3 октября 2026 г. 8:18
🖼Фото
#OAVda_chiqishlar
QUDRATLI DAVLAT USTOZLAR MEHNATI BILAN YARALADI
✍️ Muhiddin POʻLATOV
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori
📰 "Zarafshon" gazetasi, 03.10.2026-yil 86-son
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
1 октября 2026 г. 4:35
🖼Фото
Aziz ustoz va murabbiylar! Qadrli hamkasblar!
Sizlarni, ta’lim va tarbiya yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha ustoz va murabbiylarni, soha faxriylarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Ustozlik — shunchaki kasb emas, balki inson qalbiga ezgulik, bilim va ishonch urug‘ini qadash, yosh avlodning kelajagiga beqiyos hissa qo‘shishdek ulug‘ va sharafli vazifadir.
Bugun biz erishayotgan har bir yutuq, jamiyatimiz taraqqiyotida o‘z o‘rnini topayotgan har bir yosh ortida, albatta, ustozning mashaqqatli mehnati, sabri, bilimi va mehr-muhabbati mujassam. Sizlarning fidoyiligingiz tufayli yoshlarimiz zamonaviy bilimlarni egallab, mustaqil fikrlaydigan, Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oladigan yetuk mutaxassislar bo‘lib voyaga yetmoqda.
Ayniqsa, ta’lim sifatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, yoshlarni zamon talablari asosida tarbiyalash yo‘lida amalga oshirayotgan samarali mehnatingiz tahsinga loyiq.
Qadrli ustozlar!
Sizlarga avvalo mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, qalb hotirjamligi va farovon hayot tilayman. Ilm va ta’lim yo‘lidagi ezgu faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, yangi ilmiy va ijodiy yutuqlar, shogirdlaringiz kamolotidan doimo faxrlanish baxti yor bo‘lsin!
Mehnatingiz hamisha e’zozda, qadringiz baland, obro‘-e’tiboringiz yanada ziyoda bo‘lsin!
Barchangizni kasb bayramingiz — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman!
Hurmat bilan,
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori
Muhiddin Egamberdiyevich Po‘latov
Telegram |Facebook |Instagram |
10 сентября 2026 г. 7:29
🖼Фото
#Harbiy_tayyorgarlik
Harbiy tayyorgarlik oʻquv markazining ustuvor yoʻnalishlari belgilandi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Egamberdiyevich Po‘latov boshchiligida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish avvalida markazga ishga qabul qilingan rahbar xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar institut rahbariyatiga tanishtirildi.
Uchrashuv davomida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini ta’minlash va belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Harbiy tayyorgarlik oʻquv markazining ustuvor vazifalari va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar borasida yo‘nalishlar belgilab olindi. Markaz faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, o‘quv jarayoniga ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
1 сентября 2026 г. 6:15
🖼Фото
AZIZ YURTDOSHLAR, QADRLI HAMKASBLAR VA TALABA-YOSHLAR!
Sizlarni eng ulug‘, eng aziz ayyomimiz — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik milliy o‘zligimiz, erkin va farovon hayotimiz hamda yorug‘ kelajagimiz poydevoridir.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq va xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori
Muhiddin Egamberdiyevich Po‘latov
Telegram | Facebook | Instagram |