Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

Kontent markazi | Rasmiy

⏳ На проверке
@kontentmarkazi
Вступить в канал
2478подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi
⚽ Спорт🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
Faxriy jurnalistlarga ehtirom 🗣 Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamkorligida "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. 👥 Jurnalistika sohasining faxriylari taklif etilgan tadbirda sohaning bugungi qiyofasi, rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari haqida muloqot qilindi. 📌 Xususan, ustoz jurnalistlarning soha rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi alohida eʼtirof etildi. Bizni kuzatib boring 🇺🇿 Telegram🕊Youtube📺 Instagram📱Facebook📱
🎬Видео
🚆 “Safar” loyihasining epizodlarini endi O‘zbekiston bo‘ylab hududlararo qatnovchi Uzrailways poyezdlarda ham tomosha qilishingiz mumkin. Hozir esa poyezd ekranlarida 3-epizod — Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksey Yerxov bilan suhbatni tomosha qilishingiz mumkin. 🎬 Yo‘l davomida “Safar” bilan birga bo‘ling! 🚆 Эпизоды проекта «Safar» теперь можно смотреть и в поездах Uzrailways, следующих по междугородним маршрутам Узбекистана. Сейчас на экранах поездов доступен 3-й эпизод — интервью с Чрезвычайным и Полномочным Послом Российской Федерации в Республике Узбекистан Алексеем Ерховым. 🎬 Смотрите «Safar» прямо во время своего путешествия! 🕊 Telegram | 📱Instagram | 📺Youtube
🖼Фото
Boku, 2026-yil 2-oktabr. «Building Trust through Media in a Polarized World» mavzusiga bag‘ishlangan CICA Media Forum doirasida Boku Kongress markazida O‘zbekistonda yaratilayotgan media kontentni ilgari surish va tarqatishga qaratilgan xalqaro platforma — Tashkent Content Market (TCM) taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot Ozarbayjon Respublikasi Media va teleradioeshittirish kengashi ko‘magida tashkil etilib, unda Ozarbayjon televideniye va media industriyasining yetakchi vakillari, shuningdek, xalqaro media-forum ishtirokchilari qatnashdi. Taqdimot davomida ishtirokchilarga Tashkent Content Market faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekistonda yaratilayotgan televideniye, hujjatli, ko‘ngilochar va raqamli kontentni xorijiy bozorlarda ilgari surish istiqbollari haqida ma’lumot berildi. Taqdimotda telekompaniyalar, media platformalar, prodyuserlik markazlari va kontent huquq egalari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zbekistonda yaratilgan kontentni xarid qilish va tarqatish imkoniyatlari, shuningdek, qo‘shma media loyihalarini amalga oshirish salohiyati haqida ma’lumot taqdim etildi. Tashkent Content Market xalqaro ishtirokchilari qatorida Amazon MGM Studios, Prime Video, BBC Studios, CNN, Sony, Banijay Americas, NBCUniversal, Netflix, Roku, YouTube, Warner Bros., ZDF, Canal+, France TV, TF1, Tencent Video, iQIYI, mk2 hamda global kontent industriyasining boshqa yetakchi kompaniyalari va media xoldinglari mavjud. Taqdimot davomida xalqaro kompaniyalarning keng doiradagi ishtiroki Ozarbayjon media industriyasi vakillari uchun ham yangi imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi. Ozarbayjon telekanallari, prodyuserlik kompaniyalari va kontent huquq egalari uchun Tashkent Content Market o‘z kontentini xalqaro auditoriyaga taqdim etish, distribyutsiya va koproduksiya sohasida yangi hamkorlar topish, shuningdek, Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalardagi kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish imkonini beradi. Tashkent Content Market MDH hududidagi eng yirik kontent marketlaridan biriga aylanishi, bir maydonda turli mamlakatlarning yetakchi kontent ishlab chiqaruvchilari, telekanallari, OTT platformalari, distribyutorlari va huquq egalari vakillarini birlashtirishi kutilmoqda. Tashkent Content Marketda ishtirok etish uchun rasmiy tcm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹 Facebook 🔹YouTube
🖼Фото
🇺🇿 O‘zbekiston media loyihalari Olmaotadagi xalqaro bozorda taqdim etildi 🦋 Olmaotada o‘tkazilgan World Content Market tadbirida Kontent markazi vakili, aktyor va rejissyor Rashid Malikov O‘zbekiston media loyihalari, ishlab chiqilayotgan kino va seriallar haqida taqdimot o‘tkazdi. 🎞️ Taqdimotda o‘zbek filmlari va seriallarini xorijiy bozorlarga olib chiqish, chet el kontentini xarid qilish hamda hamkorlikda kino va media loyihalar yaratish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. O‘zbekistondagi suratga olish maskanlari va mahalliy ijodiy jamoalar bilan ishlash imkoniyatlari ham tanishtirildi. 🇰🇿 World Content Marketdagi Kontent markazi tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekiston pavilionida Sevimli TV, Zoʻr TV, MY5, Renessans TV, Biz TV, Солнечный ТВ telekanallari hamda Salom TV, SPlay, Zoʻr Play, Biz Media onlayn platformalari, “Panorama Fox”, “Media Show TV” kabi xususiy kinostudiyalar vakillari qatnashib, B2B muzokaralarda ishtirok etishdi. 😄 Shuningdek, ishtirokchilar 2027-yil 4–5-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Tashkent Content Market tadbiriga taklif etildi va bu ishtirokchilarda katta qiziqish bilan qabul qilindi. Eslatib oʻtamiz, Toshkentdagi xalqaro tadbirga roʻyxatdan oʻtish TCM.uz saytida davom etmoqda. 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹 Facebook 🔹YouTube
🎬Видео
😀 Aura.uz — World Content Marketda! 🇰🇿 Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan World Content Market xalqaro tadbirida “Aura” platformasi hamkor sifatida taqdim etildi. 🇺🇿😀 Aura.uz — O‘zbekistonning bepul mediabanki, milliy kontentni xalqaro maydonga olib chiqishga xizmat qiluvchi yangi platforma. 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹 Facebook 🔹YouTube

Профиль

Продвижение