5 октября 2026 г. 17:39
🖼Фото
Yoshlar jamoamiz kamchilikda "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi
Mehmonlar 3-daqiqadayoch tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lganiga qaramay, futbolchilarimiz reja bo‘yicha harakat qilib, 27-daqiqada Akobir Abdullajonovning harakatlari evaziga muvozanatni tiklashdi — 1:1.
Oradan 4 daqiqa o‘tib, «temiryo‘lchilar» yana hisobda oldinga chiqib olishdi va tanaffusga jamoalar aynan shu hisobda chiqib ketishdi — 1:2.
Murabbiylarimizning aniq ko‘rsatmalari samarasi o‘laroq, futbolchilarimiz ikkinchi bo‘limning 5 daqiqasidayoq yana hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi — 2:2.
Mana shu pallada bosh hakamning birinchi golimiz muallifi Akobir Abdullajonovga qizil ko‘rsatish qarori o‘yin taqdirini butkul o‘zgartirib yubordi.
Ta’kidlab o‘tish lozim, yosh futbolchilarimiz kamchilikda bo‘lishlariga qaramay, munosib o‘yin ko‘rsatishdi va 67-daqiqada o‘tkazib yuborilgan 3-gol tufayli, alamli mag‘lubiyatga uchrashdi.
U-19 chempionati | 16-tur
🔵 "Metallurg" - "Lokomotiv" 🔴 2:3
Gollar: Jamshid Orziqulov (3, 0:1), Akobir Abdullajonov (27, 1:1), Shahriyor Shoimov (31, 1:2), Farrux Ergashev (50, 2:2), Jamshid Orziqulov (67, 2:3).
🟥 Chetlatish: Abdulaziz Abdullayev (55).
😎 Telegram 😎 Instagram 😎 YouTube
5 октября 2026 г. 10:01
🖼Фото
«Metallurg» jamoasining oktyabr oyi taqvimi
PRO-Liganing hal qiluvchi pallasi yaqinlashmoqda. Oktyabr oyi davomida jamoamiz 21 — 24-tur bahslarini o‘tkazadi.
Navbatdagi turda safarda «Kattaqo‘rg‘on»ga qarshi bahs olib boramiz.
E’tiborli jihati, mana shu oraliqda 4 ta raqibdan 3 tasi TOP-5dan o‘rin egallagan jamoalar.
Eslatib o‘tamiz, hozirda jamoamiz 7 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etmoqda. Ulardan 6 tasida Ilyos Qurbonov shogirdlari g‘alaba qozongan.
⚽️⚽️ Pro Liga | 21-tur
🟢 "Kattaqo‘rg‘on" — "Metallurg" 🔵
📅 08.10.2026
⚽️⚽️ Pro Liga | 22-tur
🔵 "Metallurg" — "Sho‘rtan" 🔵
📅 13.10.2026
⚽️⚽️ Pro Liga | 23-tur
🔷 ”FarDU” - "Metallurg" 🔵
📅 19.10.2026
⚽️⚽️ Pro Liga | 24-tur
🔵 "Metallurg" — "G‘azalkent" 🟠
📅 26.10.2026
😎 Telegram 😎 Instagram 😎 YouTube
4 октября 2026 г. 13:59
🖼Фото
«Metallurg» va «Xo‘jand» klublari o‘rtasidagi do‘stlik hamda hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda
Bekobodning «Metallurg» klubi va Tojikistonning nomdor jamoalaridan biri «Xo‘jand» o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va o‘zaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Kuni kecha Tojikiston klubi rahbariyati «Metallurg»ning Bekoboddagi bosh qarorgohiga tashrif buyurdi. Klub Bosh direktori Shavkat Saidov hamrohligida mehmonlar»Metallurg» PFK akademiyasi va u yerda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqot davomida ikki tomon o‘rtasidagi mavjud munosabatlarni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi, manfaatli loyihalarni amalga oshirish borasida kelishib olindi.
Ishonamizki, tarixiy do‘stlik rishtalariga asoslangan «Metallurg» va «Xo‘jand» klublari o‘rtasidagi hamkorlik kelgusida yanada yangi mazmun kasb etib, har ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar spor orqali ham yanada mustahkamlanishiga zamin yaratadi.
1 октября 2026 г. 12:28
🖼Фото
Happy Teacherʼs and coachesʼ day
Dear teachers and coaches, Thank you for your dedication, your wisdom and your endless support.
You insipire, guide and build stronger generations — on and off the field.
Wishing you good health, happiness and continued succes!
😎 Telegram 😎 Instagram 😎 YouTube
1 октября 2026 г. 4:39
🖼Фото
Bayram muborak bo‘lsin!
«Metallurg» professional futbol klubi ahil jamoasi mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan barcha o‘qituvchilarni, nafaqat ta’lim sohasida, balki turli yo‘nalishlarda o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda o‘zlarining munosib ulushlarini qo‘shayotgan ustoz, murabbiylarni «1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni» bilan samimiy muborakbod etadi!
Mashaqqatli va sharafli mehnatlaringiz, yuksak insoniy fazilatlaringiz, bilim va tarbiyangiz uchun Sizga tashakkur, Sizga ta’zim, aziz ustozlar!
——————————
С праздником!
Дружный коллектив профессионального футбольного клуба "Металлург" искренне поздравляет всех учителей, работающих в нашей стране, наставников и тренеров, вносящих достойный вклад не только в сферу образования, но и в воспитание подрастающего поколения по самым различным направлениям, с "1 октября - Днем учителей и наставников!"
Благодарим вас за ваш нелегкий и почетный труд, высокие человеческие качества, знания и воспитание!
😎 Telegram 😎 Instagram 😎 YouTube