Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @sdsearchtestbot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

Аватар QORAKO'L YOSHLARI! (rasmiy kanal)

QORAKO'L YOSHLARI! (rasmiy kanal)

@qorakolyoshlarii
Вступить в канал
363подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
11.09.2026добавлен
YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI QORAKO'L TUMAN BO'LIMI
📰 Новости и медиа🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🎬Видео
⚡️ III Butunjahon parashaxmat olimpiadasiga start berildi! Samarqand viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi III Butunjahon shaxmat olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. ♟Bu yilgi musobaqa mutlaq rekord bilan boshlanmoqda: unda jami 41 ta jamoa va 205 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Bu musobaqa tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bunday nufuzli global tadbirning mamlakatimizda o‘tkazilayotgani yurtimizda inklyuziv sportni qo‘llab-quvvatlash va teng imkoniyatlar yaratishga berilayotgan e'tiborning yorqin isbotidir. Barcha ishtirokchilarga chin dildan omad va yorqin g‘alabalar tilayman! 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook.  🎬 You tube
🖼Фото
📍O‘zbekiston mustaqil sayohatlar uchun dunyodagi eng yaxshi beshta yo‘nalish qatoriga kirdi “Adventures” xalqaro turistik platformasi talqiniga ko‘ra, 2026-yilda yolg‘iz sayohat qilish uchun dunyoning eng yaxshi beshta yo‘nalishi qatoridan o‘rin oldi.   “Solo Travel Index 2026” reytingida mutaxassislar 26 ta mamlakatni band qilish (bron) tendensiyalari, sayyohlarning sharhlari, xavfsizlik darajasi, viza sharoitlari va ovqatlanish narxlari singari ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholadilar. O‘zbekiston Italiya, Yaponiya va Portugaliya kabi davlatlar bilan bir qatordan joy oldi. Mualliflar AQSh fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilganidan keyin amerikalik sayyohlarning qiziqishi ortganini ta’kidlab, mamlakatning afzalliklari qatorida tarixiy meros, rang-barang tabiat va turistik infratuzilmani e’tirof etdilar. Yolg‘iz sayohatchilar uchun Nurota tog‘laridagi piyoda yo‘nalishlar, an’anaviy o‘tovlarda tunab qolish va Qizilqum cho‘li orqali Aydarko‘lga sayohat qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, Buyuk ipak yo‘li tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan Samarqand, Buxoro va boshqa qadimiy shaharlarning madaniy merosi alohida qayd etilgan.   🔴O‘zbekiston sayohat xarajatlarining hamyonbopligi bilan ham ajralib turadi va avvalroq “Condé Nast Traveler” talqini bo‘yicha eng arzon turistik yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritilgan edi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook.  🎬 You tube
🖼Фото
🔴Rossiyadan 10 kunda 96 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarildi 💚Ma’lum qilinishicha, 25-avgustdan 5-sentyabrga qadar olib kelingan fuqarolardan 54 885 nafari to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiyadan, 41 530 nafari esa Qozog‘iston orqali qaytarilgan. Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklardan murojaatlar 24/7 qabul qilinib, huquqiy va mehnat masalalaridan tortib og‘ir vaziyatga tushib qolganlarga ko‘maklashish, ishsiz qolganlarga boshqa ish imkoniyatlarini taklif etish hamda vatanga qaytish istagidagilarga yordam berishgacha bo‘lgan masalalar individual tartibda ko‘rib chiqilmoqda. 10 kun ichida ushbu davlatdagi fuqarolardan 6 413 ta murojaat kelib tushgan. 5,5 mingga yaqin fuqaroga amaliy yordam berilgan. 2681 nafar fuqaroga yuridik yordam berilgan, 726 nafar fuqaroga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilgan, 272 nafar fuqaro ishga joylashishiga ko‘mak berilgan. Shuningdek, bu vaqt davomida 59 nafar fuqaroga moddiy yordam berilgan, 31 nafar fuqaro foydasiga ish haqi qarzdorligi undirilgan, 29 ta boshqa yordamlar ko‘rsatilgan. Rossiyadagi 20 ta yirik ish beruvchi bilan muzokara o‘tkazilib, 2,5 mingtadan ortiq bo‘sh ish o‘rni tashkillashtirilgan. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook.  🎬 You tube
🎬Видео
Internet kabel ichida elektr emas, vorug'lik sifatida harakatlanadi. Ma'lumot yorug'lik impulslariga aylantiriladi: impuls bor - bir, impuls yo'q - nol. Nur shisha tola chegarasidan chiqmay, to 'liq ichki aks etish orgali uzog masofaga harakatlanadi. Oabul ailuvchi qurilma esa yorug'likni yana elektr signaliga avlantiradi. Bir sonivada milliardlab bit - ingichka shisha tolada. Videoni saglang va fizikani ko'rib tushuning. T edu-techbyslt.vercel.app ○ Eaniqedu
🎬Видео
Yoshlar bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa. Bugungi kunda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalari, texnikum va professional ta’lim tashkilotlarini tamomlayotgan bitiruvchilarni bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda har bir yoshning bilim va salohiyati, kasbiy ko‘nikmalari hamda qiziqishlaridan kelib chiqib, munosib ish o‘rniga yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bitiruvchilar bilan individual ishlash, ularning mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashiga ko‘maklashish, bo‘sh ish o‘rinlari va mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash — bandlikni ta’minlashning muhim mexanizmlaridandir. Yuqoridagi firklar isboti o'laroq bugun Qorako’l tumanida yoshlar bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Продвижение