Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi

⏳ На проверке
@nqaaeuz
Вступить в канал
3899подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
07.10.2026добавлен
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi Veb-sayt: nqaae.uz Instagram: instagram.com/nqaaeuz Facebook: facebook.com/nqaaeuz Aloqa bot: @nqaaeuzbot
📚 Образование🌐 Хорватский📍 Международный🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
Xalqaro hamkorlik yanada kengaymoqda Joriy yilning 28–30-sentabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida “Global chaqiriqlarga mahalliy yechimlar: barqaror kelajakni yaratishda oliy ta'limning o‘rni” mavzusida MENA-HELF 7-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Nodir Ergashev panel muhokamalarida spiker sifatida ishtirok etdi. Forum doirasida Germaniyaning TUM International GmbH va Birlashgan Arab Amirliklarining Ta'lim innovatsiyalari va individual bilim yechimlari markazi bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlar imzolandi. Bunga ko‘ra, ta’lim sifati va innovatsiyalar sohasida xalqaro tajriba almashish, hamkorlik loyihalarini amalga oshirish va institutsional salohiyatni rivojlantirish hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilandi. Bundan tashqari, forum doirasida Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (QAA), Yevropa xalqaro ta’lim assotsiatsiyasi (EAIE) va Qatar Malakalar va akkreditatsiya milliy qo‘mitasi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Tashrif natijasida 2026–2027-yillarda Agentlikning akkreditatsiya jarayonlariga 50 nafar xalqaro ekspertni jalb qilish, ikkita malaka oshirish dasturini yo‘lga qo‘yish hamda QAA akkreditatsiya tashkiloti bilan O‘zbekistonning 3 ta oliygohida akkreditatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
🎬Видео
«Дипломнинг ўзи етарлими?»: битирувчининг меҳнат бозоридаги натижаси қандай баҳоланмоқда? Олий таълимни тамомлаб, диплом олиш — жараённинг якуни эмас. Битирувчининг ишга жойлашиши, даромади ва бандлиги барқарорлиги ҳам таълим натижасини баҳолашда муҳим. Шу боис абитуриент ва ота-оналар учун ҳам муҳим савол бор: қайси ОТМ битирувчиси меҳнат бозорида кўпроқ имкониятга эга? «Битирувчи сифати индекси» нимани кўрсатади? Битирувчининг ишга жойлашиши унинг ўз мутахассислиги бўйича ишлаётганини ҳам англатадими? Университетларда берилаётган билим ва кўникмалар иш берувчилар талабига қанчалик мос? Kun.uz таълим соҳаси вакиллари билан ушбу мавзу юзасидан суҳбатлашди. 📹ТЎЛИҚ СУҲБАТНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
🎬Видео
🟢Tibbiy ta’limni akkreditatsiyalash tizimi xalqaro baholashdan o‘tmoqda Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) ekspertlari Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining tibbiy ta’limni akkreditatsiyalash faoliyatini baholamoqda. Shu maqsadda ayni damda ekspertlar Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilayotgan davlat akkreditatsiyasi jarayonini kuzatmoqda. Baholashda quyidagilarga e’tibor qaratilmoqda: — tashqi baholashning qanday tashkil etilishi; — akkreditatsiya ekspertlarini tanlash va tayyorlash; — qaror qabul qilishning mustaqilligi va shaffofligi; — akkreditatsiyadan keyingi monitoring. WFME baholashining markazida — Agentlikning akkreditatsiya tizimi qanchalik ishonchli ishlashi. Ijobiy qaror qabul qilinsa, Agentlikning tibbiy ta’limni akkreditatsiyalash faoliyati WFME mezonlariga muvofiqligi xalqaro darajada tasdiqlanadi. WFMEning rasmiy ro‘yxatida 50 dan ortiq tan olingan akkreditatsiya agentligi mavjud. Ular qatorida AQSh, Kanada, Yaponiya va Germaniya agentliklari ham bor. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
🎬Видео
🟢Ayni damda Britaniya menejment universitetida Kembridj universiteti olimlari, xorijiy ekspertlar va yosh tadqiqotchilar ishtirokida "Ilmiy yo‘l: g‘oyadan tadqiqotga" mavzusida ochiq ilmiy seminar o’z ishini boshladi. Seminarda ishtirok etish uchun mamlakatimizdagi qariyb 80 ta oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasidan 500 ga yaqin ariza kelib tushgan bo’lib, saralash natijasida 70 nafar yosh olim, doktorant, mustaqil izlanuvchi va magistrant saralab olingan. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
🎬Видео
Bugun bizga bilim bergan, fikrlashni, izlanishni va o‘zimizga ishonishni o‘rgatgan insonlarni e’zozlaydigan kun. Ustozning mehnati dars jadvali yoki auditoriya bilan cheklanmaydi. Har bir dars ortida bir insonning kelajagi, bir kasbga bo‘lgan qiziqishi, bir orzuning shakllanishi turadi. Sifatli ta’lim avvalo, fidoyi va malakali ustozdan boshlanadi. Bugun ta’limning barcha bo‘g‘inlarida yosh avlodga bilim va tarbiya berayotgan, o‘z ustida tinimsiz ishlayotgan, yangilikka intilayotgan barcha o‘qituvchi va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Sizning mehnatingiz – bugunning ta’limi, ertangi jamiyat va kelajak avlod uchun qo‘yilayotgan eng muhim sarmoyalardan biridir. Aziz ustozlar! Sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy muvaffaqiyat va shogirdlaringizning yutuqlaridan g'ururlanish baxtini tilaymiz. Har bir bergan bilimingiz, har bir aytgan so‘zingiz va har bir qo‘llab-quvvatlashingiz kelajakda o‘z samarasini topsin! Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! 💐 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

Профиль

Продвижение