Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

Peshku.uz 🇺🇿 Расмий канали.

@peshkuhokimiyat
Вступить в канал
10767подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
11.09.2026добавлен
Peshku.uz Buxoro viloyat Peshku tumani hokimligining telegramdagi rasmiy kanali. Murojaatlar uchun: +99865 353 16 31
📰 Новости и медиа🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
DIQQAT E’LON: 2026 yil 27 oktabr kuni Peshku TETK hisobidagi elektr tarmoqlari va uskunalarini joriy ta'mirlash ishlari uchun P/st Yangibozor 35/10 kV dan chiquvchi F.Zandani 10 kV da havo elektr uzatish tarmog'ida Zandani MFY, Xorkash MFY, Boboxoji MFY hududlarida elektr energiyasida soat 09:00 dan 17:00 gacha uzilishlar kuzatilishini ma’lum qilamiz. Peshku tuman ETK sodir bo‘lgan ushbu vaqtinchalik uzilishlar uchun iste’molchilardan uzur so‘raydi. ♾️ Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring ✅Telegram| ✅ Instagram
🖼Фото
⚡️Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul qilindi. Taqdirlanganlar orasida buxoroliklar ham bor. 🏅II darajali “Salomatlik” ordeni bilan: Elov Boymurod Dilmurodovich - Buxoro nogironligi bo‘lgan ayollar uchun “G‘amxo‘rlik” markazi shifokor-terapevti; 🏅“Jasorat” medali bilan: Buribayeva Arailim Kidirovna - Respublika tez tibbiy yordam markazining Peshku tumani bo‘limi hamshirasi; 🏅“Shuhrat” medali bilan: Axmedova Nargiza Maxmudovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali shoshilinch kardiologiya va terapiya bo‘limi shifokor-kardiologi. Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan viloyatdoshlarimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz! Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🖼Фото · 10 шт.
📍 PESHKU TUMANIDA QONUNIYLIK VA OBODLIK — USTUVOR VAZIFA. 26-oktabr 2026-yil 🔹Peshku tumanidagi "Quchoq" MFY hududidan o'tuvchi markaziy yo'l bo'yida joylashgan savdo komplekslari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va maishiy xizmat ko'rsatish nuqtalarining holati atroflicha o'rganildi. 🔹 O'rganish davomida qonuniylikka rioya etilishi va shaharsozlik me’yorlariga amal qilinish holatlari ustuvor yo'nalish sifatida belgilandi. Aholi va tadbirkorlar uchun qulay, xavfsiz hamda estetik muhit yaratish — bugungi kunning dolzarb talabidir. 🔹 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Reklama to'g'risidagi qonun talablariga zid, noqonuniy o'rnatilgan targ'ibot vositalari, banner va lavhalar joyida bartaraf etildi. Bu esa hudud qiyofasini yaxshilash bilan birga, qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 🔹 Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga tashqi reklama vositalarini joylashtirish va rasmiylashtirish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi. 🔹 O'rganishlar davom etmoqda. ✅Telegram| ✅ Instagram
🎬Видео
Suyultirilgan gaz ta’minotida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash doimiy e’tiborda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati bugungi kunda respublikamizdagi 3 million 730 mingdan ortiq aholi va 2 mingga yaqin ijtimoiy soha obyektlarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlab kelmoqda. Ushbu tizimni yanada rivojlantirish, ta’minot barqarorligini oshirish, gazni xarid qilish va taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda sohada moliyaviy shaffoflikni ta’minlash maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 326-son qarori bilan suyultirilgan gaz ta’minotini isloh qilish, bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, sohada shaffoflikni ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni davlat tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Amalga oshirilayotgan islohotlar va nazorat choralari kuchaytirilayotganiga qaramay, suyultirilgan gazni noqonuniy sotish hamda talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlar ham uchrab turibdi. Bunday holatlarning oldini olish va qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida “Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirig‘iga muvofiq, Jamiyatning Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan nazorat tadbirlari muntazam olib borilmoqda. 2025-yil va 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida 3 mingdan ortiq to‘satdan tekshiruv va reyd tadbirlari o‘tkazilib, jami 1217 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Shu davrda suyultirilgan gazni noqonuniy sotishga ixtisoslashgan 471 ta “bunker” aniqlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida qiymati taxminan 2 milliard so‘mlik 193,6 tonna suyultirilgan gaz hamda umumiy qiymati 8,7 milliard so‘mlik 17 301 dona maishiy gaz ballonining noqonuniy sotilishi oldi olingan. 2026-yilning to‘qqiz oyidagi xizmat tekshiruvlari davomida 1,4 ming tonna suyultirilgan gaz va 10 626 dona maishiy gaz balloni talon-toroj qilingani aniqlangan. Huquqiy baho berish uchun 25 ta material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilib, ular asosida 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan to‘satdan tekshiruv va reyd tadbirlari davom ettirilib, aniqlangan kamchiliklarning sabablarini o‘rganish, qoidabuzarliklarga huquqiy baho berish hamda ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmoqda. Hurmatli iste’molchilar! Agar aholi uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gazni noqonuniy sotish yoki boshqa qonunbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, “Hududgazta’minot” AJning quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingizni so‘raymiz: ☎️ Ishonch telefoni: +(99871) 202-1104 yoki 1104 (qisqa raqami orqali) 📧 Elektron pochta manzili: info@hududgaz.uz 📧 Komplayens nazorat boshqarmasi pochta manzili: antikorruptsiya@hududgaz.uz 📱Komplayens nazorat boshqarmasi Telegram boti: t.me/hgt_antikor_bot 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
🖼Фото · 10 шт.
🏗 PESHKU TUMANIDA YOSHLAR MARKAZI QURILISHI BILAN TANISHILDI Peshku tumani Yangibozor mahallasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida barpo etilayotgan Yoshlar markazi binosi qurilishi bilan tuman hokimi Anvar Hamroyev hamda tuman prokurori yaqindan tanishdi. Tashrif davomida qurilish ishlarining borishi, loyiha doirasida belgilangan vazifalar hamda ishlarning sifatli bajarilishiga e’tibor qaratildi. Mas’ullarga qurilish jarayonlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish va ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Mazkur loyiha yoshlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, ularning intellektual salohiyati va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga xizmat qiladi. 📌 Loyiha qiymati: 1 milliard 513 million 765 ming 583 so‘m 20 tiyin. Buyurtmachi: Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” DM. ♾️ Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring ✅Telegram| ✅ Instagram

Профиль

Продвижение