yengil atletika
🗓 Sana: 7-oktabr, chorshanba
⏰ Vaqt: 13:00
📍 Manzil: Yunusobod sport kompleksi
🏀 Fakultetimizning barcha sport ixlosmandlarini musobaqalarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📝 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
🏐 Voleybol — Havola
🏓 Stol tennisi — Havola
🏀 Stritbol — Havola
🏃♂️ Yengil atletika — Havola
Savol va murojaatlar uchun: @Samadbekyodgorov
👨💻Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
✅Telegram | 📱Instagram
6 октября 2026 г. 5:23
🎬Видео
🟦🟦🟦🟦
#TDIU #RIAT #DebateClub #Munozara
Munozara bahsi bo‘lib o‘tdi!
🇺🇿 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti hamda Debate Club hamkorligida talabalar o‘rtasida qiziqarli va mazmunli munozara bahsi tashkil etildi.
🔵 Tadbir davomida talabalar o‘z fikrlarini erkin ifoda etib, turli mavzular yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. Ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlash, nutq madaniyati, dalillash va bahs olib borish ko‘nikmalarini namoyon etdilar.😊
✨ Mazkur munozara talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, mustaqil fikrlash va jamoa oldida o‘z fikrini aniq hamda ishonchli ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.🔼
👨💻Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
✅Telegram | 📱Instagram