23 августа 2026 г. 8:22
🖼Фото
#xalqaro_aloqalar
⚡️Malayziyalik ijodkorlar Buxoroning turizm salohiyatini targ'ib etmoqda
O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi ko'magida joriy yilning 20-22-iyul kunlari Malayziyaning “Universiti Teknologi MARA” oliygohi san’at, dizayn va media fakultetining talaba hamda o‘qituvchilaridan iborat 18 kishilik ijodiy guruh Buxoroda bo'lishdi.
Asosiy maqsad — Buxoroning boy tarixiy-madaniy merosi, qadimiy obidalari va turistik salohiyatini media platformalar orqali xalqaro auditoriyaga keng targ‘ib qilishdan iborat.
Malayziyalik yosh suratkash va dizaynerlar “Ark” qo‘rg‘oni, “Labi Hovuz” ansambli, “Poyi Kalon” majmuasi, qadimiy savdo toqlari, Ismoil Somoniy maqbarasi hamda Chashmai Ayub kabi qator madaniy meros obyektlarida, shuningdek, hunarmandchilik markazlarida suratga olish ishlarini olib borib, “storytelling” uslubida professional foto va videokontentlar tayyorladilar.
Tayyorlangan foto va videomateriallar “Instagram”, “Facebook”, “TikTok” ijtimoiy tarmoqlari hamda “YouTube” platformasida namoyish etilib, Buxoroning turistik salohiyatini
Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
🌎Veb-sayt 📱Telegram 📱Facebook📱You Tube📱Instagram
23 августа 2026 г. 8:22
📎 Vakant-2026.pdf
❗️Vakant joylar ro’yxati e’lon qilindi
2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi.
Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan.
OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin.
Safimizga qoʻshiling @Talimyangiliklari_uz
23 августа 2026 г. 8:16
🎬Видео
#Maxsus_reportaj | 23.08.2026
Bunyodkorlik odimlari — farovon hayot poydevor
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram |X (twitter)
27 июля 2026 г. 3:45
🖼Фото
🎪 DIQQAT, E’LON!
Hurmatli Peshku tumani aholisi!
Bugun, 27-iyul kuni soat 19:00 da Peshku oromgohida barchangiz uchun ajoyib sirk tomoshasi bo‘lib o‘tadi.
🤹♂️ Dasturda:
• Qiziqarli va kulgili chiqishlar;
• Ajablantiruvchi sirk tomoshalari;
• Unutilmas shou va ko‘ngilochar dasturlar.
🎉 Oila a’zolaringiz va farzandlaringiz bilan tashrif buyurib, maroqli dam oling!
📍 Manzil: Peshku oromgohi
🕖 Boshlanish vaqti: 19:00
♾️ Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring
✅Telegram| ✅ Instagram 📹Youtuber
24 июля 2026 г. 16:42
Respublika ishchi guruhi o’rganishlari davom etmoqda
Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.
Bugun mazkur o‘rganishlar Viloyatining barcha hududlarida o'tyapti. Jumladan, Peshku tumanida ham ishchi guruh a’zolari tumanda yoshlar bilan ishlash tizimi, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, yoshlar bilan manzilli ishlash holati hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini joyiga chiqib o‘rgandi.
Shuningdek, o‘rganishlar davomida Peshku tumani ,,Ibn Sino" MFY Qo'rg'ontepa qishlog'i hududida joylashgan “Zuxal Xunar-Zar” MCHJ ning paxta tolasini qayta ishlash ip kalava ishlab chiqarayotgan kichik korxona bilan joyida borib tanishdi.
Faoliyati davomida “Zuxal Xunar-Zar” MCHJ faoliyati davomida bevosita uchrashilib, ularning muammolari, taklif va murojaatlari tinglandi. Ish o'rnini yanada kengaytirish, yoshlar bandligini ta'minlash, mavjud masalalar tahlil qilindi va bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga amaliy tavsiyalar berildi hamda aniqlangan muammolarni joyida hal etish bo‘yicha zarur ko'rsatmalar berildi.