Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Kechki ta'lim va magistratura fakulteti (rasmiy kanal)

⏳ На проверке
@moliyakechki
Вступить в канал
1454подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
07.10.2026добавлен
Описание ресурса пока не добавлено.
📚 Образование🌐 Албанский📍 Международный🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
#Tayinlov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor tayinlandi Professor Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi Kongratbay Avezimbetovichni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan samimiy tabriklab, universitetning ilmiy va ta’lim salohiyatini yuksaltirish, xalqaro hamkorligini kengaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi. 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
🖼Фото
#Xushxabar #Rasman #Reyting #TOP700 #THE Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “THE World University Rankings–2027” xalqaro reytingida dunyoning TOP–700 talik oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatidan joy oldi Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education (THE) reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan “World University Rankings–2027” global baholash natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dunyodagi yetakchi universitetlar orasida 651–700-o‘rinlar oralig‘idan joy oldi. Ushbu akademik muvaffaqiyat universitetning jahon oliy ta’lim makonidagi mavqeini yanada mustahkamlab, uni global miqyosdagi OTMlarning yuqori uchdan bir qismi hamda Markaziy Osiyo mintaqasidagi kuchli uchta ta’lim muassasasi qatoriga olib chiqdi. Times Higher Education World University Rankings baholash tizimi xalqaro akademik hamjamiyatda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sifatini xolis va shaffof belgilab beruvchi nufuzli mezonlardan biri hisoblanadi. Universiteting faoliyati 5 ta asosiy institutsional yo‘nalish - ta’lim sifati, tadqiqot muhiti, tadqiqotlar sifati, sanoat va tarmoqlar integratsiyasi hamda xalqaro hamkorlik va ko'rsatkichlar bo‘yicha har tomonlama tahlil qilindi. E’lon qilingan xalqaro ko‘rsatkichlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasidan ushbu global reytingga jami 8 ta oliy ta’lim muassasasi kiritilgan bo‘lib, TDIU mamlakatimiz bo‘yicha TOP-700 talik qatoridan joy olgan ikkita yetakchi universitetning biri sifatida e’tirof etildi. Erishilgan ushbu natija so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari boshchiligida oliy ta’lim tizimini isloh qilish, akademik mustaqillikni ta’minlash hamda milliy ta’lim tizimini global integratsiyaga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan maqsadli va ustuvor chora-tadbirlarning amaliy samarasidir. 📰– Xalqaro akademik hamjamiyat tomonidan berilgan ushbu yuksak e’tirof universitetimiz professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari va iqtidorli talabalarining hamjihatlikdagi tizimli faoliyati hamda fidokorona mehnati mahsulidir. Bizning muhim maqsadimiz universitetning ilmiy-tadqiqot salohiyatini izchil oshirish, ilg‘or xalqaro ta’lim standartlarini amaliyotga keng joriy etish va TDIUni dunyoning eng nufuzli iqtisodiy ta’lim hamda ilm-fan markazlaridan biriga aylantirishdan iboratdir, – deya qayd etib o’tdi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor To‘lqin Teshabayev. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi xalqaro akademik integratsiyani chuqurlashtirish, ta’lim va ilmiy faoliyat sifatini yanada yuksaltirish hamda belgilangan strategik marralarga erishish yo‘lida izchil va tizimli faoliyatni davom ettiradi. 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
🖼Фото
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙 📣 Bilimdonlar diqqatiga! TDIU universitet zakovat terma jamoasiga yangi bilimdonlarni saralash va musobaqalarga tayyorlash maqsadida "Zakovat-kasting" o'tkaziladi. ⚠️Nomzodlarga qo'yiladigan talablar quyidagicha: • TDIU bakalavr ta'limi 1-2-3-bosqich talabasi bo'lishi; • Har payshanba "Talabalar ligasi" va har shanba "Professional yoki birinchi liga" undan tashqari "Ikkinchi liga" o'yinlarida muntazam qatnashishi; • Mashg'ulotlarda doimiy qatnashishi va o'z ustida ishlashi talab qilinadi. 📌Kasting o'tkazilish tartibi: • Barcha ishtirokchilar individual tartibda o'ynaydi; • 20 ta mantiqiy savol; • 10 ta faktga asoslangan savol; • 5 ta mavzu shaxsiy o'yin savoli; • 10 ta breyn-ring savollari o'ynaladi; 🎬 "Kasting" natijalariga ko'ra yaxshi natija ko'rsatgan ishtirokchilardan jamoa shakllantiriladi. ⚠️Qo'shimcha savollar uchun: @HR_Zakovat ❗️Eslatma: Ishtirokchilar o'zlari bilan qog'oz va ruchka olib kelishi kerak! 🗓Sana: 19-sentabr shanba kuni, soat 13:00da 📍Manzil: Asosiy kampus, 2-bino maʼruzalar zali 🤩TDIU Zakovat klubi 💬Telegram | 📹Instagram
🖼Фото
Adiblar xiyobonida Abdulla Qahhor va Muqimiy tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi 🔺Buyuk adiblar xotirasini abadiylashtirish, ularning ijodiy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shayotgan 10 nafar professor-o‘qituvchi va xodim hamda 31 nafar faol talaba “Abdulla Qahhor” va “Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy” nomidagi ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, adabiyotga qiziqishi va iqtidorini namoyon etgan talabalarga maxsus stipendiyalar topshirildi. Batafsil saytda 📸FOTOGALERIYA 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
🖼Фото
#Startap #Tanlov 🏆 TALABALAR UCHUN “ENG INNOVATSION G‘OYA” RESPUBLIKA TANLOVI Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari uchun “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovining universitet bosqichida ishtirok etish uchun innovatsion g‘oyalar qabul qilinmoqda! 🚀 Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 463-son qarori asosida tashkil etiladi. 🪙UNIVERSITET BOSQICHI G‘OLIBLARI UCHUN: 🥇 1-o‘rin — 50 mln so‘m; 🥈 2-o‘rin — 30 mln so‘m; 🥉 3-o‘rin — 20 mln so‘m. 🏆 Universitet bosqichi g‘oliblari tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🗓 Hujjatlar qabuli: 10-sentabrdan 10-oktabrgacha. ⚠️ Eslatma: har bir talaba tanlovda faqat bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etishi mumkin. 📌 Murojaat uchun: 📩 @digitalfinance_TSUE 📍 Moliya kampusi, 8-bino, 220-xona 📄 Ariza topshirish uchun “Ariza hujjatlari” nomli hujjatdagi barcha ma’lumotlarni to‘liq to‘ldirib, elektron hamda bosma shaklda tayyor holatda olib kelish zarur. 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

Профиль

Продвижение