29 октября 2026 г. 12:51
🎬Видео
Qora dengizda Isroilga tegişli savdo kemasi şikastlandi
Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş fonida Qora dengizda Isroilning ZIM kompaniyasiga tegişli savdo kemasi şikastlandi. Ma’lumotlarga köra, kema bir neça hafta avval Isroildan Ukrainaga yöl olgan. Bu sönggi yillarda uruş oqibatida Isroil kemasi şikastlangan ilk holat hisoblanadi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna böling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
29 октября 2026 г. 12:35
🖼Фото
Toşkentda havo ifloslanişi yana 10 kun davom etişi mumkin — Özgidromet
Özgidromet ma’lumotlariga köra, Toşkentda havoning ifloslanişiga sabab bölayotgan atmosfera inversiyasi yana 10 kun saqlanişi mumkin.Bunday holatda çang va zararli moddalar havoda töplanib, tarqalişi qiyinlaşadi. Ayniqsa, ertalab va keçqurun havo sifati yomonlaşişi mumkin.
Rasmiy sahifalarimizga obuna böling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
29 октября 2026 г. 12:22
🖼Фото
Ilhom Aliyev Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida qatnaşmaydi
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tiğiz iş jadvali va avvaldan rejalaştirilgan tadbirlar sababli Turkiyada bölib ötadigan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida iştirok etmaydi.30-oktyabr kuni u Bokuda FIFA U-15 jahon çempionati va festivalining finalçilari taqdirlaş marosimida qatnaşadi. Sammitda Ozarbayjon nomidan taşqi işlar vaziri Jayhun Bayramov iştirok etadi. Ozarbayjon delegatsiyasi Anqaradagi boşqa tadbirlarda ham qatnaşadi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna böling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
29 октября 2026 г. 12:10
🎬Видео
🇷🇺Rossiyaning Dombay kurortida sayyohlar kötargiçda qolib ketdi
Rossiyaning Qoraçoy-Çerkesiya Respublikasida joylaşgan Dombay toğ-çanği kurortida kötargiç dvigateli töxtab qolişi oqibatida sayyohlar havoda qolib ketdi. Yölovçilar taxminan 20 daqiqa davomida yetti metr balandlikda bölgan. Şundan söng qutqaruvçilar ularni yerga tuşirgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna böling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
29 октября 2026 г. 11:57
🖼Фото
Özbekistonda qişloq xöjaligi hajmi 465,3 trln sömga yetdi
Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Özbekistonda qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligi mahsulotlari hamda xizmatlari hajmi 465,3 trillion sömni taşkil etdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 4,6 foizga köp. Jumladan, dehqonçilik va çorvaçilik, ovçilik hamda tegişli xizmatlar hajmi 416,3 trillion söm, örmon xöjaligi 41,3 trillion söm, baliqçilik xöjaligi esa 7,7 trillion sömni taşkil etdi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna böling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH