Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI

⏳ На проверке
@navoiy_viloyat_mmtb
Вступить в канал
5711подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
15.10.2026добавлен
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali 🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3 Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/ Ishonch telefoni: 792201281
📰 Новости и медиа🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🎬Видео
#OAV_NIGOHIDA "Maxsus reportaj"ning navbatdagi sonida Nurota tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati haqida so‘z yuritiladi. 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🖼Фото
✍️✍️✍️✍️✍️ 🔺Bugun Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova rahbarligida Karmana tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, psixologlar hamda kutubxonachilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. 🔹Muloqotda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarni kitobxonlikka keng jalb qilish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, bu boradagi faoliyat samaradorligiga e’tibor qaratildi. 🔹Rahbar va pedagogning shaxsiy namunasi — tarbiyaning muhim omili. Ra’no Hayitova rahbar va mas’ullarning kasbiy mas’uliyati, mehnatga munosabati va shaxsiy namunasiga alohida urg‘u berdi. Ta’lim muassasasida o‘quvchilar, avvalo, ustoz va rahbarlarning xulq-atvori, muomalasi hamda faoliyatidan o‘rnak olishi ta’kidlanib, har bir xodim o‘z mas’uliyati va odobi bilan yoshlarga namuna bo‘lishi lozimligi qayd etildi. 🔹Uchrashuv yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash choralari belgilandi. 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🖼Фото
📣📣📣📣📣 KOREYS TILI RESPUBLIKA OLIMPIADASIGA RO‘YXATDAN O‘TISH SANASI UZAYTIRILDI ❗️Respublikamiz boʻylab hozirda 1 123 nafar oʻquvchilar ro‘yxatdan o‘tdi. Statistika 14.10.2026 soat 15:00 holatiga koʻra taqdim etilmoqda. SHOSHILING! ‼️‼️‼️ ❗️Olimpiadada ishtirok etish uchun dastlab joriy yilning 25-oktabr kuniga qadar edux.center platformasi orqali ro‘yxatdan oʻtishingiz lozim. Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video-yo‘riqnoma ⬅️ ❌ ⚡️ 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzatib boring: ✅Veb-sayt ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook 🔹 YouTube 🔹 Linkedin
🖼Фото
🎨IQTIDOR - E’TIBOR VA QO‘LLAB-QUVVATLASH BILAN YANADA YUKSALADI 🔺Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova Karmana tumanidagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi Samariddin Eshmatov bilan uchrashdi. 🟢Samimiy muloqot davomida pedagogning ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishildi. Uning san’atga bo‘lgan qiziqishi, kasbiy rivojlanish yo‘lidagi intilishlari va kelgusidagi rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, ijodiy salohiyatni yanada rivojlantirish, o‘quvchilar uchun tasviriy san’at to‘garaklari faoliyatini kengaytirish hamda yosh iste’dodlarni kashf etish masalalariga e’tibor qaratildi. Boshqarma boshlig‘i pedagogning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, uning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. 🔻E’tiborli jihati, Samariddin Eshmatov nafaqat amaliy ijod, balki ilmiy izlanishlar orqali ham rivojlanishni maqsad qilgan. U Navoiy davlat universitetida bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olgan, hozirda esa Buxoro davlat pedagogika institutining tayanch doktoranturasida o‘qishni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Uning kelgusi maqsadi — tasviriy san’at yo‘nalishida ilmiy darajaga erishish va professor bo‘lish. 🔗Iqtidorli pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy tashabbuslari uchun imkoniyat yaratish va salohiyatini yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga yo‘naltirish — ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan muhim omillardan biridir. 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Профиль

Продвижение