Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

⏳ На проверке
@kitab_district
Вступить в канал
23020подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
🇺🇿Kitob tumani hokimligi ☎️ 75-542-50-07. 🌐 www.kitobt.uz ➡️ fb.com/kitobhokimligi.axborotxizmati ➡️ instagram.com/kitabdistrict ▶️ www.youtube.com/c/kitobhokimligi Murojaat - @kitob_hokimiga_murojaat_bot Admin @Qahramonjon_Oqilov
🏛 Политика🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
⛔️⛔️⛔️⛔️ 📢📢📢📢 Ishga taklif! Kitob tumani hokimligi tuman hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga nomzodlarni ishga taklif etadi. Nomzoddan oliy ma’lumot, IT va sun’iy intellekt sohasida bilim va ko‘nikma, zamonaviy AI vositalaridan foydalanish, ma’lumotlarni tahlil qilish hamda raqamli loyihalarni amalga oshirish qobiliyati talab etiladi. 💻 Sun’iy intellekt, IT va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy yoki xalqaro reytingdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi. 📍 Ish joyi: Kitob tumani hokimligi 📃 Murojaat uchun: Kitob tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari ✈️@Yuldoshev_Isomiddin Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 ❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐Web sayt|  ✈️Telegram | 🕊Twitter | 📹YouTube
🖼Фото
Giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha ishlar muhokama qilindi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Kitob tumanida giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan amaliy uchrashuv o‘tkazildi. Unda Respublika Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi mas’ullari, Kitob tumani hokimligi mutasaddilari hamda tegishli tashkilot va soha vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda hududda giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda giyohvandlikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar tahlil qilinib, ularning oldini olish va bartaraf etish, profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, yoshlar bilan manzilli ishlash hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Uchrashuv yakunida giyohvandlikning oldini olish, yoshlar salomatligini asrash va hududda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish borasidagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish belgilab olindi. Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 ❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐Web sayt|  ✈️Telegram | 🕊Twitter | 📹YouTube
🖼Фото
🎯🎯🎯🎯 Kitob tumani markaziy dehqon bozori hududidagi 6 ta yengil konstruksiyali savdo do‘koni ijara huquqi asosida auksion savdolariga chiqarilmoqda Savdoga chiqarilayotgan do‘konlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar: 1-do‘kon —Lot raqami: 25715305 2-do‘kon —Lot raqami: 25715307 3-do‘kon —Lot raqami: 25715304 4-do‘kon —Lot raqami: 25715293 5-do‘kon —Lot raqami: 25715308 6-do‘kon —Lot raqami: 25715303 Savdoga chiqarilgan savdo do‘konlarining ijara muddati 36 oy etib belgilangan. 🗓 Auksion savdolari: 2026-yil 7-oktabr, soat 10:00 da o‘tkaziladi. Savdoga chiqarilgan do‘konlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar, jumladan, maydoni, lot raqami, boshlang‘ich narxi hamda zakalat puli miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan. Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarini auksion savdolarida faol ishtirok etishga chorlaymiz. ❕Eslatma: Auksion savdolari belgilangan tartibda va amaldagi qonunchilik talablari asosida o‘tkaziladi. 🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 ❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐Web sayt|  ✈️Telegram | 🕊Twitter | 📹YouTube‌‌
🎬Видео
#mol_mulk_soligʻi #yer_soligʻi 🗓 15-oktabr — mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning so‘nggi kuni! ❗️Hurmatli fuqarolar, Soliq kodeksining 423- va 440-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarining joriy yil uchun belgilangan summasini 15-oktabrga qadar to‘lashi lozim. 📌 Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash — mas’uliyat va fuqarolik burchdir. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads
🖼Фото
"Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy. Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat: – Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak; – Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi; – Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi; – oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak. — «В чем заключается суть происходящих сегодня преобразований в сфере образования?» – такой вопрос вполне закономерен. Основная идея Президента нашей страны, лежащая в основе объединения двух министерств, состоит в следующем: – Министерство образования и науки должно организовывать деятельность всех дошкольных учреждений, школ, организаций профессионального образования и вузов, отвечать за их текущую работу, устанавливать требования к образовательной деятельности, проводить аккредитацию и лицензирование; – Национальное агентство обеспечения качества образования должно стать своего рода лабораторией, которая разрабатывает учебные программы, пособия и методические материалы, внедряет их в практику, отслеживает результаты и совершенствует их с учетом выявленных недостатков. Ориентиром в этой работе станет определенный Президентом нашей страны «портрет выпускника узбекской школы»; – Администрация Президента и создаваемая при ней специальная рабочая группа разработают структуру нового министерства, пересмотрят его рабочие процессы, подготовят предложения по их совершенствованию и будут определять общую стратегию реформы; – в высшем образовании необходимо резко сократить вмешательство государства, расширить самостоятельность вузов и создать возможности для негосударственного сектора. А то, какой вуз дает качественное образование, должны показать свободная конкуренция и рыночный спрос. Facebook|Instagram|X

Профиль

Продвижение