14 октября 2026 г. 11:59
🖼Фото
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
️Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.
Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.
Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
14 октября 2026 г. 5:30
🖼Фото
⚡️⚡️⚡️O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot instituti hamda Central Asian University o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida harbiy tibbiyot va falokatlar tibbiyoti yo‘nalishida mahorat darslari hamda o‘quv-treninglar tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulotlarga Central Asian University’ning 5-bosqichda tahsil olayotgan barcha talabalari jalb etildi. Treninglar davomida talabalarning Military and Disaster Medicine yo‘nalishi bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘quv mashg‘ulotlari doirasida harbiy harakatlar va favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordamni tashkil etish, jabrlanganlarni tibbiy saralash (triage), shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish hamda murakkab vaziyatlarda tezkor va samarali qarorlar qabul qilish masalalari yoritildi.
Hamkorlik asosida o‘tkazilgan treninglar bo‘lajak shifokorlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va ularning turli murakkab sharoitlarda harakat qilishga tayyorligini rivojlantirishga qaratildi.
👉@mudofaalive
14 октября 2026 г. 5:20
🖼Фото
⚡️⚡️⚡️Toshkent shahridag joylashgan Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda jamoatchilik vakillari Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylarining holidan xabar oldi.
Tadbir davomida faxriylarning salomatligi, yashash sharoitlari va kundalik holati bilan tanishildi. Samimiy muloqot chog‘ida ularning urush yillaridagi jasorati, front ortidagi fidokorona mehnati hamda bugungi tinchlikni ta’minlash yo‘lidagi tarixiy xizmatlari e’tirof etildi.
Harbiy xizmatchilar faxriylarga hurmat va ehtirom ko‘rsatib, ularning hayotiy tajribasi va bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li yosh avlod uchun muhim ibrat ekanini ta’kidladi.
👉@mudofaalive
14 октября 2026 г. 5:20
🖼Фото
⚡️⚡️⚡️Toshkent shahridag joylashgan Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismda nuroniylar, mehnat faxriylari va keksa avlod vakillari ishtirokida samimiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida nuroniylarning jamiyat hayotidagi o‘rni, yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.
Samimiy muloqot davomida faxriylar o‘zlarining hayotiy tajribalari, mehnat faoliyati va yoshlarga beradigan tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
👉@mudofaalive
12 октября 2026 г. 16:55
🖼Фото
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
Botir Baxromovich Kudratxodjayev O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi.
Bundan ilgariroq B.Kudratxodjayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi;
Shuxrat Gayratdjanovich Xalmuxamedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com