14 октября 2026 г. 14:03
🖼Фото
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi mavjud holat va dolzarb masalalar, shuningdek, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimotlari bilan tanishdi.
Unda ta’lim tizimini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish masalalari xususida so‘z bordi. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni puxta o‘zlashtirishi, mustaqil fikrlashi hamda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bunda ta’lim mazmunini hayotiy ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirish, yoshlarni kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlash, ularning qiziqish va qobiliyatlarini erta aniqlash hamda munosib rivojlantirish uchun zarur imkoniyatlarni yaratish muhimligi qayd etildi.
Taqdimotlar davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha ustuvor vazifalarni aniq belgilash, ularning ijrosi yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish va amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlashga qaratilgan yondashuvlarni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
14 октября 2026 г. 13:43
🎬Видео
Qashqadaryoda tabiiy fanlar o‘qituvchilari uchun Kasbiy rivojlanish soati mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
Joriy yilning 14-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi 1 241 ta umumta’lim maktabida tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha Kasbiy rivojlanish soati (KRS) mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Mazkur mashg‘ulotlarda viloyatdagi umumta’lim maktablarining 5 723 nafar tabiiy fanlar o‘qituvchisi ishtirok etmoqda. Jarayon pedagoglarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish hamda ta’lim jarayonida samarali pedagogik yondashuvlardan foydalanishga qaratilgan.
Kasbiy rivojlanish soatlari davomida o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashish, fan yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash va darslarni samarali tashkil etish yuzasidan metodik tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Ushbu mashg‘ulotlar pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quvchilarga tabiiy fanlarni chuqur va samarali o‘rgatish uchun zarur shart-sharoitlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
14 октября 2026 г. 11:20
🖼Фото
#Xalqaro_hamkorlik
Germaniya: Berlin va Potsdam shaharlaridagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishildi
Malaka oshirish dasturi doirasida delegatsiya a’zolari Berlin va Potsdam shaharlardagi “Fröbel Group” xususiy bolalar bog’chalariga tashrif buyurib mazkur muassasanining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida, bolalar bilan ishlashda metodik yondashuv, pedagog-tarbiyachilarni malaka oshirish tizimi, sog’lom ovqatlantirish, ochiq havodagi mashg’ulotlar, huquqiy savodxonlik mashg’ulotlari, ekologik tarbiya, ota-onalar bilan hamkorlik dasturlari kabi yo’nalishlarda bog’cha ma’muriyati tomonidan ma’lumotlar berildi.
Ma’lumot uchun: “Fröbel Group” 1990-yilda tashkil etilgan bo’lib, hozirgi vaqtda Germaniya, Avstriya va Avstraliya davlatlarida 250 dan ortiq tarmoq bog’chalari faoliyat olib bormoqda. Mazkur tashkilotlarda 23.000 nafar bolalar qamrab olingan bo’lib unda 6000 ga yaqin pedagog va ishchi-xodimlar faoliyat yuritmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
14 октября 2026 г. 7:08
🎬Видео
Erkinjon Turdimov ish so‘rab kelgan fuqaroga bergan misollarni siz ham yechib ko‘ring!
Yangi ta’lim vaziri Erkinjon Turdimovning Sirdaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlagan davrida ish so‘rab kelgan fuqaroga bergan matematik misollari muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Xo‘sh, siz ushbu misollarni yecha olasizmi?
1. Bir xil maxrajli kasrlarni qo‘shish:
1/3 + 1/3 = ?
2. Manfiy sonlar ustida amallar:
−16 − 17 = ?
3. Musbat va manfiy sonlar ustida amallar:
−16 − 14 + 2 = ?
4. Funksiyaning hosilasini topish:
(5x²)′ = ?
Sizningcha, bu misollarning javoblari qanday? Izohlarda yozib qoldiring!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram