Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Moliya fakulteti

⏳ На проверке
@moliya_fakulteti
Вступить в канал
2579подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
07.10.2026добавлен
#Moliya fakultetida olib borilayotgan ishlar #Fakultet hayotida bo'layotgan so'nggi yangiliklar Agarda sizda fakultet miqyosida amalga oshirmoqchi bo'lgan loyihalar yoki takliflar bo'lsa biz bilan bog'laning!
📚 Образование🌐 Филиппинский📍 Международный🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
🇺🇿Moliya fakulteti talabalari Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdilar 🎓 TDIU Moliya fakulteti talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etilib, talabalar Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdilar. 🎆Tashrif davomida talabalar mamlakatimiz mustaqilligi, uning tarixiy ahamiyati va milliy qadriyatlarimiz haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mazkur tashrif TFMB tyutorlari O‘tbosarova M., O‘taganov F. va O‘roqov A. boshchiligida tashkil etildi. ✨Tashrif talabalarning tarixiy bilimlarini boyitish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi. 🔵@moliya_fakulteti
🖼Фото
🌸 NAFOSAT VA MAHORAT 🌸 ✨ Nafosat, iste’dod, chaqqonlik va ijodkorlik bir sahnada jam bo‘ladigan unutilmas kechaga tayyormisiz? 💐 Moliya fakulteti tomonidan talaba qizlar uchun maxsus tashkil etilayotgan “Nafosat va Mahorat” tadbiriga taklif qilamiz! Bu shunchaki tadbir emas — bu iste’dod, mahorat va go‘zallik o‘zaro bellashadigan qizlar musobaqasi! 💫 Qizlarimiz quyidagi shartlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etadilar: 🍎 Fruit art — chaqqonlik va aniqlik 💃 Raqs — nafislik va ijodkorlik 🌟 One Unique Talent — o‘ziga xos iste’dod ⚡️ Tezkor savol-javob — bilim va topqirlik 🔥 Kimning mahorati ustun keladi? 🔥 Kim o‘zining betakror iste’dodi bilan barchani hayratga soladi? 🔥 Kim “Nafosat va Mahorat” sohibasi bo‘ladi? 📅 Sana: 07.10.2026 | Chorshanba ⏰ Vaqt: 18:00 📍 Manzil: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2-talabalar turar joyi ✈️@moliya_fakulteti
🖼Фото
Hurmatli Professor Teshabayev To‘lqin Zakirovich!  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi hamda ko‘p ming sonli talaba-yoshlari nomidan Sizning oliygohimiz ravnaqi va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi ko‘p yillik fidoyi, samarali va sermahsul rektorlik faoliyatingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.  Siz nafaqat tajribali rahbar va bilimli olim, balki o‘zining samimiyligi, ochiqko‘ngilligi hamda har bir talaba-yoshga o‘z farzandidek g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘ladigan mehribon ustoz sifatida barchamizning qalbimizdan chuqur joy oldingiz.  Sizning rahbarligingiz davrida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tub islohotlar va transformatsiya jarayonlari jadal amalga oshirilib, ta’lim tizimi mutlaqo yangi bosqichga olib chiqildi. Xususan, ta’lim sifati, ilmiy-innovatsion faoliyat, xalqaro hamkorlik, infratuzilma hamda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlarida erishilgan salmoqli natijalar universitetimizning nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyo va xalqaro miqyosdagi nufuzini keskin oshirdi.  Ayniqsa, Sizning rahbarligingiz ostida universitet o‘z tarixida ilk bor dunyoning eng nufuzli THE (Times Higher Education) reytingida dunyo bo‘yicha TOP-700 talik oliy ta’lim tashkilotlari qatoridan joy oldi. Shuningdek, Markaziy Osiyoning kuchli 3 talik va mamlakatimizning yetakchi 2 talik oliygohi sifatida e’tirof etildi. QS World University Rankings by Subject 2026 natijalariga ko‘ra, universitetimiz fan sohalari bo‘yicha ham dunyoning eng sara TOP-300 talik oliygohlari safiga kirdi. Universitetning ilmiy salohiyati 70 foizga yaqinlashdi hamda 7 ta ta’lim yo‘nalishi AQSH va Yevropaning nufuzli xalqaro tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishi va munosib yashashi uchun 3 ta zamonaviy talabalar turar joyi, yangi o‘quv binosi va qator zamonaviy imkoniyatlar foydalanishga topshirildi. Sizning rahbarligingiz va fidoyiligingiz ostida erishilgan ushbu yutuqlar universitetimiz tarixiga oltin harflar bilan muhrlanadi. Fursatdan foydalanib Sizga doimiy sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi ilmiy-pedagogik hamda rahbarlik faoliyatingizda yanada ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.  Universitetimiz talaba-yoshlari nomidan Sizga chuqur ehtirom va samimiy minnatdorchilik bildiramiz! 🇺🇿TDIU Yoshlar ittifoqi ✅Rasmiy sahifalarimiz 💬Telegram | 📹Instagram |📹YouTube | 📒Facebook
🖼Фото
#Tayinlov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor tayinlandi Professor Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi Kongratbay Avezimbetovichni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan samimiy tabriklab, universitetning ilmiy va ta’lim salohiyatini yuksaltirish, xalqaro hamkorligini kengaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi. 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
🖼Фото
👑 “Maqsad sari intilish — muvaffaqiyat garovi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi 🎆TDIU Moliya fakulteti tomonidan talabalarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish va kelajakdagi kasbiy faoliyatiga motivatsiya berish maqsadida “Maqsad sari intilish — muvaffaqiyat garovi” mavzusida mazmunli uchrashuv tashkil etildi. ⚡Tadbirda “Trust Insurance” AJ Kuzatuv kengashi raisi Imomov Umidjon G‘ayratjonovich mehmon sifatida ishtirok etdi. Uchrashuv davomida maqsad sari intilish, muvaffaqiyatga erishish, kasbiy rivojlanish, o‘z ustida ishlash hamda hayotiy tajriba haqida fikr va tavsiyalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan javob oldilar. ✨Samimiy muloqot va foydali tavsiyalarga boy uchrashuv talabalarni yangi maqsadlar sari intilish va o‘z salohiyatini rivojlantirishga undadi. ✈️@moliya_fakulteti

Профиль

Продвижение