22 сентября 2026 г. 10:02
🎬Видео
⚡️ “2+6”: Yoshlar uchun xorijiy til o‘rganishga yangi imkoniyat
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan “2+6” loyihasi o‘z natijalarini bermoqda.
Loyiha doirasida yoshlar dastlabki 2 oy davomida sinov va saralash bosqichidan o‘tadi. Ushbu bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga keyingi 6 oy davomida ta’lim xarajatlarini davlat tomonidan qoplash imkoniyati taqdim etiladi.
Loyiha orqali yoshlar:
• Xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
• Ta’lim xarajatlarini qoplash uchun davlat subsidiyasidan foydalanadi;
• Bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
• Keyingi ta’lim va kasbiy imkoniyatlarga tayyorgarlik ko‘radi.
Xorijiy til o‘rganishni istagan yoshlar, siz ham “2+6” loyihasi taqdim etayotgan imkoniyatlardan foydalaning!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt
9 сентября 2026 г. 12:24
🖼Фото
⚡️O‘quv markazlari uchun katta imkoniyat!
Yoshlarning zamonaviy kasblar, IT, xorijiy tillar, ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlarida ta’lim olishi bilan bog‘liq xarajatlar “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
“Kelajak kasblari” loyihasi:
Yoshlarning IT, zamonaviy kasblar va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv kurslari xarajatlari 6 oygacha, har oy BHMning 4 baravarigacha miqdorda subsidiya asosida qoplanadi.
Ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishi:
Ijtimoiy reyestrdagi 14–30 yoshli iqtidorli yoshlar uchun o‘quv kurslari xarajatlari 6 oygacha, har oy BHMning 1 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi.
Ushbu yo‘nalishlar doirasida ishtirok etmoqchi bo’lgan o’quv markazlarini hamkorlikka chorlaymiz!
Ariza topshirish uchun havola:
https://yoshlar.gov.uz/auth/e-imzo
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt
24 февраля 2026 г. 9:07
🖼Фото
⚡️20 ming yosh kelajak kasblariga o‘qitiladi
“Ko‘mak” dasturi doirasida 130 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratish yo‘lga qo‘yilgani uchun olis va chekka hududlarda olti oy ichida xorijiy til o‘rgatadigan 120 dan ziyod o‘quv markazi ish boshladi.
Bunday o‘quv markazlarini tashkil qilib, tajriba orttirgan yosh tadbirkorlar atrofida AT va zamonaviy kasb markazi, kutubxona, sport to‘garaklarini ochish taklifini bermoqda.
“Ko‘mak” loyihasi doirasida o‘z biznesini boshlab, yaxshi natija ko‘rsatayotgan yoshlar faoliyatini kengaytirish uchun 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratish yo‘lga qo‘yiladi.
Endi olis hududlardagi o‘quv markazlari ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida to‘laydi, ulardagi o‘qituvchilar uchun daromad solig‘i 7,5 foiz bo‘ladi (hozir ijtimoiy va daromad solig‘i 12 foizdan to‘lanadi).
Yoshlar ishlari agentligiga xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda yiliga 20 ming yoshni kelajak kasblariga o‘qitish dasturini ishga tushirish, har bir tumanga 500 million so‘mgacha ssuda ajratib, texnikum va o‘quv markazlarida kasb-hunar laboratoriyasini tashkil qilish topshirildi.
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti
@alisher_sadullaev
24 февраля 2026 г. 9:03
🖼Фото
⚡️O‘quv markazlari uyushmasini tashkil etiladi
Xorijiy til sertifikatini olgan yoshlarga imtihon va o‘qish xarajatini qoplash yo‘lga qo‘yilgani katta samara berdi. Sertifikatga ega yoshlar 600 mingdan oshdi. Eng muhimi, xorijiy tillarni mukammal biladigan 72 mingta instruktor paydo bo‘ldi.
Yaratilgan sharoitlar hisobiga xususiy o‘quv markazlarining soni 3 karra ko‘payib, 38 mingdan oshdi.
Mazkur yo‘nalishdagi yosh tadbirkorlar O‘quv markazlari uyushmasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan. Prezidentimiz buni qo‘llab-quvvatladi.
Endilikda uyushmaga a’zo bo‘lgan xususiy o‘quv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Bunday markazlarning o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti
@alisher_sadullaev
22 января 2026 г. 7:10
🖼Фото
⚡️Siz kutgan xushxabar, 2+6” dasturiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
Ko‘pchilik yoshlarimiz va o‘quv markazlari kutgan kun keldi. Endilikda yoshlarimiz chet tillarini “2+6” dasturi orqali ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan tartibda subsidiya asosida o‘rganishi mumkin.
Dastlabki bosqichda 2plus6.uz sayti orqali o‘quv markazlari ro‘yxatdan o‘tadi.
O‘quv markazlari ro‘yxati tegishli tartibda tasdiqlangach, yoshlar “Yonda” ilovasi orqali ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.
Savol va murojaatlar uchun: @yonda_support_bot
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt