3 октября 2026 г. 16:18
🎬Видео
#charx
“Fan odami falsafiy ta’limotlardan xabardor bo‘lishga 100 foiz majbur”, deydi suhbatdoshimiz – “Falsafa. O‘ta qisqa tanishtiruv” kitobi tarjimoni, iqtisodchi va auditor Jamshid Muslimov.
Nega?
Bu savolga batafsil javobni tez kunda “Charx”dagi suhbatimizdan topasiz.
Kitobni esa ko‘rsatilgan 300 dan ortiq muassasadan yoki Mutolaa ilovasi orqali ham o‘qish imkoniga egasiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3 октября 2026 г. 4:09
🎬Видео
Kitob o‘qilganda sizniki, muhokama qilinganda barchanikiga aylanadi.
1000KITOB doirasida o‘zbek tilida chop etilgan “O‘zimga o‘gitlar” (Rim imperatori Mark Avreliy, milodiy II asr) asari KunUz’ning “5 daqiqa” loyihasi nigohida.
Taxtdan baland hikmatlar!
“Qarsaklar shovqinida haqiqatning ovozi eshitilmaydi” | Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 октября 2026 г. 4:57
🖼Фото
Qadrli ustozlar va murabbiylar!
Biz dunyoning eng sara asarlarini o‘zbek tiliga olib kelar ekanmiz, yoshlarning ko‘proq mutolaa qilishi, izlanishi, mustaqil fikrlashi va dunyoqarashini kengaytirishini istaymiz.
Ko‘pchiligimizning ilmga qiziqishimiz, o‘z ustimizda ishlashimiz ortida bizga yo‘l ko‘rsatgan insonlar turadi. Ular tavsiya qilgan bir asar, bergan bir maslahat yoki bildirgan ishonch hayotimizdagi muhim tanlovlarga ham ta’sir qiladi.
Bugun biz tayanayotgan tajriba, erishayotgan natijalarimizda muallimlarimiz bergan ta’lim va tarbiyaning hissasi katta.
1000KITOB jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklaydi!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
28 сентября 2026 г. 15:19
🖼Фото
“Men sizni falsafa bilan tanishtira olmayman, chunki siz allaqachon uning ichidasiz” | Eduard Kreyg
28 сентября 2026 г. 7:08
🖼Фото
1000KITOB xalqaro jurnalistlar e’tiborida
Parijda faoliyat yurituvchi xalqaro jurnalist Peter Yeung 1000KITOB loyihasiga qiziqish bildirdi. Shu munosabat bilan jurnalist va loyiha jamoasi ishtirokida onlayn muloqot tashkil etildi.
Suhbat davomida loyihaning asosiy maqsadi va bugungi natijalari, kitoblarni tanlashdan boshlab tarjima, tahrir va nashrga tayyorlashgacha bo‘lgan jarayonlar, shuningdek, loyihaning kelgusi rejalari hamda uning o‘zbek kitobxoni uchun ahamiyati xususida fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, Peter Yeung – xalqaro mavzularda ijod qiluvchi mustaqil jurnalist. Uning maqola va reportajlari The Guardian, BBC, National Geographic, The New York Times, Bloomberg, Reuters, Financial Times va The Washington Post kabi nufuzli nashrlarda e’lon qilingan. Jurnalist turli mamlakatlardagi ijtimoiy jarayonlar, insonlar hayoti va global ahamiyatga ega mavzularni yoritib keladi.
Davlatimiz rahbari qarori asosida yo‘lga qo‘yilgan va o‘zbek kitobxoni uchun boshlangan 1000KITOB tashabbusi bugun O‘zbekistondan tashqarida ham e’tibor qozonayotgani quvonarli.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube