14 октября 2026 г. 14:33
🖼Фото
O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni
Kanalga ulanish: @namanganviloyatisudlari
14 октября 2026 г. 8:49
🎬Видео
Namangan viloyati sudlarining tashabbusi bilan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish va amaliy yordam berish maqsadida tadbirkorlar bilan uchrashuv-muloqot tashkil etildi.
Tadbirda viloyat sudi raisining o‘rinbosarlari, sudyalar, adliya boshqarmasi, Biznes-ombudsmanning hududiy sho‘basi, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan huquqiy va amaliy muammolar, shartnomaviy munosabatlar, iqtisodiy va ma’muriy nizolarni hal etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, ular yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar hamda amaliy tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar mas’ul tashkilotlar tomonidan nazoratga olindi.
Kanalga ulanish: @namanganviloyatisudlari
14 октября 2026 г. 4:20
🎬Видео
Адолат — ҳар бир ишга қонун доирасида ёндашишда
Kanalga ulanish: @namanganviloyatisudlari
13 октября 2026 г. 5:38
🎬Видео
Sud-huquq tizimidagi yangilanishlar samarasi
Oliy sud raisi Robaxon Maxmudova bilan eksklyuziv intervyu
Kanalga ulanish: @namanganviloyatisudlari
12 октября 2026 г. 14:19
RASMIY AXBOROT
Avval xabar qilinganidek, jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudining 2026-yil 13-iyuldagi hukmi bilan O. I. (erkak, 1977-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, “Rayxon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi)ga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.
Ushbu jinoyat ishi Namangan viloyat sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilib, bugun apellyatsiya sudining ajrimi e’lon qilindi.
Jinoyat ishi doirasida yetkazilgan zararning bir qismi naqd pul shaklida depozit hisob raqamiga topshirilganligi, sudlangan O. I. ga tegishli mulkning bankning talabiga asosan bank balansiga qabul qilinishi belgilanganligi, xatlangan mulklarni sottirib, zararni qoplashga yo‘naltirilganligi, moddiy zararni qoplash uchun faqatgina O. I. va uning yaqin qarindoshlariga tegishli mulklar zararni qoplashga yo‘naltirilganligi e’tiborga olinib, O. I. ga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan tayinlangan jazo o‘zgarishsiz qoldirilib, 3 yil sinov muddati bilan Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan shartli hisoblanishi belgilandi.
Shu tariqa sudlangan O. I. sud zalida qamoqdan ozod qilindi.
Kanalga ulanish: @namanganviloyatisudlari