Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

Qashqadaryo sport|Rasmiy kanal

@qashqadaryosport
Вступить в канал
2063подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
11.09.2026добавлен
📲https://instagram.com/viloyatsport?igshid=MGNiNDI5ZTU=
⚽ Спорт🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото · 7 шт.
🤸‍♀️ SPORT — NAFAQAT G‘ALABA, BALKI HAYOTGA TAYYORGARLIK! Gimnastika sport maktabimizda yosh sportchilarni nafaqat sport mahoratiga, balki kundalik hayotda zarur bo‘ladigan muhim bilim va ko‘nikmalarga ham o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 📌 13-oktabr — Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni munosabati bilan maktabimiz sportchilari Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Hayot faoliyati xavfsizligi o‘qitish markazida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida yosh sportchilar tabiiy ofatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda o‘zini va atrofdagilarni himoya qilish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, markazning zamonaviy o‘quv bazasi bilan tanishib, maxsus virtual reallik ko‘zoynaklari yordamida favqulodda vaziyatlarni virtual muhitda kuzatish va ularda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini interaktiv tarzda o‘rgandilar. Biz uchun sportchi tarbiyasi faqat sport zalidagi mashg‘ulotlar bilan cheklanmaydi. Maqsadimiz — jismonan chiniqqan, mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatli va har qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan yosh avlodni tarbiyalashdir. Zero, haqiqiy tarbiya — sportda ham, hayotda ham o‘z samarasini ko‘rsatadi! Qashqadaryo sport | Rasmiy kanal 🌐TG|🌐IN|🌐FB|▶️YT🌐 Sayt
🖼Фото · 3 шт.
#biz_sportchilar_giyohvandlikka_qarshimiz SPORT — SOG‘LOM HAYOT GAROVI! G‘uzor tumani sport maktabida “Biz sportchilar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida ommaviy badantarbiya tadbiri tashkil etildi. Tadbirda sportchilar, yoshlar va sport maktabi tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etib, ertalabki badantarbiya mashqlarini bajardilar. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda giyohvandlik va uning ayanchli oqibatlariga qarshi kurashish borasida tushuncha va targ‘ibotni kuchaytirishdan iborat. Ishtirokchilar sportni hayot tarziga aylantirish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish va sog‘lom kelajakni birgalikda barpo etish muhimligini namoyon etdilar. Zero, sport bor joyda — iroda, matonat va sog‘lom kelajak bor! #Sport #Sog‘lomHayot #GiyohvandlikkaQarshimiz #BizSportchilarGiyohvandlikkaQarshimiz #Guzor #Sog‘lomAvlod Qashqadaryo sport | Rasmiy kanal 🌐TG|🌐IN|🌐FB|▶️YT🌐 Sayt
🖼Фото · 7 шт.
YENGIL ATLETIKA: SPORTCHILARIMIZ 13 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITDI! 🇺🇿 2026-yil 5–8-oktabr kunlari Buxoro viloyatida yengil atletika bo‘yicha U-14 va U-16 yosh toifasidagi o‘smirlar hamda qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Nufuzli musobaqada Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining iqtidorli sportchi-o‘quvchilari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etishdi va jami 13 ta medalni qo‘lga kiritishdi. 🏆 G‘olib va sovrindorlarimiz: 🥇 Boboyev Muqimxon — 2 ta oltin medal; 🥇 Mukarramova Dilnoza — 1 ta oltin medal; 🥈 Ruzikulova Durdona — 2 ta kumush medal; 🥈 Nurillayeva Shaydo — 1 ta kumush medal; 🥈 Ro‘zimuradov Isomiddin — 2 ta kumush medal; 🥈🥉 Abdisattarova Elnura — 2 ta kumush va 1 ta bronza medal; 🥉 Imomiddinov Sherdorbek — 1 ta bronza medal; 🥉 Qosimov Bobirjon — 1 ta bronza medal. 📊 JAMOAMIZNING UMUMIY NATIJASI: 🥇 3 ta oltin medal 🥈 7 ta kumush medal 🥉 3 ta bronza medal 👏 Sportchilarimizning ushbu yutuqlari ortida tinimsiz mehnat, qat’iyat, muntazam mashg‘ulotlar va murabbiylarning fidokorona xizmatlari mujassam. Qashqadaryo sport | Rasmiy kanal 🌐TG|🌐IN|🌐FB|▶️YT🌐 Sayt
🖼Фото · 4 шт.
🏆 O‘ZBEKISTON CHEMPIONATIDAN MUNOSIB NATIJA! Joriy yilning 6–11-oktabr kunlari Toshkent shahrida karate WKF sport turi bo‘yicha kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchi-o‘quvchilari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi: 🥇 1-o‘rin: 3 ta 🥈 2-o‘rin: 7 ta 🥉 3-o‘rin: 10 ta 📊 Jami: 20 ta medal! Yosh sportchilarimizni hamda ularning murabbiylarini ushbu zalvorli muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilaymiz! 👏🔥 #Karate #WKF #OzbChempionati #Qarshi #SportMuvaffaqiyati Qashqadaryo sport | Rasmiy kanal 🌐TG|🌐IN|🌐FB|▶️YT🌐 Sayt
🖼Фото · 2 шт.
🏆 QAMASHILIK YOSH MUAYTAYCHILAR O‘ZBEKISTON KUBOGIDA 13 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITDI! 🥇🥈🥉 7 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza! Joriy yilning 6–11-oktabr kunlari Buxoro viloyatida muaytay sport turi bo‘yicha kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli musobaqada Qamashi tumani 2-son sport maktabi tarbiyalanuvchilari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi. Qamashilik yosh sportchilar jami 13 ta medal — 7 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. 🏆 G‘olib va sovrindorlar: 🥇 1-o‘rin — oltin medal: Baxtiyorov Axmatjon — 26 kg Toylaqova Parvena — 24 kg Abdukarimova Afruza — 31 kg Nortojiyeva Muslima — 37 kg Musulmanova Durdona — 33 kg Eshmurodova Parizoda — +54 kg Baxodirov Baxtiyor — 33 kg 🥈 2-o‘rin — kumush medal: Shermamatova Parizod — +54 kg Yuldoshyev Asomiddin — 26 kg 🥉 3-o‘rin — bronza medal: Maxmasoatov Mahmud — 24 kg Abduzoirov Adiz — 37 kg Soyifov Asadbek — 33 kg Yuldoshyev Ali — 26 kg 👏 Ushbu natijalar yosh sportchilarning tinimsiz mehnati, qat’iyati va sportga bo‘lgan intilishlarining samarasidir. G‘olib va sovrindorlarni, ularning murabbiylari hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz! Qashqadaryo sport | Rasmiy kanal 🌐TG|🌐IN|🌐FB|▶️YT🌐 Sayt

Профиль

Продвижение