5 октября 2026 г. 14:21
🎬Видео
Yakkabog‘da “O‘zbekiston otlari” ko‘rgazmasi boshlandi
Sohibqiron Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston otlari” ko‘rgazmasi tadbiri doirasida Yakkabog‘ tumanidagi “Qorabayir” otchilik majmuasida noyob va asilzot Qorabayir otlari tomoshabinlarga namoyish etildi.
Mahalliy va xorijiy turistlar Qorabayir otlarining salobati, milliy uloq-ko‘pkari musobaqalari hamda milliy urf-odatlarimizga juda katta qiziqish bildirib, jarayonlarni hayajon bilan kuzatishmoqda.
Milliy qadriyatlarimiz, ot sporti va betakror an’analarimizga boy ushbu tadbirlar davom etmoqda.
Gov.uz| Telegram| YouTube| FB| Instagram| X
5 октября 2026 г. 12:52
🎬Видео
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ishlar davom etmoqda
Prezidentning "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirish va hududlarning yashillik darajasini tubdan oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF–206-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, birgina Shoʻrtan koʻchatchilikka ixtisoslashgan davlat oʻrmon xoʻjaligi misolida keltiradigan bo'lsak hozirda u yerda turli manzarali va mevali daraxt koʻchatlari parvarish qilinmoqda.
Gov.uz| Telegram| YouTube| FB| Instagram| X
5 октября 2026 г. 11:31
🖼Фото
Qashqadaryo viloyatida giyohvandlikka qarshi kurashish ishlari kompleks o‘rganiladi
Joriy yilning 5–10-oktabr kunlari Respublika ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha hududiy komissiya faoliyati kompleks o‘rganiladi.
O‘rganish doirasida hududdagi narkovaziyat, giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mas’ul idora va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi hamda belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilinadi.
Shuningdek, shahar va tumanlardagi holat joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga baho beriladi.
Gov.uz| Telegram| YouTube| FB| Instagram| X
4 октября 2026 г. 10:08
🖼Фото
Қашқадарёлик муҳандислар республика танловида юқори натижалар қайд этди
Батафсил “UzA” мақоласида ўқишингиз мумкин.
Gov.uz| Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
4 октября 2026 г. 6:10
🎬Видео
#Axborot24 | Qashqadaryoda yoshlarni daromadli qilish maqsadida 5 ming yoshga yer, 20 ming nafar yoshga imtiyozli kredit ajratildi
Yaratilgan imkoniyatlar natijasida yoshlar chorvachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanib, yuqori daromad olishni rejalashtirmoqda.
Gov.uz| Telegram|YouTube|FB|Instagram|X