12 октября 2026 г. 15:55
Jurnalistikada “birinchi” boʻlish bilan “toʻgʻri” boʻlish oʻrtasida tanlov boʻlsa, javob aniq boʻlishi kerak.
Biror voqea boʻyicha birinchi boʻlib xabar berish istagini tushunaman. Raqobat bor, auditoriya bor, bu ham maqsad.
Lekin professional jurnalistikaning asosiy mezoni aniq maʼlumot berish. Bunga esa faqat faktcheking orqali erishiladi.
Tekshirilgan, toʻgʻri xabar uchun hech kim kechirim soʻrashga majbur boʻlmaydi.
Shoshib berilgan notoʻgʻri xabar sabab esa butun sohaga boʻlgan ishonchga putur yetishi mumkin.
Har bir xabar ustida ishlaganda uni oʻqiydigan, muhokama qiladigan keng jamoatchilikni hisobga olaylik.
Odiljon Tojiyev
12 октября 2026 г. 10:12
🖼Фото
👍O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
⚫️Mazkur kelishuv fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida tizimli hamkorlikni rivojlantirish, jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarning media maydonida keng yoritilishiga qaratilgan.
⚫️Memorandum doirasida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va davlat dasturlari ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazorati natijalarini yoritish, hududlardagi nodavlat notijorat tashkilotlari tashabbuslarini keng jamoatchilikka yetkazish hamda qo‘shma media loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
👍Ushbu hamkorlik Assotsiatsiyaga a’zo OAVlarning ijtimoiy ahamiyatga ega jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasida ochiq muloqot hamda jamoatchilik hisobdorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X
11 октября 2026 г. 9:44
🖼Фото
Davron Fayziyevning o‘ziga xos ovozi, o‘yinni his qilib sharhlashi ko‘pchiligimiz uchun futbolning bir qismiga aylanib ulgurgan.
Ko‘p yillik mehnat ortidan u o‘zbek sport jurnalistikasida o‘z maktabini yarata oldi.
Bugun u xalqaro nufuzli “THE ICONIC CREATOR AWARDS” mukofotining “Yil jurnalisti” yo‘nalishida g‘oliblikka nomzod bo‘lib turibdi.
O‘zbek jurnalistining xalqaro miqyosda bunday e'tirof etilishi butun milliy mediamiz uchun quvonarli holat.
Barcha hamkasblarimizni va shunchaki sportni sevadigan yurtdoshlarimizni Davronni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman.
Ovoz berish uchun manzil:
https://theiconicawards.com/award/40
Odiljon Tojiyev
5 октября 2026 г. 8:24
🎬Видео
Bugun millatimiz ziyolilari otib öldirilgan kun.
Kelajakda xor bölmaslik bugun butun millat va davlat bölişimizga boğliq.
Özligini qadrlamaganlar özga uçun heç qaçon qadrli bölmaydi.
📹 Instagram 💬 Telegram
🔴 Facebook 🔥 Youtube
@alisherQodir
1 октября 2026 г. 6:42
🎬Видео
🔥An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Media Camp” navqiron jurnalistlar media-oromgohi bu yil ham Zomin tog‘lari bag‘rida yosh jurnalistlar va media sohasi vakillarini bir maydonda jamladi.
💠O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi va BMB HOLDING hamkorligida tashkil etilgan “Media Camp – 2026”ning ilk kuni "Za'faron premium" mehmonxonasida professional muloqot, tajriba almashish, yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan mazmunli dastur asosida o‘tdi.
🔥“Media Camp – 2026”ning navbatdagi kunlari va muhim voqealarini biz bilan kuzatib boring!
Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X